Amudaryo gulbalig‘i
Amudaryo gulbalig‘i ( lotincha: Salmo oxianus ) — sulaymonbaliqlar oilasiga mansub nashtarqanotli baliq turi sanaladi.
Amudaryo gulbalig‘i | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Actinopterygii |
Oila: | Salmonidae |
Urugʻ: | Salmo |
Turlari: | Amudaryo gulbalig‘i |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Salmo oxianus Kessler, 1874 |
Tarqalishi
tahrirAmudaryoning yuqori qismi (Surxondaryo, Sangardak va To‘palang daryolari havzalari); Tanxozdaryoga keltirilgan, Qoradaryo va Norinda iqlimlashtirilgan. O‘zbekistondan tashqarida: Qirg‘iziston (iqlimlashtirilgan), Tojikiston, Afg‘oniston. Orol, Kaspiy, Qora, Boltiq, Barens va Oq dengizlar havzalarida, Janubiy Yevropa, AQSHda (iqlimlashtirilgan) – boshqa kenja turlari uchraydi.
Yashash joyi
tahrirTez oqadigan, suvi sovuq va tubi tosh-shag‘alli tog‘ daryolarida yashaydi.
Soni
tahrirIlgari u keng tarqalgan edi, lekin so‘nggi o‘n yilliklarda keskin kamaydi.
Hayot tarzi
tahrirTog‘ daryosi balig‘i. 3-4 yoshida jinsiy yetuklikka erishadi. Urchishi – sentyabr-oktyabr oylarida. Serpushtligi – 160–3000 uvuldiriq atrofida. Asosan suv hasharotlarining lichinkalari, mollyuskalar, yiriklari esa baliqlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar
tahrirDaryolar oqimining sun’iy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining o‘zgarishi va uning ifloslanishi, rekreasion faoliyat, brakonyerlik.
Himoya choralari
tahrirHisor qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Kichik turlarning yashash joylarida muhofaza qilish rejimini joriy etish, Sangardak va Tupolang daryolarining yuqori oqimida (Ayg‘irko‘l) suv qo‘riqxonasini yaratish kerak.
Adabiyot
tahrir- Экспедиция Федченко в Туркестан. Зоогеографические исследования // Известия Императорского Общества Любителей Естествознания, Антропологии и Этнографии. — М, 1874. — Т. 11. — С. 1—63. — печаталось на русском языке (отдельные описания на латыни).
- Салманов А. В., Дорофеева Э. А. Морфо-экологические особенности амударьинской форели Salmo trutta oxianus в современном понимании. Таксономическое положение. Биология // Вопросы ихтиологии. — 1990. — Т. 30, № 5. — С. 817—824.
Havolalar
tahrir- Amudaryo alabalığı .
- ZooBank : Salmo oxianus Kessler, 1874 yil
- O‘zbekiston Respublikasining Qizil Kitobi 2022 (Wayback Machine saytida 2022-08-19 sanasida arxivlangan)