Anqara daryosi (turkcha: Ankara Çayı) – Turkiyaning Anqara shahri gʻarbida joylashgan kichik daryo (irmoq). U Sakarya daryosining irmogʻi hisoblanadi.

Sakarya daryosi va uning irmoqlari xaritasi, oʻng tomonda Anqara daryosi koʻrsatilgan.
Anqara daryosi va Yenimahalledagi Akköprü

Anqara daryosining irmoqlaridan biri boʻlgan Çubuk irmogʻi Anqarani deyarli ikkiga boʻlib, koʻplab mahallalar hududini kesib oʻtadi. Butun shahar boʻylab Çubuk daryosi ustida koʻplab koʻpriklar qurilgan va baʼzi joylarda uning yuqori qismi butunlay yopib qoʻyilgan va tunnellar barpo etilgan.

Tarixi

tahrir

Anqara miloddan avvalgi davrlarda, ehtimolki, shu daryo tufayli tashkil etilgan boʻlishi mumkin. Xettlar miloddan avvalgi 2-ming yillikda Anqarada, daryo boʻyida yashashgan. Iskandar Zulqarnayn miloddan avvalgi 334-yilda mazkur shaharni egallab, daryo boʻyida muhim savdo markaziga asos solgan. Miloddan avvalgi 25-yilda Rim imperatori Avgust shaharni Rim imperiyasi tarkibiga kiritadi va uni Rimning Galatiya viloyati poytaxtiga aylantiradi. Shahar Vizantiya davrida ham oʻz ahamiyatini saqlab qoladi. 1073-yilda Anqara saljuqiy turklar tomonidan bosib olinadi. Amir Temur 1402-yilda Anqara jangida mazkur daryo boʻyida Usmonli sultoni Boyazid I bilan jang qilgan. Jangda Temur daryoning irmoqlaridan biri Çubuk arigʻidagi barcha suvni boshqa tomonga burib yuboradi, bu esa Boyazid I va uning qoʻshinlarini suvsiz qoldiradi hmada jangdagi gʻalabani tamin etadi. Çubuk ariqida Çubuk −1 (1930–1936) va Çubuk-2 (1961–1964) toʻgʻonlari bunyod etilgan.

Ifloslanishi va tozalash harakatlari

tahrir

Uzoq vaqt davomida kanalizatsiya va sanoat ifloslantiruvchi moddalarning daryoga muntazam oqizib kelinganligi sababli, daryo hali ham quyi oqimda sugʻorish uchun ishlatilgan boʻlsa-da, chuchuk suv manbaisi sifatida foydalanishga yaroqli emas[1]. Issiq kunlarda yoqimsiz hid va daryoda yuzaga kelgan sanitariya muammolariga javoban Anqara shahar hokimiyati ASKİ (Ankara suv va kanalizatsiya boshqarmasi) ga 2006-yilda daryoda qurilishi kerak boʻlgan tozalash loyihasini rejalashtirish vazifasini topshirdi[2]. Bunda barcha suv kanalizatsiya tizimiga yoʻnaltiriladi, maʼlum joylarda daryo toʻliq qoplanadi va daryodan oqib oʻtadigan yagona suv har qanday yogʻingarchilik vaqtida mavjud boʻladi. Reja quyi oqimdagi ifloslangan sugʻorish muammosini ham bartaraf etadi, chunki daryoning oʻzi bu hududga kelib qurib qoladi. Loyiha 2020-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan edi[3].

Manbalar

tahrir
  1. WASAMED Thematic Network. „The Effect of Irrigation with Ankara River that was polluted with Domestic and Industrial Wastes.“ (PDF) (1997). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 31-mart.
  2. Hürriyet Newspaper Online. „Başkentlileri rahatsız eden Ankara Çayı açıktan akmayacak.“ (Turkish) (2006-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2008-yil 31-mart.
  3. „Ankara Çayı temiz akacak“. Hürriyet (2018-yil 26-aprel).