Spider-Man: No Way Home
„Spider-Man: Far From Home“ (oʻzbekcha manbalarda „Oʻrgimchak odam: Uyga yoʻl yoʻq“ oʻlaroq maʼlum[6][7][8]) — 2021-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi. „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi yigirma yettinchi kinokartina. „Spider-Man: Homecoming“ (2017) va „Spider-Man: Far From Home“ (2019) filmlarining davomi. Marvel Comics komikslaridagi Oʻrgimchak odam personajiga asoslangan. Columbia Pictures va Marvel Studios kinostudiyalari tomonidan ishlangan, Sony Pictures Releasing tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Jon Watts rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Chris McKenna va Erik Sommers yozgan. Bosh rollarni Tom Holland, Zendaya, Benedict Cumberbatch, Jacob Batalon, Jon Favreau, Jamie Foxx, Willem Dafoe, Alfred Molina, Benedict Wong, Tony Revolori, Marisa Tomei, Andrew Garfield va Tobey Maguire ijro etgan. Film voqealariga koʻra, Parker kimligi ommaga oshkor qilinib, hayoti butunlay ostin-ustun boʻlib ketgach, doktor Stephen Strangedan (Cumberbatch) yordam soʻraydi, ammo Strangening jodusi notoʻgʻri ishlab vaqt va makon uzluksizligini buzib yuboradi.
Spider-Man: No Way Home | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Jon Watts |
Prodyuser(lar) | |
Ssenariynavis(lar) | |
Qaysi asarga asoslangan |
|
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Michael Giacchino |
Kinematografiya | Seamus McGarvey |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) | |
Distribyutor | Sony Pictures Releasing |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 148 daqiqa[1] |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $200 million[2] |
Daromadi | $1,923 milliard[3][4][5] |
Film premyerasi 2021-yilning 13-dekabrida Gollivudda boʻlib oʻtgan. Kinotanqidchilar tomonidan xush qarshilangan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $1,9 milliard mablagʻ toʻplab, oʻsha vaqtda tarixdagi oltinchi eng kassabop filmga, 2021-yilning esa eng kassabop filmiga aylangan. „Eng yaxshi vizual effektlar“ nominatsiyasida „Oscar“ mukofotiga nomzod oʻlaroq koʻrsatilgan.
Syujeti
tahrirQuentin Beck (Kuentin Bek) Peter Parkerni qotillikda ayblab,[N 1] uning kimligini ommaga oshkor qilganidan soʻng, Parker, xolasi May (Mey), sevgan qizi MJ (Emjey) hamda yaqin doʻsti Ned Leeds (Ned Lids) tergov qilinadi, biroq advokat Matt Murdock yordami bilan ulardan barcha ayblovlar olib tashlanadi. Yuqori sinf bitiruvchilari boʻlmish Parker, MJ va Leeds MITga hujjat topshirishadi, ammo Oʻrgimchak-odam shaxsi ommaga ochiqlanganidan hamda MJ va Leedsning u bilan aloqasi ortidan ularning arizalari universitet tomonidan rad etiladi. Parker Stephen Strangedan (Stiven Strenj) yordam soʻrash uchun Sanctum Sanctorumga tashrif buyuradi va u yerda Strange ommaning Parkerning Oʻrgimchak-odam ekanligini unutib qoʻyishiga xizmat qiluvchi joduni oʻqishni taklif qiladi, Wong bunning oqibatlari ijobiy boʻlmasligi haqida ogohlantiradi. Biroq, Strange joduni oʻqishga qaror qiladi. Strange joduni oʻqir ekan, Parker undan tinimsiz oʻzgartirishlar kiritishni soʻrayveradi va buning natijasida jodu notoʻgʻri ishlaydi. Soʻngra, Strange Parkerni qoʻrgʻonidan chiqarib yuboradi.
