Bosh menuni ochish

Angor – Surxondaryo viloyatidagi shaharcha. Angor tumana markazi. Surxon-Sherobod vodiysida, Katta O‘zbekiston trakti yonida. Termiz shahridan 33 km shimoli-g‘arbda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Navshahardan 14 km. Aholisi 14,1 ming kishi (1995). Angor arig‘idan suv ichadi. Sanoat korxonalarida asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. 3 umu-miy taʼlim maktabi, 4 bolalar bog‘chasi, tuman markaziy kasalxonasi, kattalar poliklinikasi, o‘smirlar poliklinika-si, paxta hissadorlik jamiyati, tuman davlat hissadorlik mashina-traktor parki tuman bo‘limi, savdo punktlari, 2 kinoteatr, 2 kutubxona, madaniyat uyi, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish pun-kti bor.[1]

Shahar
Angor
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Surxondaryo viloyati
Tuman Angor tumani
Koordinatalari 37°27′50″N 67°09′0″E / 37.46389°N 67.15000°E / 37.46389; 67.15000Koordinatalari: 37°27′50″N 67°09′0″E / 37.46389°N 67.15000°E / 37.46389; 67.15000
Aholisi 14 110 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Angor (shahar) (Oʻzbekiston)
Angor

ManbalarTahrirlash

  1. "Angor (shahar)" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil