Janubiy Yevropa, Yevropaning janubida joylashgan mintaqa hisoblanadi, bir qator zamonaviy tasniflarga koʻra — Yevropaning tarixiy, siyosiy, madaniy va geografik mintaqasi sanaladi. Janubiy Yevropaga Oʻrta yer dengizi va Pireney yarim orolida joylashgan davlatlar (Portugaliya, Ispaniya, Andorra), Monako, Apennin yarim orolida joylashgan mamlakatlar (Italiya, Vatikan, San-Marino), Gretsiya, shuningdek, Malta va Kipr orol davlatlari kiradi

Janubiy Yevropa davlatlari
Yevropa mamlkatlarining hududiy rayonlarga boʻlinishi, Janubiy Yevropa sariq rangda keltirilgan

Baʼzan Bolqon yarim orolining davlatlari ham Janubiy Yevropaga kiradi: Xorvatiya, Chernogoriya, Serbiya, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, shuningdek, Turkiyaning Yevropa qismi va Malta davlatini ham oʻz ichiga oladi.

Davlatlar va poytaxtlar tahrir

Davlatlar va ularning poytaxtlari roʻyxati:

Albaniya — Tirana

Andorra — Andorra la Vella

Bosniya va Gertsegovina — Sarayevo

Vatikan — Vatikan

Gretsiya — Afina

Ispaniya — Madrid

Italiya — Rim

Kipr Respublikasi — Nikosiya[1]

Malta — Valleta

Portugaliya — Lissabon

San-Marino — San-Marino

Shimoliy Makedoniya — Skopye

Serbiya — Belgrad

Sloveniya — Lyublyana

Xorvatiya — Zagreb

Chernogoriya — Podgoritsa

Turkiya — Anqara (qisman Yevropaning janubida)

Fransiya — Parij (qisman Yevropaning janubida)

Geografik joylashuv tahrir

U Alp (Apennin, Bolqon yarim oroli) va Gersin (Iberiya yarim oroli) burmalanishi natijasida hosil boʻlgan yarim orol va togʻ mintaqa hududlarida joylashgan. Janubiy Yevropa mamlakatlarning relyefi baland, koʻplab foydali qazilmalar mavjud: alyuminiy, polimetall, mis, simob (Ispaniya pirit va simob qazib olish boʻyicha yetakchilardan biri), uran, temir rudalari, oltingugurt, slyuda, gaz qazib olinadi.

Iqlimi tahrir

Janubiy Yevropa oʻzining issiq iqlimi, boy tarixi va issiq Oʻrta yer dengizi suvlari bilan mashhur hisoblanadi.

Janubiy Yevropa mamlakatlari Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Sloveniya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya bilan chegaradosh hisoblanadi. Turkiya sharqda Suriya, Ozarbayjon, Iroq, Armaniston, Eron, Gruziya davlatlari bilan chegaradosh.

Janubiy Yevropaning barcha mamlakatlarida subtropik Oʻrta yer dengizi iqlimi hukmronlik qiladi, shuning uchun yozda +24 °C atrofida iliq harorat, qishda esa juda salqin, +8 °C atrofida iqlim koʻrsatgichlarini tashkil etadi. Yogʻingarchilik yetarli darajada, yiliga 1000-1500 mm yogʻin tushadi.

Tabiati tahrir

 
Zaytun daraxtlarining hududiy geografik tarqalishi

Janubiy Yevropa deyarli butunlay Oʻrta yer dengizi qirgʻogʻida saqlanib qolgan qattiq bargli doimiy yashil oʻrmonlar va butalar zonasida joylashgan.

Hayvonot dunyosi: yevropa yeliki, silovsin, tog 'echkisi, tulki, boʻri, boʻrsiq, yenot kabi hayvonot dunyosi vakillari uchraydi.

Oʻsimlik dunyosi: qulupnay, dub, zaytun, uzum, chinor, sarv, kashtan, qoraqayin, shox, archa, qaragʻay, archa, shuningdek, bir qator boshqa daraxt va buta turlari va boshqa oʻsimlik turlari keng tarqalgan.