Parker MIT administratoridan Leeds va MJning arizalarini qabul qilishga koʻndirish uchun Alexander Hamilton koʻprigiga boradi, ammo koʻprik toʻsatdan Otto Octavius tarafidan hujumga uchraydi. Parker oʻzining temir oʻrgimchak kostyumini kiyib, MIT administratorini qutqarish maqsadida koʻprikda Octavius bilan jang qiladi. Octavius Parkerning kostyumidan nanotexnologiyasini olganda, bu texnologiya uning mexanik qisqichlari bilan bogʻlanib, Parkerga ularni boshqarishga imkon beradi. Keyin ular Norman Osbornning ular tomon kelayotganini payqashadi, lekin Osbornning hujumidan avval Strange Octaviusni qoʻlga tushirib, Curt Connors bilan birga Sanctumdagi kamerasiga joylashtiradi. Strangening Parker va kamerada saqlanayotganlarga bu haqda tushuntirar ekan, jodu oqibatida vaqt va makon uzluksizligini buzilib, jodu multiolamning har bir qismidan Parker Oʻrgimchak-odam ekanligidan xabardor hamma kimsalarni chaqirgan. Strange Parkerga MJ va Leeds yordami bilan qolgan odamlarni topib, qoʻlga olishni topshiradi.
Parker Max Dillon va Flint Markoni qoʻlga olar ekan, Osborn oʻzini Green Goblin taʼsiridan halos etib, oʻzini nazorat qila boshlaganidan soʻng, F.E.A.S.T. binosiga boradi va u yerda Peter uni qoʻlga oladi. Qoʻlga olingan superyovuzlar Oʻrgimchak-odam bilan oʻzlarining janglari haqida muhokama qilishar ekan, Osborn, Octavius va Dillon oʻlimlari oldidan oʻz olamlaridan bu olamga kelishganini tushunishadi. Strange quti ichida superyovuzlarni oʻz olmalariga qaytarib yuboruvchi joduni tayyorlaydi, ammo Parker ular dastlab oʻzlarining kuchlari yovuzlikka emas, balki yaxshilikka yoʻnaltirish zarur, deb taʼkidlab, bu ularning oʻzlarining olamlariga qaytishganlarida oʻlimini oldini oladi deb umid qiladi. Parker qutidagi joduni va Strangening boʻyniga osib yuradigan uzugini oʻgʻirlab, Strangeni oyna oʻlchamli olamda tuzoqda qoldiradi. Keyin, Parker superyovuzlarni Happy Hoganning uyiga olib boradi. U Stark Industries mahsuloti boʻlgan texnologiya yordamida Octaviusni muvaffaqiyatli tarzda yovuzlikdan halos etadi, biroq Osbornning onggi ustidan Goblin nazoratni qoʻlga ekan, Osborn yovuzlikdan hali halos boʻlmagan superyovuzlarni oʻzi tomon yetaklaydi. Dillon, Marko va Connors qochib ketayotib, Osborn oʻz aeroplani bilan Mayni oʻldiradi; oʻlimidan avval, May Parkerga „katta kuch bilan birga katta mas’uliyat ham kelishi kerak“, deb oʻgit beradi.
Ned va MJ Parkerni qayerdaligini topish uchun Strangega tegishli boʻyinga osib yuriladigan uzukni ishlatishga urinishadi, shu paytda Ned uzuk orqali portallar yaratishi mumkinligini kashf etadi. Ular Strangening jodusi ortidan parallel olamlardan chaqirlgan Parkerning alternativ versiyalari — „Peter-Ikki“ va „Peter-Uch“ni topishadi. Soʻngra, Ned va MJ Parkerni topishadi va unga hamdard boʻlishadi. Bu paytda esa, boshqa Parkerlar unga sevgan kishilarini yoʻqotganliklari haqidagi hikoyalari toʻgʻrisida soʻzlab berishadi; ular Parkerni May uchun toʻxtamaslikka, aksincha jang qilishga undashadi. Shundan soʻng, uchovlon (Parkerlar) yovuzlarni davolash yoʻllarini ishlab chiqadi va Dillon, Marko va Connorsni Ozodlik haykaliga jalb etishadi. U yerda, Peter-Ikki va Parker Marko va Conorsni dsvolaydi. Bu orada, Octavius ham yordamga kelib, Dillonni davolaydi.
