Ijtimoiy tarmoq (film)

(The Social Networkdan yoʻnaltirildi)

Ijtimoiy tarmoq (inglizcha: The Social Network) 2010-yilda ekranlarga chiqarilgan biografik filmdir. Film Facebook ijtimoiy tarmogʻining yaratilishi haqida hikoya qiladi. Filmda Facebook asoschisi Mark Zuckerberg rolini Jesse Eisenberg jonlantiradi.

Ijtimoiy tarmoq

Film posteri
Rejissyor(lar) David Fincher
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Aaron Sorkin
Qaysi asarga
asoslangan
The Accidental Billionaires
Ben Mezrich
Rollarda
Bastakor(lar)
Kinematografiya Jeff Cronenweth
Muharrir(lar)
Studiya(lar)
Distribyutor Columbia Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 24-sentyabr, 2010-yil(2010-09-24)
Davomiyligi 120 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til ingliz tilida
Byudjeti $40 million[2]
Daromadi $224.9 million[2]

Mazmuni tahrir

2003-yil 28-oktabr. Harvard universiteti ikkinchi kurs talabasi, 19 yoshli Mark Zuckerbergni qiz oʻrtogʻi Erica Albright tashlab ketadi. Bu hodisadan soʻng, Zuckerberg yotoqxonasiga qaytib, oʻzining LiveJournal blogida Albright haqida haqoratomuz post yozadi. Soʻngra, „Facemash“ nomli vebsayt yaratadi hamda kollej maʼlumotlar bazasidagi qiz talabalar suratlarini koʻchirib olib, ularni shu saytga joylashtiradi. Saytga tashrif buyuruvchilar unga joylangan suratlarni maftunkorligiga koʻra baho berishlari mumkin boʻladi. Ushbu sayt ortidan kollej serveri ishlamay qolganidan soʻng, Markga kollej maʼmuriyati tomonidan olti oylik sinov muddati beriladi. Facemash qisqa muddat ichida ommalashib, egizaklar — Cameron va Tyler Winklevoss hamda ularning biznes hamkori Divya Narendra eʼtiboriga tushadi. Uchlik Markga „Harvard Connection“ nomli ijtimoiy tarmoq yaratishda birga ishlashni taklif etadi. Zuckerberg doʻsti Eduardo Saveringa Ivy Ligasi talabalari foydalanishi mumkin boʻlgan The Facebook nomli ijtimoiy tarmoq gʻoyasini aytadi. Saverin esa loyihaga $1 000 miqdorda moliyaviy yordam beradi va buning ortidan Zuckerberg vebsaytni yaratadi. Sayt qisqa vaqt ichida ommalashib ketadi. „The Facebook“ haqida xabar topgan egizak Winklevosslar va Narendra Zukerbergni „Harvard Connection“ vebsaytini yaratishda yordam berishini aytib, sayt gʻoyasini oʻgʻrilaganlikda ayblaydi. Ular Harvard prezidenti Larry Summersga arz qilishadi, biroq Summers na „The Facebook“ga, na Zuckerbergga biror chora koʻradi.

Rollarda tahrir

Manbalar tahrir

  1. „The Social Network“. British Board of Film Classification (21-sentabr 2010-yil). 3-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
  2. 2,0 2,1 „The Social Network (2010)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 19-avgust 2011-yil.
  3. Nylen, Leah „How Facebook grew into trouble“. Politico (9-dekabr 2020-yil). 2020-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  4. Karim, Anhar „'The Social Network's' Denise Grayson On Being A Lawyer, Then Playing One“. Forbes (16-noyabr 2020-yil). 2020-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  5. Thomas, Mona „Justin Timberlake Shares A Blast From The Past In The Social Network Tribute“. E! Online (1-oktabr 2020-yil). 2020-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 Singh, Olivia „THEN AND NOW: The cast of 'The Social Network' 10 years later“. Insider Inc. (14-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  7. Tomio, Jay „Rashida Jones in Fincher's The Social Network“. BSC Review (9-dekabr 2009-yil). 2020-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2010-yil.
  8. Nemiroff, Perri „The Social Network's Second Teaser Trailer Makes Its Point Via Status Updates“. Shockya.com (8-iyul 2010-yil). 2020-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2010-yil.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 Dargis, Manohla. „Millions of Friends, but Not Very Popular“. The New York Times (23-sentabr 2010-yil). 18-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-fevral.
  10. „The Social Network (2010)“. American Film Institute. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  11. Bose, Debanjali „'The Social Network,' a fictionalized version of Facebook's founding story, is 10 years old. Here's where the people behind the characters are now.“. Business Insider (2-oktabr 2020-yil). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  12. Grant, Stacey „Unfabolous: Where Is The Cast Now?“. MTV (10-mart 2016-yil). 2016-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  13. „Who Is Daughter Amy In 'The House Sitter' on Lifetime?“. 2Paragraphs (26-dekabr 2015-yil). 2020-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  14. „'Bogus Bill' has a blast playing billionaire in 'The Social Network'“. 30-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2013-yil.
  15. Cotter, Padraig „Caleb Landry Jones Roles: Where You Know The Get Out Star“. ScreenRant (29-yanvar 2020-yil). 2020-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.

Havolalar tahrir