Aholisi tahrir

Aholi zichligi yuqori, 1 km² ga 100 yoki undan ortiq kishini tashkil etadi. Keng tarqalgan din — xristianlik (katoliklik), Turkiyada esa islom dini keng tarqalgan..

Janubiy Yevropa davlatlarining urbanizatsiya darajasi (2014 -yil BMT maʼlumotlari koʻra[2]):

Gretsiya — 78 %

Ispaniya — 79 %

Italiya — 69 %

Malta — 95 %

Portugaliya — 63 %

San-Marino — 94 %

Ushbu mamlakatlarda tabiiy oʻsish ham juda past koʻrsatgichni tashkil etadi.

Gretsiya — 0,1

Ispaniya — 0

Italiya — (-0,1)

Malta — 0,4

Portugaliya — 0,1

San-Marino — 0,4

Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, bu mamlakatlarda „millatning qarishi“ holati kuzatilmoqda.

Milliy xoʻjaligi tahrir

Koʻpgina mamlakatlarda togʻ- kon sanoati, qishloq xoʻjaligi, togʻ va yaylov chorvachiligi, mashina va jihozlar, gazlama, charm ishlab chiqarish, uzum va sitrus mevalar yetishtirish keng tarqalgan. Turizm juda keng tarqalgan. Ispaniya turizm boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda (Fransiya birinchi oʻrinda). Ixtisoslashuvning asosiy tarmogʻi, xalqaro turizmdan tashqari, qishloq xoʻjaligi, xususan, bu hudud uzum, zaytunga boy hisoblanadi, don va dukkakli ekinlar yetishtirishda ancha yuqori koʻrsatgichlarga ega (Ispaniya — 22,6 million tonna, Italiya — 20,8 million tonna), shuningdek, sabzavot va mevalar (Ispaniya — 11,5 mln.t., Italiya −14,5 mln.t.) yetishtiradi. Qishloq xoʻjaligining ustunligiga qaramay, sanoat rham yaxshi rivojlangan, xususan Genuya, Turin va Milan shaharlari Italiyaning asosiy sanoat shaharlari hisoblanadi. Shuni taʼkidlash kerakki, ular asosan shimolda, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarga yaqinroq joylashgan.

Ichki suvlari tahrir

Yevropaning janubiy qismida togʻli relyef va quruq yozli subtropik iqlim daryolar tarmogʻining shakllanishi uchun noyob sharoitlarni yaratib bergan.

Daryolar havzasining tashkil topishida asosan relyef muhim omil hisoblanadi va relyef negizida baland qor va muzliklardan toʻyinadigan daryolar Ispaniya va Italiya hududlarida boshqa hududlarga qaraganda juda koʻp hisoblanadi

Daryolarning suv rejimi suv oqimining keskin oʻzgarishi bilan uzviy bogʻliqdir. Qishda, yomgʻir paytida ular suv bilan toʻlib-toshib, koʻp miqdorda sel hodisalarini va antropogen landshaftga jiddiy taʼsir koʻrsatadi.

Yozda, deyarli yogʻingarchilik boʻlmagan davrda daryolar sayoz boʻladi. Yozgi va qishki davrlar orasidagi suv oqimidagi farq 1:100 yoki hatto 1:200 boʻlishi mumkin (masalan, Ebro daryosi). Janubiy Italiya va Gretsiyaning kichik daryolari yozda butunlay qurib qoladi va bu daryolar mavsumiylik harekteriga ega hisoblanadi.

Manbalar tahrir

  1. Geograficheski ostrov Kipr naxoditsya polnostyu v Azii, odnako isxodya iz istoriko-kulturnix i politicheskix kriteriev mojet prichislyatsya k evropeyskim gosudarstvam.
  2. „Перспективы урбанизации в мире“. 2019-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-oktyabr.

Havolalar tahrir