Uch Parker deyarli barcha yovuzlarni davolashadi (Osborndan boʻlak), biroq Osborn ham yetib keladi va qutiga solingan joduni yoʻq qilib, olamlarni ajratuvchi toʻsiqni yirtib yuboradi, bundan avvalroq Ned Strangeni oyna oʻlchamli olamdan chiqarib oladi. Strange toʻsiqni saqlab qolishga urinar ekan, koʻzi qonga toʻlgan Parker Osborn bilan jang qilib, uni oʻldirishga urinadi, ammo uni Peter-Uch toʻxtatib qoladi. Peter-Uch va Parker Osbornga davolash maqsadida ukol yuborib, es-hushini tiklaydi. Parker multiolamlarni muhofazalashni yagona yoʻli barchaning xotirasidan u haqdagi maʼlumotni oʻchirish ekanligini anglaydi va Strangedan shunday qilishni soʻraydi. Strange joduni oʻqishdan avval, Parker Ned va MJ bilan vidolashib, ularni yana topishga vaʼda beradi. Jodu barchani oʻz olamiga qaytaradi va Parker haqidagi maʼlumotlarni barchaning xotirasidan tozalaydi. Ikki haftadan soʻng, Parker MJ va Ned bilan qayta tanishish uchun ularning yoniga boradi, ammo keyin fikridan qaytadi. May qabrida motam tutgan Parker Hogan bilan suhbatdan soʻng, ilhomlanib, yangi kostyum tikadi va yana superqahramonlikni davom ettiradi.
Rollarda
tahrir-
Tom Holland
-
Tobey Maguire
-
Andrew Garfield
-
Zendeya
-
Benedict Cumberbatch
-
Jacob Batalon
-
Jon Favreau
-
James Foxx
-
Alfred Molina
-
Willem Dafoe
Qahramon | Aktyor | Tafsilotlar |
Peter Parker / Oʻrgimchak odam | Tom Holland | Radiofaol mutatsiyaga uchragan oʻrgimchak chaqib olishi ortidan tanasiga oʻrgimchak xususiyatlari (devorlarda yura olish, toʻr ota olish) oʻtib qolgan oʻspirin[9][10][11][12]. |
Michelle „MJ“ Jones | Zendaya | Parkerning sinfdoshi va sevgan qizi[13][14]. Toʻliq ismi — Michelle Jones (talaffuzi: Mishel Jons)[14]. |
Ned Leeds | Jacob Batalon | Parkerning eng yaqin doʻsti[14][15]. Batalon filmdagi roli uchun 46 kg ozgan[16]. |
Doktor Stephen Strange | Benedict Cumberbatch | Avtohalokat ortidan „mistik sanʼatlar ustasi“ga aylangan neyroxirurg[17][18][19]. |
Wong | Benedict Wong | Strangening doʻsti[20][21]. |
Happy Hogan: | Jon Favreau | „Stark Industries“ xavfsizlik boshligʻi[21]. |
Otto Octavius / Doktor Octopus | Alfred Molina | Tanasi bilan toʻrtta (sunʼiy intellektli) mexanik manipulyator birlashib ketgan olim. Molina mazkur personajni „Spider-Man 2“ (rej. Sam Raimi, 2004) filmida ham jonlantirgan[22][23]. „Spider-Man 2“ filmida Otto Octavius obrazi uchun atayin qoʻgʻirchoq manipulyatorlar yasalgan boʻlsa, „Spider-Man: No Way Home“ filmida manipulyatorlar toʻliq kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan[24]. |
Max Dillon / Elektro | Jamie Foxx | Tanasidan elektr zaryadi chiqara oladigan elektromontyor. Foxx mazkur personajni „The Amazing Spider-Man 2“ (rej. Marc Webb, 2014) filmida ham jonlantirgan[15][25][26]. |
Norman Osborn / Yashil goblin | Willem Dafoe | „Oscorp“ shirkati bosh direktori. Osborn oʻz tanasida nostabil kuch kuchaytirgichi sinovdan oʻtkazgan. Oqibatda uning ongida „Oscorp“ uskunalaridan foydalanib turli jinoyatlarni amalga oshiradigan ikkinchi shaxs rivojlanib borgan. Dafoe mazkur personajni Sam Raimining „Spider-Man“ trilogiyasida ham jonlantirgan[27][28]. |
