Alamlisoy
Alamlisoy — Samarqand viloyati Payariq tumanidagi soy. Qaroqchitogʻning janubiy yon bagʻrida 900 m bal.dan boshlanib, Tohirshayx adirlarida tugaydi. Uzunligi 8 km dan ziyod. Alamlisoy vodiysining kengligi 100-200 m. Vodiyda uchtagacha terrasa bor. Suv yigʻish havzasi maydoni 11 km². Yomgʻir va buloqlardan suv oladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 20-25 l/sek. Alamlisoy suvining koʻp qismi (40%) bahorda (birgina aprel oyida 18%) oqadi, qolgan oylarda 5-9% dan ortmaydi. Bahorda sel kelib turadi. Alamlisoy yoqasida Alamli qishlogʻi chorvadorlarining qoʻtonlari joylashgan.
Alamlisoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 8 |
Suv sarfi | 0,025 m³/s |
Davlat | Oʻzbekiston |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |