Almandin — granatlar guruhiga mansub mineral. Qattiqligi 7-7,5. S.ogʻ. 3,8-4,3. Rangi qizil, toʻq qizil. Shisha-simon va yogʻsimon, yaltiroq. Almandin slyudali slaneslarda, granitlarda, granitli pegmatitlarda uchraydi. Markaziy Osiyoda Almandin pegmatitlar ichidan topilgan. Juda yaltiroq, shaffof Almandin qimmatbaho tosh hisoblanib, zargarlik buyumlari yasashda ishlatiladi. Bunday Almandin baʼzan yoqut deb ataladi. Almandinning nuqsonli turlari abraziv material sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil