Allon
ALLON MAHALLASI (Forobiy kuchasi, 278) — Olmazor (sobiq Sobir Raximov) tumanidagi mahalla. „Chimboy“, „Chigʻatoy darvoza“, „Alisher Navoiy“, „Beruniy maydoni“ va „Universitet“ mahallalari bilan chegaradosh. 1931-yil tashkil qilingan. „Allon“ soʻzi Maxmud Qoshgʻariyning „Devonu lugotitturk“ va Navoiy asarlarida „Olong“ (tepalik, past-balandlik maʼnosida) shaklida uchraydi. Darhaqiqat, „A.“ Binkat atrofida, shahar devoriga yaqin joydagi tepalik yerda vujudga kelgan. Aholisi 3646 kishi (2009). Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, uygʻur, tatar, tojiklar ham yashaydi. Mahalla hududida „Uzstandart“ agentligi (Gosstandart), Buxoro yahudiylari qabristoni, bolalar sport maydonchasi, choyxona, oziq-ovkqat doʻkonlari, supermarket, 2 kafe, 2 sartaroshxona, bir necha novvoyxona mavjud. Mahalla faxriylaridan Daliboy Zoxidov 37 yil (1950—1987) oqsoqollik qilgan. Shu mahallada davlat arbobi N. A. Muxitdinov (1917— 2008) tugʻilib oʻsgan[1].
Allon Allon mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | O'zbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Olmazor |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Pochta indeks(lar)i | 700069 |
Avtomobil kodi | 01 |
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 63-64-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |