Andrew Garfield
Andrew Garfield (1983-yil, 20-avgust) amerikalik aktyoridir[1][2]. U turli mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan Tony Award, BAFTA TV Award va Golden Globe Award, shuningdek, Primetime Emmy Award, Laurence Olivier Award va ikkita Academy Awards uchun nomzodlikka qoʻyilgan. Time jurnali Garfieldni 2022-yilda dunyodagi eng nufuzli 100 kishi roʻyxatiga kiritdi.
Andrew Garfield | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
20-avgust 1983-yil |
Fuqaroligi | Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Kasbi | aktyor |
Faoliyat yillari | 2004-yildan - hozirgacha |
Los-Anjelesda tugʻilgan va Angliyaning Epsom shahrida oʻsgan Garfield Royal Central School of Speech and Dramada tahsil olgan va oʻz faoliyatini Buyuk Britaniya sahnasida va televizion spektakllarda boshlagan. U 2007-yilda Lions for Lambs ansambl dramasida badiiy filmdagi debyutini qilgan. U Boy A (2007) telefilmidagi ijrosi uchun BAFTA TV Award for Best Actor mukofotini qoʻlga kiritdi. U 2010-yilda The Social Network dramasida Eduardo Saverinning ikkinchi darajali roli bilan xalqaro eʼtiborga tushdi, buning uchun u BAFTA Film Award va Golden Globe Awardga nomzodligi kiritildi.
Garfield Yangi Oʻrgimchak-odam (2012), Yangi Oʻrgimchak-odam 2 (2014) va keyinroq Oʻrgimchak-odam: Uyga yoʻl yoʻq (2021) superqahramon filmlarida oʻrgimchak-odam rolini oʻynagani uchun keng eʼtirofga sazovor boʻldi. U Hacksaw Ridge (2016) jangovar filmidagi Desmond Doss roli va Tick, Tick... Boom! (2021) filmidagi Jonathan Larson rollari uchun Academy Award for Best Actor nominatsiasini qoʻlga kiritgan. Garfield shuningdek, keyinroq Golden Globe Award for Best Actor mukofotini ham qoʻlga kiritdi. 2022-yilda u Under the Banner of Heaven kriminal drama miniserialida Mormon detektivi rolini oʻynadi va Primetime Emmy Award va oltin globusni qoʻlga kiritdi.
Sahnada Garfied 2012-ilda Broadwayda Death of a Salesman filmida paydo boʻldi va bu unga Tony Award nominatsiyasini taqdim etdi. 2017-yilda Londonda Angels in America filmida Prior Valter rolini oʻynagani uchun Garfield Laurence Olivier Awardga nomzod boʻldi; u keyingi yili Broadwaydagi rolni takrorladi va spektakldagi eng yaxshi aktyor uchun Tony Awardga sazovor boʻldi.
Tarjimai holiTahrirlash
Andrew Russell Garfield 1983-yil 20-avgustda Los-Anjelesda (Kaliforniya) tugʻilgan[3]. Uning onasi Lyn[4] Angliyaning Essex shahridan, otasi Richard Garfield esa Kaliforniyadan edi[5][6]. Richardning ota-onasi ham Buyuk Britaniyadan edi[7]. Garfield uch yoshida ota-onasi Qo'shma Shtatlardan Buyuk Britaniyaga koʻchishgan va u Surreydagi Epsom shahrida tarbiyalangan[5][8][9]. Garfield dunyoviy tarbiyaga ega edi[10]. U otasi tomonida yahudiy boʻlib, oʻzini "yahudiy artist" deb taʼriflaydi[11][12][13][14]. Uning ota-bobosi va buvisi Polsha, Rossiya va Ruminiyadan Londonga koʻchib kelgan yahudiy muhojir oilalaridan edi va oila familiyasi dastlab "Garfinkel" edi[7][15][16].
Garfildning ota-onasi kichik interyer dizayn biznesi bilan shugʻullangan. Uning onasi esa bolalar bogʻchasida oʻqituvchi yordamchisi boʻlgan, otasi - Guildford shahar suzish klubining bosh murabbiyi boʻlgan[17][18]. Uning akasi Royal Brompton hospitalda NHS shifokori boʻlgan[19][20]. Garfield yoshligida gimnastika va suzuvchilik bilan shugʻullangan[6][17]. U dastlab biznesni oʻrganishni niyat qilgan edi, lekin 16 yoshida bir doʻsti, ular darslarni boshlash uchun bir o'quvchi kam boʻlganligi sababli, uni boshlangʻich teatr oʻqishiga kirishga koʻndirgan[21][22]. Garfield University of Londondagi Central School of Speech and Dramada tahsil olishdan oldin Bansteaddagi Priory Preparatory Schoolda, keyinroq esa Ashtead shahridagi City of London Freemen's Schoolda tahsil olgan[17][23][24]. Uning birinchi ishi Golders Green va Hendondagi uchta alohida muassasa oʻrtasida koʻchirilgan Starbucksda edi[25][26].
FaoliyatiTahrirlash
Dastlabki faoliyati va yutuqlari (2004–2011)
Garfield toʻqqiz yoshida Surreyning Guildford shahrida aktyorlik saboqlarini olishni boshladi va Bugsy Malonening yoshlar teatrida paydo boʻldi[19]. U Epsomdagi kichik yoshlar teatri ustaxonasiga qoʻshildi va Buyuk Britaniya konservatoriyasida,Central School of Speechda yana uch yil oʻqishdan oldin boshlangʻich teatr taʼlimini oldi[22][27]. 2004-yilda oʻqishni tamomlagach, u asosan sahna aktyorligi bilan shugʻullana boshladi. 2004-yilda u Manchesterning Royal Exchange teatrida Kesdagi ijrosi uchun Manchesterdagi Evening News Theatre eng yaxshi yangi ishtirokchi mukofotini qoʻlga kiritdi (u erda keyingi yil ham Romeo rolini oʻynadi) va 2006-yilda Evening Standard Theatre tomonidan „Outstanding Newcomer Award“ mukofotini qo‘lga kiritdi[9]. Garfield oʻzining Britaniya televideniyesida debyutini 2005-yilda Channel 4 oʻsmirlar uchun Sugar Rush dramasida nishonlagan[9]. 2007-yilda u BBCning Doctor Who serialining uchinchi seriyasida, „Daleks in Manhattan“ va „Evolution of the Daleks“ epizodlarida paydo boʻlgach, jamoatchilik eʼtiborini tortdi. Garfield Doctor Whoning bir qismi boʻlish sharaf ekanligini aytgan[28]. 2007-yil oktyabr oyida u Varietyning „10 Actors to Watch“ roʻyxatiga kiritilgan[29]. U 2007-yil noyabr oyida Lions for Lambs filmida Tom Kruz, Meril Strip va Robert Redford lar bilan birgalikda amerikalik universitet talabasi rolini oʻynagan[29]. Garfield 2007-yilda Variety nashriga bergan intervyusida: „Men ular bilan bir xil loyiha ustida ishlayotganimdan baxtiyorman, lekin keyinchalik tomoshabinlar tomonidan tan olinishini kutmaganman“ degan edi[29].
2007-yil noyabr oyida chiqqan Boy A dramasida u qamoqdan keyin yangi hayot topishga urinayotgan mashhur qotilni tasvirlagan[30]. Bu rol unga 2008-yilda eng yaxshi aktyor uchun BAFTA Awardga sazovor boʻldi[31]. Houston Chronicle nashri xodimi Amy Biancolli Garfild tasvirining „zakovati va sezgirligiga shubha yoʻq“ deb yozgan[30]. Minneapolis Star Tribune muxbiri Christy DeSmith Biancollining fikrini takrorlab, uning yuz ifodalarini misol qilib keltirdi[32]. John Xartl The Seattle Times gazetasida yozgan maqolasida Garfield rolda oʻzining bor mahoratini namoyish etganini takidlagan va shunday xulosaga kelgan: „Garfild har doim oʻz ehtiroslarini qoʻlga kirita oladi“[33]. The Wall Street Journal tanqidchisi Joe Morgenstern Garfieldning ijro etgan rolini „fenomenal“ deb atadi[34]. 2008-yilda u The Other Boleyn Girl filmida kichik rol oʻynadi va Berlin xalqaro kinofestivalida porlayotgan yulduzlardan biri deb topildi[29][35]. 2009-yilda Garfield Terry Gilliamning The Imaginarium of Doctor Parnassus va Red Riding televizion trilogiyasida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan[36][37]. Va Los Angeles Times gazetasida Kenneth Turan „Garfield ajoyib oʻyin koʻrsatgan“ deb oʻylashini aytib oʻtgan[37].
