Abul-Qosim Ahmad al-Mustansir (arabcha: أبو القاسم أحمد المستنصر; taxminan 1210–1261-yil 28-noyabr) – Qohirada hukmronlik qilgan, Mamluklar sultonligiga boʻysungan birinchi Abbosiy xalifa. 1261-yil iyun oyidan 1261-yil 28-noyabr oyiga qadar hukmronlik qilgan.

Al-Mustansir I
Qohiraning 1-xalifasi
Hukmronlik 1261-yil 13-iyun – 1261-yil 28-noyabr
Oʻtmishdoshi Al-Mustaʼsim
(Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifalar kabi)
Davomchisi Al-Hakim I
Otasi Az-Zohir
Onasi Hayot
Dini Islom, sunniylik

Hayoti

tahrir

Abul-Qosim Ahmad Abbosiylar sulolasi aʼzosi boʻlib, Bagʻdodda jiyani, xalifa al-Mustaʼsim tomonidan qamoqqa tashlangan. 1258-yilda moʻgʻullar Bagʻdodni talon-taroj qilganidan soʻng u sahrodagi arab qabilalarining oldiga qochib ketgan va u yerda 1260-yilda moʻgʻullar Suriyadan quvib chiqarilgunga qadar 3 yildan koʻproq vaqt davomida yashirinib yurgan. Soʻngra Misrning Qohira shahriga yoʻl olib, 1261-yilda Mamluk sultoni Baybars I tomonidan xalifa etib tayinlangan. Oradan vaqt oʻtib, Bagʻdodni qutqarish maqsadida al-Mustansir qoʻshin bilan sharqqa yuborilgan. 1261-yilda al-Anbar (hozirgi Iroqning Falluja shahri) yaqinida moʻgʻullar tomonidan al-Mustansirning qoʻshiniga pistirma qoʻyilgan va al-Mustansir oʻldirilgan. Oradan maʼlum vaqt oʻtib, uning oʻrniga Abbosiylarning ancha uzoq qarindoshi, sobiq xalifa al-Hakim I xalifa deb eʼlon qilingan. Al-Hakim Abbosiylar sulolasidan biror kishining toʻgʻridan-toʻgʻri ajdodi boʻlmasa ham 1517-yilda Usmoniylar davlati Misrni zabt etguniga qadar Ahmad al-Mustansir asos solgan Qohira xalifalari avlodi Qohirada hukmronlik qilishda davom etgan. Biroq shunday boʻlsa-da, Qohira xalifalari Mamluklar uchun yuqori ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar emas, balki shunchaki diniy arboblar edi, xolos.

Adabiyotlar

tahrir