Alibobo va qirq qaroqchi (toʻplam)

oʻzbek tilidagi arab xalq ertaklari toʻplami

„Alibobo va qirq qaroqchi“arab xalq ertaklarini oʻzida jamlagan toʻplam. 1990-yil Toshkent shahrida „Choʻlpon“ nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplamga „Ming bir kecha“ va unga kirmay qolgan arab xalq ertalari kiritilgan. Asardagi ertaklarni Abdusodiq Irisov toʻplagan.

Alibobo va qirq qaroqchi
Muallif(lar) Abdusodiq Irisov (toʻplovchi)
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i ertak
Nashriyot „Choʻlpon“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1990
Sahifalar soni 336
ISBN ISBN 5-8250-0101-8

Toʻplamni tayyorlagan tahrir hayʼati Erkin Vohidov, Qodir Mirmuhamedov, Muhammadjon Mirzamuhamedov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Nurali Qobul, Nosir Fozilov, Tohir Malik, Anvar Obidjon, Toʻlqin Alimovlardan iborat boʻlgan.

Toʻplamga Shamsi Odil muharrirlik qilgan. Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Gʻulomov – rassom, A. Mahkamov – rasmlar muharriri, U. Kim – texnik muharrir, Sh. Soatova – musahhih. Kitob adadi – 120 000 nusxa.

Ertaklar tahrir

Ertak Tarjimon Asl til
1 Bir soatlik xalifa yoxud sayoq Abulhasan haqida hikoyat Abdulla Qahhor Ruscha
2 Ali bobo va qirq qaroqchi hamda kaniz Marjona haqida mufassal hikoyat
3 Aloviddin va sehrli chiroq Muhsin Aliyev
4 Sindbod Bahriy hikoyalari Yunusxon Hakimjonov Arabcha
5 Hotam ut-toyi Ubaydulla Karimov
6 Ma’n ibn Zoida
7 Ilm va aql egasining fazilati haqida
8 Gavharfurush qizi Budur va Jubayr ibn Umayr ash-Shayboniy
9 Aloviddin valiy bilan firibgar
10 Ajoyib tasodiflar
11 Tovus, surnay va otli hakimlar
12 Anushervon bilan bir qiz
13 Boʻzchi-munajjim Qodir Mirmuhamedov Ruscha
14 Shahzoda Ardasher va Hayotunnufus qissasi Abdusodiq Irisov Arabcha
15 Podsho Badirbosim va Malika Javhara

Manbalar tahrir

  1. „Alibobo va qirq qaroqchi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr.

Havolalar tahrir