Garfield haqida qiziqarli faktlarTahrirlash
- U chala amerika talaffuziga ega[38].
- U ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi[39][40].
- Andrew AQSh va Buyuk Britaniya fuqoroligiga yaʼni ikki fuqarolikka ega[41].
- Andrewning ajdodlarining familiyasi Garfinkel boʻlgan[7][15][16].
- U din haqida bir toʻxtamga ega emas[38].
- Uning birinchi sevgisi Sara ismli qiz boʻlib, u Spice Girls guruhining „Wannabe“" qoʻshigʻini kuylab Garfielddan uning yigiti boʻlishini soʻragan[42].
- Oskar mukofotiga nomzod It's a Wonderful Life filmi uni koʻz yoshlariga sabab boʻlgan[42].
- Garfield Grammy mukofotiga sazovor boʻlgan musiqachi Lil Nas Xning ashaddiy muxlisidir[42].
- Uning birinchi ishi Shimoliy Londondagi Starbucksda boʻlgan va u tez-tez omborxonada oʻtirgani uchun ishdan haydalgan[42].
- U 29 yoshini Disneylandda nishonlagan[38].
ManbalarTahrirlash
Vikiomborda Andrew Garfield haqida turkum mavjud |
- ↑ Andrew Garfield Responds to Fans on the Internet – Actually Me. GQ. 7:05. „It's cause I'm English... My father's American so, I have had this semi-weird, hybrid British-American accent...“
- ↑ Clarke, Donald. „Andrew Garfield: 'I am a mongrel. I feel English and I don't'“ (27-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 23-aprel 2018-yil.
- ↑ „Andrew Garfield“. Hollywood.com (25-iyun 2012-yil). 13-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-may 2016-yil.
- ↑ Kernes, Mark „Andrew 'Spider-Man' Garfield Watched Vivid Parody for Inspiration“. AVN (27-iyun 2012-yil). 2-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ 5,0 5,1 Shenton, Mark. „Andrew Garfield“. Broadway.com (15-may 2006-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2007-yil.
- ↑ 6,0 6,1 Fielder, Miles. „Andrew Garfield“. The List (1-noyabr 2007-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2007-yil.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Bloom, Nate „Interfaith Celebrities: Films Spider-Man & Lola Versus“. InterfaithFamily.com (26-iyun 2012-yil). 3-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Hiscock, John. „A child's dream come true: Andrew Garfield“. The Telegraph (26-sentabr 2010-yil).
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Graham, Jane. „Andrew Garfield: our No. 1 hottest young British movie talent“. The Guardian (7-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 25-oktabr 2010-yil.
- ↑ Davis, Erik „Andrew Garfield on 'Hacksaw Ridge,' 'Silence' and the Absurdity of War“. Fandango (31-oktabr 2016-yil). 3-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Applebaum, Stephen „Andrew Garfield: 'I value my Jewish heritage so much'“. The Jewish Chronicle (30-dekabr 2021-yil). 4-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-yanvar 2022-yil.
- ↑ Buckley, Cara „Andrew Garfield, Spiritual Ghost in the Hollywood Machine“. The New York Times (7-yanvar 2017-yil). — „His family was a loving one, he said, and his father was Jewish.“. 20-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-may 2018-yil.
- ↑ Kaufman, Amy „From franchises to gentle lyricism, these leading men share insights into filmmaking“. Los Angeles Times (22-dekabr 2016-yil). 23-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-aprel 2018-yil.
- ↑ Slotek, Jim. „Andrew Garfield 'wept' after reading 'Spider-Man 2' script“ (24-aprel 2014-yil). Qaraldi: 20-may 2018-yil.
- ↑ 15,0 15,1 Clarke, Cath. „Interview: Andrew Garfield“. Time Out Shanghai (28-aprel 2014-yil).
- ↑ 16,0 16,1 Rafanelli, Stephanie „Andrew Garfield: 'I never compromised who I was'“. The Guardian (30-dekabr 2016-yil). 23-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-may 2018-yil.
- ↑ 17,0 17,1 17,2 Singh, Anita. „Andrew Garfield as Spider-Man: who is he?“. The Daily Telegraph (2-iyul 2010-yil). Qaraldi: 2-iyul 2010-yil.
