Alas Morales (ispancha: Jaime Enrique Alas Morales) — salvadorlik futbolchi hisoblanib, „Municipal“ klubi va Salvador terma jamoasi yarim himoyachisi sifatida faoliyat olib boradi.

Alas Morales Futbol
Umumiy ma'lumotlari
To`liq ismi Jaime Enrique Alas Morales
Tug`ilgan

30-iyul 1989-yil (33 yosh)
San-Salvador, Salvador

Fuqaroligi

Flag Salvadora Salvador

Flag Gvatemali Gvatemala

Bo`yi

171 cm

Vazni

68 kg

Pozitsiyasi

Himoyachi

Klub haqida ma'lumotlari
Klub

Flag Gvatemali Munisipal

Raqami

14

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

 
Alas „San Jose Earthquakes“ safida

Alas oʻz faoliyatini 16 yoshida 2006-yilda Salvadorning „San-Salvador“ jamoasida boshlagan. Oʻsha yili u Argentinaning „River Plate“ jamoasiga oʻtgan va u yerda oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan. 2010-yilda Alas Salvadorga qaytib kelgan va u yerda „Luis Ángel Firpo“da oʻynadi. 16-sentabr kuni „Once Municipal“ ga qarshi oʻyinda Alas jamoasining birinchi golini urgan[1]. 2012-yilning yozida Alas Norvegiyaning „Rosenborg“ klubiga oʻtib, 2015-yilgacha shartnoma imzolagan. 2-avgust kuni Yevropa ligasi saralash bosqichida Shveytsariya „Servette FC“ga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qilgan[2]. 5-avgust kuni „Aalesunds“ga qarshi duelda Alas „Rusenborg“ safida debyut qilgan[3].

2013-yilning 17-iyulida u Amerikaning „San-Xose Erkyuks“ klubi tomonidan yil oxirigacha ijaraga berilgan[4]. 4-avgust kuni u MLSdagi debyutini AQShning Chivas shahriga qarshi oʻtkazgan[5].

2014-yil boshida Xayme oʻyin amaliyotini izlab, Liga Assensodan meksikalik „Ballenas Galeana“ga oʻtgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2010-yil 9-oktyabrda Panamaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Alas Salvador terma jamoasi safida debyut qilgan[6]. 2011-yil 15-yanvarda Markaziy Amerika kubogi doirasida Nikaraguaga qarshi oʻyinda Xayme terma jamoa uchun birinchi golini urgan[7].

Oʻsha yili milliy terma jamoa tarkibida Alas CONCACAF Oltin Kubogida ishtirok etgan[8][9]. Turnirda u Panama, Meksika, Kuba va Kosta-Rika terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10][11][12].

2015-yilda terma jamoa tarkibida Xayme KONKAKAF Oltin Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Kanada, Kosta-Rika va Yamayka bilan oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14].

2019-yilda Alas KONKAKAF Oltin kubogi uchun El Salvador terma jamoasiga kiritildi[15].

Salvador safidagi gollari tahrir

Sana Joy Raqib Natija Musobaqa
01. 2011-yil 14-yanvar Rommel Fernandes, Panama, Panama Nikaragua 0: 2 Markaziy Amerika kubogi 2011
02. 2011-yil 16-yanvar Rommel Fernandes, Panama, Panama   Beliz 5 :2 Markaziy Amerika kubogi 2011
03. 2011-yil 29-mart Cuscatlan, San Salvador, El Salvador  Yamayka 2 :3 Oʻrtoqlik uchrashuvi
04. 2011-yil 11-oktabr Cuscatlan, San Salvador, El Salvador Kayman orollari 4 :0 JCh-2014 (saralash)
05. 2012-yil 29-may Cotton Bowl, Dallas, AQSh Moldova 2 :0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
06. 2011-yil 16-yanvar Providens stadioni, Providens, Gayana Gayana 3 :2 JCh-2014 (saralash)

Manbalar tahrir

  1. „Фирпо VS. Онсе Мунисипаль 2:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 16-sentyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  2. „Серветт VS. Русенборг 1:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 2-avgust). 2013-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  3. „Русенборг VS. Олесунн 3:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 5-avgust). 2014-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  4. „Earthquakes acquire Salvadoran national team midfielder Jaime Alas on loan“ (en). sjearthquakes.com (2013-yil 17-iyul). 2013-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Сан-Хосе Эртквейкс VS. Чивас США 2:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 4-avgust). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-iyun.
  6. „Панама VS. Сальвадор 1:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 9-oktyabr). 2015-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  7. „Сальвадор VS. Никарагуа 2:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 15-yanvar). 2015-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  8. „Сальвадор VS. Куба 6:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 13-iyun). 2017-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  9. „Панама VS. Сальвадор 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 20-iyun). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  10. „Мексика VS. Сальвадор 5:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 6-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  11. „Коста-Рика VS. Сальвадор 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 10-iyun). 2013-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  12. „Ямайка VS. Сальвадор 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 15-iyul). 2017-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-iyul.
  13. „Сальвадор VS. Канада 0:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 9-iyul). 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-iyul.
  14. „Коста-Рика VS. Сальвадор 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 12-iyul). 2015-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-iyul.
  15. Josué Navarrete. „La Selecta hace oficial su lista para la Copa Oro 2019 con solo dos delanteros“ (es). Noticias de El Salvador (2019-yil 28-may). 2019-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-sentyabr.