Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasi
Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasi (kat. Selecció femenina de futbol d'Andorra) ayollar futbol assotsiatsiyasida Andorra sharafini himoya qiladi[1] va Andorrada futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Andorra Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi[2].
|
Tarixi Tahrirlash
2014-yil 1-iyul kuni Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasi[3] Gibraltar davlatida oʻtkazilgan UEFA norasmiy turnirida Gibraltar terma jamaosi bilan birinchi xalqaro o‘yinini o‘tkazdi. Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasi Gibraltar ayollar milliy terma jamasini 61-daqiqada Alba tomonidan kiritilgan gol evaziga 1:0 hisobida magʻlub etdi[4][5]. Ertasi kuni Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasi ikkinchi xalqaro oʻyinini oʻtkazib, Lyuksemburg ayollar milliy terma jamoasiga qarshi 4:0 hisobida magʻlub boʻlishdi[6].
2014-yil 18-dekabrda UEFA Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasining UEFA ayollar oʻrtasidagi Evro-2017 saralash bosqichida ishtirok etishiga ruhsat berganini eʼlon qildi[7][8]. Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining birinchi rasmiy oʻyinida Malta terma jamoasiga 3:5 hisobida magʻlub boʻldi[9]. Guruh bosqichining keyingi oʻyinlarini Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasi Farer orollari ayollar terma jamoasiga 0:8 va Gruziya ayollar terma jamoasiga 0:7 hisobida yana ikkita mag‘lubiyat bilan yakunlashdi[3].
2016-yilning 30-iyun kuni Andorra futbol federatsiyasi Jose Antonio Martinni Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinladi[10].
2021-yil 18-sentabrda Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Lixtenshteyn ayollar terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etganidan keyin oʻzining xalqaro oʻyinlardagi ikkinchi g‘alabasiga erishdi[11]. Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasi safida Tereza Morato xet-trik qayd etgan boʻlsa, toʻrtinchi golni Erika Gonsalves kiritdi.
Jamoa tasviri Tahrirlash
Sport toʻplamlari Tahrirlash
Sport toʻplamlari homiysi Tahrirlash
Homiy tashkilot | Homiylik muddati |
---|---|
</img> Adidas | 2014 — hozirgi kungacha |
Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha oʻyinlar natijasi Tahrirlash
- 2022-yil 18-sentabr holatiga ko`ra
Raqib milliy terma jamoa | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Farer Orollari | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 8 | −8 |
Georgia | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 7 | −7 |
Gibraltar | 1 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | +1 |
Isroil | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 7 | −7 |
Lixtenshteyn | 1 | 1 | 0 | 0 | 4 | 2 | +2 |
Litva | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | −2 |
Lyuksemburg | 2 | 0 | 0 | 2 | 1 | 6 | −5 |
Malta | 3 | 0 | 0 | 3 | 3 | 12 | −9 |
Moldova | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | −4 |
Jami | 12 | 2 | 0 | 10 | 9 | 48 | −39 |
ENFAF jamoasining natijalar roʻyxati Tahrirlash
ENFAF jamoasi Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasiga oʻyinchi yetkazib beradigan asosiy milliy liga jamoasi hisoblanadi. Ushbu jamoa Andorrada milliy liga boʻlmaganligi sababli Ispaniya ayolar ligasida qatnashadi. Quyida Andorra futbol federatsiyasi ENFAF jamoasining Ispaniya ayollar ligasi tizimidagi oʻyinlari roʻyxati berilgan.
Mavsum | Liga darajasi | Diviziya | Oʻrin |
---|---|---|---|
2011-2012 | 4 | 1ª Catalana | 16 |
2012-2013 | 5 | 2ª Catalana | 3 |
2013-2014 | 5 | 2ª Catalana | 1 |
2014-2015 | 4 | 1ª Catalana | 9 |
2015-2016 | 4 | 1ª Catalana | 11 |
2016-2017 | 4 | 1ª Catalana | 9 |
2017-2018 | 4 | 1ª Catalana | 6 |
2018-2019 | 4 | 1ª Catalana | 6 |
2019-2020 | 5 | 1ª Catalana | 2 |
2020-2021 | 4 | Pref. Cat. | 15 |
2021-2022 | 5 | Pref. Cat. | 10 |
Murabbiylar shtabi Tahrirlash
Hozirgi murabbiylar shtabi Tahrirlash
Lavozimi | Ismi | Man. |
---|---|---|
Bosh murabbiy | José Antonio Martín |
Bosh murabbiylar tarixi Tahrirlash
Oʻyinchilar Tahrirlash
Hozirgi tarkib Tahrirlash
Quyida 2022-yilning 16-fevralida Gibraltar ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi safarda o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinida Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan futbolchilarning roʻyxati keltirilgan[12]. Gollar va oʻtkazilgan oʻyinlar statistikasi 2022-yil 18-aprel holatiga koʻra berilgan.
Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari TahrirlashOʻrtoqlik oʻyinlarida kiritilgan gollar roʻyxatga kiritilmagan. Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar roʻyxati Tahrirlash
Eng yaxshi toʻpurararlar roʻyxati Tahrirlash
Xalqaro musobaqalarda Andorra ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi TahrirlashFIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Tahrirlash
UEFA ayollar chempionati Tahrirlash
Yana qarang TahrirlashManbalar Tahrirlash
Havolalar Tahrirlash |