May Parker | Marisa Tomei | Parkerning xolasi[29]. |
Peter Parker / Oʻrgimchak odam | Andrew Garfield | Parkerning alternativ versiyasi. Sevgan qizi Gwen Stacyning oʻlimida oʻzini aybdor his qiladi[30]. Oʻrgimchak odamning boshqa versiyalari uni „Peter-Uch“ deb chaqiradi[31][32]. Garfield mazkur personajni Marc Webbning „The Amazing Spider-Man“ dilogiyasida ham jonlantirgan[33][34]. |
Peter Parker / Oʻrgimchak odam | Tobey Maguire | Parkerning alternativ versiyasi. Boshqa Oʻrgimchak odam versiyalaridan farqli oʻlaroq, veb-shuter ishlatmaydi, balki tabiiy oʻrgimchak toʻri ola oladi[35]. Oʻrgimchak odamning boshqa versiyalari uni „Peter-Ikki“ deb chaqiradi[31][32]. Maguire mazkur personajni Sam Raimining „Spider-Man“ trilogiyasida ham jonlantirgan[33][34]. |
J. Jonah Jameson | J.K. Simmons | TheDailyBugle.net muxbiri. |
Flash Thompson | Tony Revolori | Parkerning sinfdoshi va sobiq raqibi[36]. |
Betty Brant | Angourie Rice | Parkerning sinfdoshi; Leedsning sobiq sevgan qizi. |
Dell | J.B. Smoove | Parkerning oʻqituvchisi. |
Wilson | Hannibal Buress | Midtown fan va texnologiya maktabining jismoniy tarbiya oʻqituvchisi. |
Musiqasi
tahrirSpider-Man: No Way Home (Original Motion Picture Soundtrack) | ||||
---|---|---|---|---|
Michael Giacchino saundtreki | ||||
Chiqarilgan sanasi | 17-dekabr, 2021-yil | |||
Janr | Film musiqasi | |||
Davomiyligi | 73:54 | |||
Mamlakat | AQSh | |||
Til | inglizcha | |||
Leybl | Sony Classical | |||
Michael Giacchino xronologiyasi | ||||
|
№ | Nomi | Davomiyligi |
---|---|---|
1. | „Intro to Fake News“ | 1:11 |
2. | „World’s Worst Friendly Neighbor“ | 0:52 |
3. | „Damage Control“ | 2:17 |
4. | „Being a Spider Bites“ | 1:05 |
5. | „Gone in a Flash“ | 1:52 |
6. | „All Spell Breaks Loose“ | 3:25 |
7. | „Otto Trouble“ | 4:19 |
8. | „Ghost Fighter in the Sky / Beach Blanket Bro Down“ | 2:47 |
9. | „Strange Bedfellows“ | 1:45 |
10. | „Sling vs Bling“ | 5:00 |
11. | „Octo Gone“ | 3:34 |
12. | „No Good Deed“ | 5:00 |
13. | „Exit Through the Lobby“ | 4:15 |
14. | „A Doom With a View“ | 2:00 |
15. | „Spider Baiting“ | 1:35 |
16. | „Liberty Parlance“ | 1:28 |
17. | „Monster Smash“ | 1:21 |
18. | „Arc Reactor“ | 2:57 |
19. | „Shield of Pain“ | 4:51 |
20. | „Goblin His Inner Demons“ | 3:54 |
21. | „Forget Me Knots“ | 6:49 |
22. | „Peter Parker Picked a Perilously Precarious Profession“ | 1:31 |
23. | „Arachnoverture“ | 10:06 |
Relizi
tahrirMamlakat | Premyera sanasi |
---|---|
Fransiya | 2021-yil 15-dekabr |
Germaniya | 2021-yil 16-dekabr |
AQSh | 2021-yil 17-dekabr |
Gonkong | 2021-yil 23-dekabr |
Oʻzbekiston[39] | 2022-yil 13-oktyabr |
Tanqidchilar baholari
tahrir„Rotten Tomatoes“ kinotanqid saytida „Spider-Man: No Way Home“ haqida 410 ta taqriz yigʻilib, ulardan 93 foizi filmni ijobiy baholagan[40].
