Neyroxirurgiya - xirurgiyaning bir boʻlimi. Nerv sistemasi kasalliklari va jarohatlarini xirurgik yoʻl bilan davolash metodlarini oʻrganadi va amalda qoʻllaydi. N. neyroonkologiya, neyrotravmatologiya, neyroangiologiya, markaziy nerv sistemasining tugʻ-ma nuqsonlari va infeksion-yalligʻlanish jarayonida krladigan asoratlar xirurgiyasi, steretoksik N., epilepsiya va kuchli ogʻriq xirurgiyasi kabi boʻlimlardan iborat. Bosh va orqa miyani operatsiya qilish yuzasidan olib bo-rilgan koʻp yillik izlanish va uri-nishlar tufayli 20-asr boshlarida N. mustaqil fan sifatida shakllandi. Fiziologiya, nevrologiya, rentgenologiya, patomorfologiya, biokimyo, anesteziologiya, terapiya va boshqa fan yutuqlari N.ning rivojlanishiga imkon berdi. N. N. Burdenko Moskvada, A. L. Polenov Leningradda, A. I. Arutyunov Kiyevda N. institutini tashkil etishda raqbarlik qildilar (hozirgi institut shu olimlar nomi bilan ataladi). Keyinchalik boshqa shaharlardagi klinikalarda ham N. boʻlimlari ochildi.

Dastlab Oʻzbekistonda N. boʻlimi Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti, 1963-yil Samarqand viloyat kasalxonasi (1950) (S. D. Madiyorov, A. M. Mamadaliyev) tarkibida tashkil qilindi. 1968-yildan respublikaning barcha viloyat kasalxonalarida, jumladan, Toshkentda Onkologiya va radiologiya ilmiy tadqiqot institutida N. boʻlimi (M. H. Krriyev) fao-liyat koʻrsata boshladi. 1969 i. 17-sha-har kasalxonasida (A. S. Mirsodiqov), Andijon viloyat kasalxonasida (M D. Doʻstmurodov) N. boʻlimlari tashkil topdi. Keyinchalik bu boʻlimlar tib-biyot institutlarida tashkil qilingan. N. kafedralari va kurslarning oʻquv ba-zasi boʻlib qoldi. Neyroxirurgik yordamni rejali ravishda bajarish maqsadida 1983-yil Respublika Neyroxirurgiya markazi ochildi, keyinchalik u Respublika ilmiy tadqiqot markaziga aylantirildi (1997).

Respublikada N. fani rivojlanishida M. M. Maksudov, M. H. Qoriyev, A. S. Mirsodiqov, S. A. Madiyorov, M. D. Doʻstmurodov, A. M. Mamadaliyev va boshqalarning munosib xizmatlari bor. 1975-yildan Respublikaning barcha tibbiyot institutlarida yuqori kurs talabalariga N. fani oʻqitila boshlandi. Respublikaning shahar va viloyat mutaxassislarni tayyorlash, asosan, neyroxirurgiya ilmiy markazida, tibbiyot institutlarining neyroxirurgiya kafedralari va kurslarida olib boriladi.

Ixtisoslashgan neyroxirurgik mar-kazlar tashkil etilishi bosh miya oʻsmalari, markaziy nerv sistemasining tugʻma nuqsonlari va yalligʻlanish kasalliklarini davolashda yaxshi nati-jalarga erishishga, N.da miya va orka miya tomirlari xirurgiyasi (neyroangiologiya), stereotaksis kabi yangi boʻlimlar tashkil etishga imkon berdi. N.dagi hozirgi muhim yoʻnalishlardan biri bosh miyada kon aylanishi va mi-yada energiya almashinuvi fiziologiyasi va patologiyasini oʻrganishdir. Ope-rativ texnikaning rivojlanishi (elektroxirurgiyaning tatbiq etilishi hamda kalla ichi bosimini pasaytirishga yordam beradigan turli preparat va metodlarning qoʻllanilishi), diagnostika usullarining takomillashishi, shuningdek, N. amaliyotida ogʻriqsizlantirish va reanimatsiya metodlarining joriy etilishi N.da muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirgi tomirlarni operatsiya qilish usuli ham muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.

N. sohasida fizika, elektronika, kibernetika, radiologiya va boshqa tabiiy fanlarning yutuqlaridan foydalanilishi endilikda glial oʻsmalar, kalla suyagi va miyaning ogʻir shikastlari, epilepsiyani davolash imkonini beradi. Markaziy nerv sistemasining murakkab funksiyalarini oʻrganish sohasidagi N. yutuqlari nevropatologiya, psixiatriya, neyrofiziologiya, psixologiya kabi fanlarni boyitmoqda.

Adabiyot tahrir

  • Sosin I. I., Kariyev M. X., Fizioterapiya v xirurgii,travmatologii i neyroxirurgii, T., 1994; Mirsodiqov A. S, Mirsodiqov D. A., Bolalar neyroxirurgiyasi, T., 2002.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil