Anatoliy Babenko

darvozabon pozitsiyasida oʻynagan sovet futbolchisi

Anatoliy Nikolayevich Babenko (ruscha: Бабенко, Анатолий Николаевич; 1951-yil 7-avgust, Makeyevka, Stalin viloyati – 2014-yil 31-avgust) – sovet futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Ukraina va Qozogʻiston klublarida murabbiylik qilgan.

Anatoliy Babenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anatoliy Nikolayevich Babenko
Tavallud sanasi 7-avgust 1951-yil
Tavallud joyi Makeyevka, Donetsk viloyati
Vafot sanasi 31-avgust 2014-yil(2014-08-31)
(63 yoshda)
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
. Kirovets Avangard
. FC Shakhtar Donetsk
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1969 Kirovets Avangard
1970—1971 CSKA (Kiyev)
1971—1973 Lokomotiv (Vinnitsia) 52 (0)
1974 Vulkan
1975 Paxtakor 3 (0)
1975—1976 FC Zvezda Perm 23 (0)
1977—1978 Torpedo Moskva 0 (0)
1979—1981 FC Kuzbass Kemerovo 124 (0)
1982—1985 FC Nyva Vinnytsia 145 (0)
1986 Melliorator (Shimkent) 11 (0)
Boshqargan klublari
1987—1988 FC Nyva Vinnytsia
2004 FC Shakhter Qaragʻandi
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya

tahrir

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Anatoliy dastlab oʻzining tugʻilgan joyi Makeyevkada, soʻngra qisqa muddat Donetskning Shaxtyor jamoasida oʻynagan. 1969-yilni Avangard Makeyevka jamoasi tarkibida oʻtkazgan. 1970—1971-yillarda Sovet ittifoqi armiyasida xizmat qilgan davrida Kiyevning SKA jamoasi tarkibida oʻynagan. 1971-yilda Pavel Bogodelov bilan birgalikda Vinnitsaning „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan. Anatoliy1974-yilda SSSR ikkinchi ligasining boshqa bi jamoasi, „Vulkan“ Petropavlovsk-Kamchatskiyklubida oʻynagan. U

Babenko 1975-yil Toshkentning „Paxtakor“ klubida boshlagan, mart oyida SSSR kubogi doirasida „Metalist“ jamoasiga (4:1) qarshi, chempionatda esa uchta oʻyinda ishtirok etgan. 1975-yil ikki davra boshlanishidan avval birinchi liganing boshqa bir jamoasi, „Zvezda Perm“ ga klubiga oʻtdi. Dastlabki mavsumida maydonga tushmagan boʻlsada, jamoadagi debyitini 1976-yilda oʻtkazgan. 1977-yil Moskvaning Torpedo klubi tarkibiga oʻtgan. Moskva jamoasida ikki mavsum davomida asosiy tarkibda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. Bu davrda koʻrichak tufayli jarroxlik amaliyotini oʻtkazga. Keyinchalik Kemerovoning „Kuzbass“ jamoasi tarkibida birinchi ligada (1979—1981), ikkinchi ligada „Niva Vinnitsa“ (1982—1985), „Meliorator Chimkent“ (1986) klublarida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

1987—1988-yillarda „Niva“ jamoasining murabbiyi va rahbari. 2004-yilda – Qaragʻandining „Shaxtyor“ klubi bosh murabbiyi[1].

Anatoliy 2014-yil 31-avgustda vafot etgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Тренери: Бабенко Анатолій (1951)“ (uk-ua). ukr-footbal.org.ua. 10 травня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 травня 2021.
  2. „ПАМ’ЯТІ АНАТОЛІЯ БАБЕНКА“ (ru-ru). vinnicafoot.com. 8 травня 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 травня 2021.

Havolalar

tahrir