Izohlar
tahrir- ↑ Oʻrgimchak-odam: Uydan uzoqda (2019) filmidan.
Manbalar
tahrir- ↑ Lawrence, Gregory „Exclusive: 'Spider-Man: No Way Home' Run Time Revealed“ (inglizcha). Collider (3-dekabr 2021-yil). 4-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2021-yil.
- ↑ Rubin, Rebecca „Box Office Preview: Spider-Man: No Way Home Eyes Mighty, Massive, Marvelous 1050 Million-Plus Debut“ (inglizcha). Variety (14-dekabr 2021-yil). 14-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2021-yil.
- ↑ Tartaglione, Nancy „'Spider-Man: No Way Home' Weaves Amazing $44M Opening Day Overseas – International Box Office“. Deadline Hollywood (16-dekabr 2021-yil). 17-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Spider-Man: No Way Home (2021)“ (inglizcha). Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 16-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Spider-Man: No Way Home - Financial Information“ (inglizcha). The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 16-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Piter Parkerning hayoti ostin-ustun boʻlib ketadi. “Oʻrgimchak odam: uyga yoʻl yoʻq” filmining treyleri eʼlon qilindi“. Daryo.uz (28-avgust 2021-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2021-yil.
- ↑ „“Oʻrgimchak-odam: uyga yoʻl yoʻq” filmining rasmiy treyleri namoyish etildi“. Daryo.uz (18-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Hollivudning 2021-yildagi eng kassabop filmi ma’lum qilindi“. Kun.uz (24-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2022-yil.
- ↑ Lang, Brent „Sony, Marvel Make Up: Companies Will Produce Third 'Spider-Man' Film“. Variety (27-sentabr 2019-yil). 27-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2019-yil.
- ↑ Coggan, Devan „Spider-Man: No Way Home trailer reintroduces some familiar faces“. Entertainment Weekly (23-avgust 2021-yil). 24-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2021-yil.
- ↑ Shepherd, Jack „Tom Holland: "Spider-Man: No Way Home's not fun – it's going to be brutal"“. Total Film (9-noyabr 2021-yil). 9-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-noyabr 2021-yil.
- ↑ Heaf, Jonathan „Tom Holland on his darkest role yet, and why No Way Home could be his last Spider-Man film“. British GQ (26-fevral 2021-yil). 26-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2021-yil.
- ↑ Brower, Alison „The Hollywood Reporter 100: The Most Powerful People in Entertainment 2019“. The Hollywood Reporter (16-oktabr 2019-yil). — „She'll next be seen on the big screen in Denis Villenueve's Dune adaptation, and she'll reprise her Spider-Man role in a third Sony-Marvel film.“. 16-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2019-yil.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 Newby, Richard „All the Comics, Video-Game, and MCU Easter Eggs You Might Have Missed in Spider-Man: No Way Home“. Vulture (17-dekabr 2021-yil). 18-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2021-yil.
- ↑ 15,0 15,1 Kit, Borys „'Spider-Man 3' Jolt: Jamie Foxx Returning as Electro (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (1-oktabr 2020-yil). 6-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2020-yil.
- ↑ Hickson, Colin „Spider-Man 3's Jacob Batalon Shares His (and Ned's) Incredible Weight Loss“. Comic Book Resources (30-oktabr 2020-yil). 30-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2020-yil.
- ↑ Kit, Borys „Benedict Cumberbatch Joins 'Spider-Man 3' as Doctor Strange (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (8-oktabr 2020-yil). 8-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2020-yil.
- ↑ Shepard, Jack „Tom Holland says Spider-Man and Doctor Strange's relationship "breaks down" in No Way Home“. Total Film (10-noyabr 2021-yil). 10-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2021-yil.
- ↑ Keegan, Rebecca „Benedict Cumberbatch Gets Mean“. The Hollywood Reporter (8-sentabr 2021-yil). 8-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2021-yil.
