Anbasa ibn Suhaym al-Kalbiy
Anbasa ibn Suhaym al-Kalbiy (arabcha: عنبسة بن سحيم الكلبي) – 721-yildan 726-yilgacha Andalus voliyi. Islomdan oldingi davrlardan beri Suriyaning janubida va Arabistonning shimolida tashkil etilgan Banu Kalb qabilasiga mansub boʻlgan.
Anbasa ibn Suhaym al-Kalbiy | |
---|---|
عنبسة بن سحيم الكلبي | |
Al-Andalus hokimi | |
Mansab davri 721 – 726 | |
Oʻtmishdoshi | Abdurahmon ibn Abdulloh al-Gʻofiqiy |
Vorisi | Uzro ibn Abdulloh al-Fihriy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti | 726 |
Faoliyati
tahrirAnbasa ibn Suhaym Al-Andalus hokimi etib tayinlanishi bilan nasroniylarga solinadigan soliqlar miqdorini ikki baravarga oshirgan[1].
Yaqin Sharqda yashovchi musulmonlar oʻrtasida tasodifan sulolaviy kurash paydo boʻlgan. Bu kurash 724-yilda xalifa Yazid II va uning ukasi Hishom ibn Abdulmalikning oʻlimiga sabab boʻlgan. Shundan keyin Anbasa xalifaning musulmon boʻlmagan aholidan soliq undirish boʻyicha qoʻygan talablarini qondirishga, shuningdek, bu soliqni arab boʻlmagan musulmonlarga ham joriy etishga harakat qilgan. 725-yilga kelib, Misrda soliqlarning oshirilishiga qarshi xalq qoʻzgʻolon koʻtargan[2].
Ummaviylarning Tuluzadagi yirik magʻlubiyatidan soʻng (721), As-Samh ibn Molik al-Xavloniy vafot etgan. Shundan keyin Anbasa Septimaniyaga bir necha harbiy qoʻshin joʻnatgan. Qoʻshin Pireney hududlaridan oʻtib, vestgotlar davridagi Karkason (724) va Nîmes shahrini egallashga muvaffaq boʻlgan[3]. Anbasa franklar hududi boʻlgan Burgundiya qirolligi hududlariga qilingan yurishga ham boshchilik qilgan, yurish shimolda Autun va Sens haharlariga qadar davom etgan. Biroq 726-yilda Anbasa Akvitaniyadagi yurishi paytida tabiiy sabablarga koʻra vafot etgan[4]. Qochqinlar oqimi janubiy Akvitaniya va Provansda boshpana topgan[5]. Anbasaning oʻlimidan keyin uning oʻrniga Uzro ibn Abdulloh al-Fihriy voliy etib tayinlangan, yana bir necha oydan soʻng esa uning oʻrnini Yahyo ibn Salama al-Kalbiy egallagan. Yahyo Al-Andalusda Anbasa tomonidan qoʻllanilgan siyosat, ayniqsa, soliq yigʻish va mol-mulkni musodara qilish borasidagi adolatsizliklarini qoralagan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Khalid Yahya Blankinship. The End of the Jihad State: The Reign of Hisham Ibn 'Abd al-Malik and the Collapse of the Umayyads. SUNY Press, 1994 — 89-bet. ISBN 978-0-7914-1827-7.
- ↑ Collins, Roger. The Arab Conquest of Spain 710-797. Oxford, UK / Cambridge, US: Blackwell, 1989 — 82-bet. ISBN 0-631-19405-3.
- ↑ Collins, R. (1989) p. 87
- ↑ Collins, R. (1989) p. 83
- ↑ Collins, R. (1989) p. 213
Oʻtmishdoshi: Abdurahmon ibn Abdulloh al-Gʻofiqiy |
Al-Andalus hokimi 721–726 |
Vorisi: Uzro ibn Abdulloh al-Fihriy |