- ↑ „Andrew Garfield's Parents on How Their Son Is Handling Spider-Man Fame“. Access Hollywood. NBCUniversal (29-iyun 2012-yil). 2-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ 19,0 19,1 Albiston, Isabel. „Andrew Garfield: ready for take-off“. The Daily Telegraph (27-oktabr 2007-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2007-yil.
- ↑ Weijun Wang, Esmé (24 January 2022). "An Interview with Andrew Garfield". Believer. https://believermag.com/an-interview-with-andrew-garfield/. Qaraldi: 24 January 2022.
- ↑ „Emma & Andrew's Amazing Adventure“ (21-iyun 2012-yil). 12-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-iyun 2012-yil.
- ↑ 22,0 22,1 „Andrew Garfield in Tales of Ovid, A-level school production, Freeman's School, 2001“. https://www.youtube.com.
- ↑ „Andrew Garfield—The Social Network, The Amazing Spider-Man—9/20/10“. GrouchoReviews.com (20-sentabr 2010-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Priory Preparatory school in Banstead celebrates 90 years“. yourlocalguardian.co.uk (Newsquest) (21-iyun 2012-yil).
- ↑ Smith, Anna „Andrew Garfield: 'I don't know if we need movie stars any more'“. Time Out (29-sentabr 2017-yil). 23-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2021-yil.
- ↑ Galloway, Stephen (4 November 2016). ""He's All Flesh and Blood and Passion" (Q&A)". The Hollywood Reporter. https://www.hollywoodreporter.com/movies/movie-news/andrew-garfield-mel-gibson-hes-all-flesh-blood-passion-944231/. Qaraldi: 27 December 2021.
- ↑ „High Profile Alumni | the Royal Central School of Speech and Drama“. 20-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-dekabr 2016-yil.
- ↑ Morgan Jeffery (26 June 2012) 'Spider-Man' star Andrew Garfield 'honoured to be part of Doctor Who' Wayback Machine saytida arxivlandi (30 July 2012).
- ↑ 29,0 29,1 29,2 29,3 Idelson, Karen. „Andrew Garfield: 'Lions' actor certainly not a lamb anymore“. Variety (12-noyabr 2007-yil). Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
- ↑ 30,0 30,1 Biancolli, Amy „Boy A“ (12-sentabr 2008-yil). 5-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-avgust 2012-yil.
- ↑ "Spider-Man comes to London" Wayback Machine saytida arxivlandi (20 June 2012)..The Daily Telegraph. (Telegraph Media Group). Retrieved 19 June 2012
- ↑ DeSmith, Christy „'Boy A' explores secrets, forgiveness“ (5-sentabr 2008-yil). 7-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-avgust 2012-yil.
- ↑ Hartl, John. „"Boy A": When the past gets in the way of a promising future“. The Seattle Times (8-avgust 2008-yil). Qaraldi: 4-avgust 2012-yil.
- ↑ Morgenstern, Joe. „Powerful 'Boy A' Is Top-Grade Tale of a Life on Edge“. The Wall Street Journal (25-iyul 2008-yil). Qaraldi: 6-avgust 2012-yil.
- ↑ Gordon, Bonnie J.. „9 new Shooting Stars chosen for Berlin“. The Hollywood Reporter (12-dekabr 2007-yil). Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
- ↑ Carnevale, Rob. „Lions For Lambs – Andrew Garfield interview“. IndieLondon (IndieLondon Limited). Qaraldi: 12-noyabr 2007-yil.
- ↑ 37,0 37,1 Turan, Kenneth. „Movie review: 'Never Let Me Go'“. Los Angeles Times (15-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 2-fevral 2013-yil.
- ↑ 38,0 38,1 38,2 „10 Things You Didn’t Know About Andrew Garfield“. https://tvovermind.com.
- ↑ „Why This Hollywood Actor Stays Off Social Media (Mostly)“. https://www.nytimes.com.
- ↑ „Andrew Garfield reveals why he doesn't use social media: 'I'm too sensitive and permeable'“. https://www.hindustantimes.com.
- ↑ „10 Interesting Facts About Andrew Garfield“. https://www.nbc.com.
- ↑ 42,0 42,1 42,2 42,3 „11 things you probably didn't know about Andrew Garfield“. https://www.insider.com.