- ↑ Fullerton, Huw „New Doctor Strange detail revealed in Spider-Man: No Way Home“. Radio Times (15-dekabr 2021-yil). 15-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2021-yil.
- ↑ 21,0 21,1 Donnelly, Matt „'Spider-Man: No Way Home' Trailer Officially Drops, Multiverse Villains Descend on Tom Holland“. Variety (23-avgust 2021-yil). 23-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2021-yil.
- ↑ Kit, Borys; Couch, Aaron „'Spider-Man 3': Alfred Molina Returning as Doctor Octopus“. The Hollywood Reporter (8-dekabr 2020-yil). 8-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2020-yil.
- ↑ Aurthur, Kate „Alfred Molina Details Doc Ock's Return in 'Spider-Man: No Way Home': 'The Tentacles Do All the Work' (Exclusive)“. Variety (16-aprel 2021-yil). 16-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2021-yil.
- ↑ Coggan, Devan „Tom Holland opens up about Spider-Man: No Way Home and facing off against Alfred Molina“. Entertainment Weekly (14-oktabr 2021-yil). 14-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2021-yil.
- ↑ Couch, Aaron „'Spider-Man: No Way Home' Trailer Arrives at CinemaCon 24 Hours After Leak“. The Hollywood Reporter (23-avgust 2021-yil). 24-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2021-yil.
- ↑ Holmes, Adam „Spider-Man: No Way Home's Latest Trailer Finally Shows Off Electro, Green Goblin And More“. CinemaBlend (16-noyabr 2021-yil). 17-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2021-yil.
- ↑ Coggan, Devan „New Spider-Man: No Way Home trailer swings headfirst into the multiverse“. Entertainment Weekly (16-noyabr 2021-yil). 17-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2021-yil.
- ↑ Sternberg, Sabrina „'Spider-Man: No Way Home': New Footage Gives Closer Look at Willem Dafoe's New Green Goblin Suit“. Collider (5-dekabr 2021-yil). 6-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2021-yil.
- ↑ Labonte, Rachel „MCU's Spider-Man 3: Marisa Tomei Teases What To Expect Of Aunt May“. Screen Rant (10-iyun 2020-yil). 12-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2020-yil.
- ↑ Adams, Sam; Frank, Allegra; Wickman, Forrest „The Casual Marvel Fan's Guide to Spider-Man: No Way Home“. Slate (16-dekabr 2021-yil). 17-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2021-yil.
- ↑ 31,0 31,1 Bonomolo, Cameron „How Spider-Man Producers Convinced Past Series Stars to Return For No Way Home“. ComicBook.com (17-dekabr 2021-yil). 18-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2021-yil.
- ↑ 32,0 32,1 Bonomolo, Cameron „Spider-Man: No Way Home Names Tobey Maguire and Andrew Garfield's Spider-Men“. ComicBook.com (21-dekabr 2021-yil). 21-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
- ↑ 33,0 33,1 Debruge, Peter „Spider-Man: No Way Home Review: Tom Holland Cleans Out the Cobwebs of Sprawling Franchise With Multiverse Super-Battle“. Variety (13-dekabr 2021-yil). 14-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2021-yil.
- ↑ 34,0 34,1 Cole, Jake „Review: Spider-Man: No Way Home Brings Tom Holland's MCU Run to an Erratic End“. Slant Magazine (14-dekabr 2021-yil). 15-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2021-yil.
- ↑ Why Tobey Maguireʼs Spider-Man Has Organic Webbing
- ↑ Kroll, Justin „'Grand Budapest Hotel' Star Tony Revolori Signs With WME“. Deadline Hollywood (27-iyul 2020-yil). 27-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
- ↑ „¿Spider-Man: No Way Home¿ Soundtrack Album Details“. Film Music Reporter (16-dekabr 2021-yil). 17-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2021-yil.
- ↑ „IMDb International Release Dates“ (inglizcha). IMDb (2-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Spider-Man: No Way Home (2021) — Details“ (ruscha). Afisha.uz. Qaraldi: 19-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Spider-Man: No Way Home“ (inglizcha). Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 19-dekabr 2021-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Spider-Man: No Way Home haqida turkum mavjud |