Anna Ivanovna Mamayenko (1982-yil, Krasnodar) Rossiya shoirasi, jurnalist, adabiy tanqidchi.

Anna Mamayenko
Tavalludi 1982-yil 9-mart
Ijod qilgan tillari rus tili
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Faoliyat yillari 1996-yildan hozirgacha

Biografiyasi

tahrir

Taʼlimi

tahrir

Krasnodarlik maktab oʻquvchisi Anna Mamayenko ilk bor 13 yoshida oʻz sheʼrlarini viloyat gazetalaridan birida chop ettirdi. 17 yoshiga kelib sezilarli sheʼriy tajribaga ega boʻldi va maktabni tugatgach, 1999-yilda kuchli raqobatga qaramasdan Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutiga bir yoʻla oʻqishga kirdi[1].

Jurnalistikadagi faoliyati

tahrir

Anna Ivanovna 1996-yildan 2000-yilgacha „Kubanskie novosti“ va „Komsomolets Kubani“ gazetalarida shtatdan tashqari muxbir sifatida faoliyat yuritgan. 2000-yilda Krasnodarda „Punkt Priyema“ nomli adabiy-teatr guruhiga asos solgan va uni boshqargan. Bu guruh tarkibida konseptual sheʼriy spektakllar va performanslarda ishtirok etgan. Eng mashhur ishlari orasida „Pyatnitsa Obitaniya“ nomli konseptual sheʼriy spektakl boʻlib, unda Mamayenko asosiy ssenariy muallifi, loyiha rahbari va bosh rol ijrochisi sifatida qatnashgan. Keyinchalik, 2003-yilda Krasnodarda „Voskresnik, ili Poxoroni russkoy literaturi“ nomli aksiya-performans oʻtkazilgan boʻlib, u ommaviy axborot vositalarida keng va turlicha aks-sado uygʻotgan[2].

Ijodiy faoliyati

tahrir

Anna turli yillarda kutubxonachi yordamchisi, muxbir, qorovul, nashriyot muharriri, Taman yarim orolidagi arxeologik ekspeditsiyada yer qazuvchi, adabiyot maslahatchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi, yordamchi ishchi va Krasnodar drama teatrining adabiy qism mudiri lavozimlarida ishlagan.

Mamayenko 2004-2005-yillarda „Xalqlar doʻstligi“ jurnalida sheʼriyat boʻyicha shtatdan tashqari adabiy maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan. 1999-yildan boshlab Rossiya Yozuvchilar uyushmasining Krasnodar viloyat boʻlimida adabiy maslahatchi lavozimida ishlab kelgan. 2008-yildan 2009-yilgacha Rossiya Yozuvchilar uyushmasining Krasnodar viloyat boʻlimi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻlgan. 2009-yilda Krasnodar shahri madaniyati va sanʼatiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun shahar maʼmuriyatining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.

2010-yildan 2012-yilgacha „Sumrachniy geniy“ mistika va qoʻrqinch jurnalining adabiy muharriri sifatida faoliyat yuritgan.

Jurnallar, gazeta va toʻplamlardagi nashrlari

tahrir

Anna Mamayenko „Literaturnoy gazete“, „Znamya“[3], „Yunost“, „Novaya Yunost“, „Nash sovremennik“, „Literaturnaya uchyoba“, „Literaturnaya uchyoba“[4],"Okno"[5], „Golos epoxi“[6], „Emigrantskaya lira“[7], „Vecherniy gondoler: Gazeta volnix literatorov“[8], „Rus yozuvchisi“ veb-saytida[9] va Yevrosiyo jurnal portali „Megalit“[10][11]; shuningdek, jamoaviy toʻplamlar va xalqaro antologiyalarda, Moskva, Krasnodar viloyati, Omsk, Rostov-na-Donu, Kostomuksha nashrlarida oʻz asarlarini eʼlon qilgan. Anna Mamayenko „Avlod kundaligi“ loyihasining ishtirokchisidir[12]. Koʻplab jurnalistik va ilmiy-publitsistik materiallar, „Sovremennaya poeziya: russkaya i zarubejnaya“ maqolalar toʻplamiga soʻzboshi hamda shu toʻplamda Temur Zulfiqorovning ijodiga bagʻishlangan „Bodom masjidida namoz“ (2014) maqolasining muallifi[13][14].

Manbalar

tahrir
  1. N. Bershadskaya, Nebesniy vokzal Ani Mamaenko // Parlamentskaya gazeta, № 47 (926) 7 marta 2002
  2. „А. Мамаенко, М. Мартынова, Сценарий концептуального поэтического спектакля «Пятница обитания» // Пункт приема“. 2013-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-mart.
  3. „Анна Мамаенко, Водонапорная башня, заросшая чистотелом. Стихи // Знамя, 2012, № 10“. 2013-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-mart.
  4. „Yujnaya zvezda“: Anna Mamaenko
  5. „«Окно» № 9 (12), 2012“. 2019-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
  6. „«Голос эпохи» № 01, 2015“. 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  7. „«Эмигрантская лира» №1, 2013“. 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  8. „«Вечерний гондольер: Газета вольных литераторов»: Анна Мамаенко. Стихотворения“. 2018-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  9. „Анна Ивановна Мамаенко «Некрополь еретиков»“. 2018-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  10. „Анна Мамаенко. «Дома наклоняются ниже»“. 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  11. „Анна Мамаенко. Игра вничью (подборка стихов) декабрь, 2011)“. 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  12. „Анна Мамаенко. «Тополиная казнь»“. 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  13. „Анна Мамаенко. «Гамлет Константина Кедрова»“. 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  14. „Анна Мамаенко. «Ушибленные скрижалью (несколько слов о современной поэзии)»“. 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.