An-Nuʼmānīya (arabcha: النعمانية) Iroqdagi Dajla daryosi boʻyida, Bagʻdoddan taxminan 140 kilometr (87 mi) janubi-sharqda, Vosit muhofazotida joylashgan shahar. Bu shaharda Iroq armiyasi uchun toʻrtta milliy oʻquv markazlaridan biri joylashgan.

An-Nuʼmaniya
النعمانية
Shahar
32°21′39.78″N 45°29′2.69″E / 32.3610500°N 45.4840806°E / 32.3610500; 45.4840806 G OKoordinatalari: 32°21′39.78″N 45°29′2.69″E / 32.3610500°N 45.4840806°E / 32.3610500; 45.4840806 G O
Mamlakat Iroq
Muhofazot Vosit muhofazoti
Tuman Al-Nuʼmaniya tumani
Aholisi
 (2018)
71,000
An-Nuʼmaniya النعمانية xaritada
An-Nuʼmaniya النعمانية
An-Nuʼmaniya
النعمانية

Bu shaharda, shuningdek, Husayn rejimi davrida Yugoslaviya pudratchisi boʻlgan Mostogradnja tomonidan qurilgan baza ham joylashgan. Iroq urushi boshlangandan soʻng, 2004-yil 1-sentyabrda baza maqsadi oʻzgartirilib[1], yangi chaqirilganlar uchun oʻquv bazasi sifatida faoliyat yuritgan hamda Iroq Intervensiya kuchlarining uchta batalyoni – Iroq armiyasining isyonga qarshi qanoti uchun shtab-kvartira vazifasini bajargan.

Tarixi tahrir

An-Nuʼmoniya mintaqani boshqargan Nuʼmon III ibn al-Munzir sharafiga nomlangan. Shaharda Mutanabbiyning qabri joylashgan.

Nuʼmoniya oʻrta asrlarda muhim shahar boʻlgan. U Dajlaning gʻarbiy sohilida, Jabbul shahri roʻparasida joylashgan boʻlib, Yuqori Zab tumanining markazi boʻlgan. Shahar bozorida Juma masjidi boʻlgan. Ibn Rusta taʼkidlaganidek, Nuʼmoniya oʻzining Hiradagi gilamlari tufayli mashhur boʻlgan. 1300-yillarda Hamdalloh Mustavfiy Nuʼmoniyani xurmozorlar bilan oʻralgan obod shahar deb taʼriflagan. Shahar yaqinida Dayr Hizqil nomli monastir boʻlib, u yerda rohiblar ruhiy kasallarni davolashgan[2].

An-Numaniya aerodromi tahrir

Globalsecurity.org maʼlumotlariga koʻra[3], „Numaniya aviabazasi Iroq janubida, Bagʻdoddan taxminan 294 kilometr janubda joylashgan. Aerodromda 3,000-metr (9,800 ft) uzunlikdagi yagona uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud. An-Nuʼmaniya aviabazasi 17 kvadrat kilometr maydonni egallaydi va 18 kilometrlik xavfsizlik perimetri bilan himoyalangan.“

Manbalar tahrir

  1. IRAQI ARMY OPENS $165 MILLION BASE AT AN NUMANIYAH - Globalsecurity.org
  2. Le Strange (1905), pp. 37-38
  3. An Numaniyah Airfield - Globalsecurity.org

Adabiyotlar tahrir