Anqara ijtimoiy fanlar universiteti

Anqara Ijtimoiy fanlar universiteti (ASBU) - Ijtimoiy fanlar sohasida Turkiyaning birinchi va yagona davlat universiteti hisoblanadi. Anqara Ijtimoiy fanlar universiteti (ASBU) 2013-yilda poytaxt markazida joylashgan va Turkiyaning tarixiy, madaniy va tijorat hayotida muhim mavqega ega boʻlgan Ulus tumanidagi davlat universiteti sifatida tashkil etilgan. ASBU Turkiya poytaxtining markazida ijtimoiy fanlarda izlanishlar olib borish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, Turkiyaning ushbu sohadagi birinchi va yagona davlat universiteti hisoblanadi. ASBU ham bakalavriat, ham magistrlik uchun tadqiqotga yoʻnaltirilgan universitetdir. Universitetning asosiy maqsadlaridan biri - xalqaro adabiyotga ijobiy hissa qoʻshadigan ijtimoiy fanlarning tadqiqotlarini nashr etish. Shu maqsadda ASBUda koʻplab tadqiqot va amaliy markazlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Anqara Ijtimoiy fanlar universitetifaoliyati

tahrir
  • tadqiqotga yoʻnaltirilgan,
  • aspiranturaga bagʻishlangan,
  • xalqaro hamkorlik muhimligini tan oladi,
  • tadqiqotning eng dolzarb yoʻnalishlariga ustuvor ahamiyat beradi,
  • qiziqish doirasi sifatida butun dunyoni oʻz ichiga oladi,
  • Turkiyada ijtimoiy fanlar boʻyicha taʼlimni rivojlantirishda yetakchi universitet boʻlishni juda xohlaydi,
  • Turkiyadagi eng keng kutubxonalardan biriga ega,
  • koʻp tilli va koʻp madaniyatli,
  • universitet atrofidagi jamoatchilikka ijobiy hissa qoʻshadi.

ASBU ijtimoiy, maʼmuriy, siyosiy, tijorat va ishlab chiqarish masalalari boʻyicha noyob bilimlarni ishlab chiqaradigan va hosil boʻlgan bilimlarni davlat va xususiy sektor va nodavlat tashkilotlarning muammolari, ehtiyojlari va kutishlariga eʼtibor qaratish orqali ijtimoiy manfaatlarga aylantiradigan universitet modeli bilan ishlaydi. Taʼlim va tadqiqot sohasida ham ASBUning universiteti modeli, Turkiyadagi umumiy tendentsiyalardan tashqari boshqa tabiat va orginallikka ega. ASBUning taʼlim strategiyasi turli xil nuqtai nazardan professional tajribadan tashqarida oʻrganiladigan soha muammolarini tushunadigan va sharhlay oladigan ziyolilarni tarbiyalashga moʻljallangan.

ASBUdagi tadqiqot strategiyasi

tahrir

ASBUdagi tadqiqot strategiyasi G'arbda ishlab chiqarilgan bilimlarni oz hissasi bilan uzatish tushunchasiga ega emas. U mahalliy darajada ijtimoiy, insoniy, maʼmuriy, siyosiy, tijorat va ishlab chiqarish muammolari uchun noyob yechimlarni ishlab chiqarishga yordam beradigan maʼlumot ishlab chiqarishga asoslangan. Shu sababli, dunyodagi yetakchi tadqiqot universitetlarida boʻlgani kabi, ASBU ham oʻn toʻrtta tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilmoqda.

Fakultetlar va institutlar

tahrir

Hozirda universitetning beshta fakulteti mavjud:

  • Islomshunoslik fakulteti
  • Yuridik fakulteti
  • Siyosiy fanlar fakulteti
  • Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti
  • Chet tillar fakulteti

Shuningdek, ASBU ijtimoiy fanlar sohasida beshta turli institutlarga ega. Ushbu institutlar:

  • Gʻarb dunyosini oʻrganish instituti
  • Sharq va Afrikani oʻrganish instituti
  • Hacı Bayram Veli nomidagi Islomshunoslik instituti
  • Ijtimoiy fanlar boʻyicha aspirantura instituti
  • Turk dunyosi tadqiqotlari instituti

Taʼlim va tadqiqotlar tarix va madaniyat bilan birlashtirilgan muhit

tahrir

ASBU oʻzining taʼlim va tadqiqot faoliyatini Anqaraning eng qadimgi tumanlaridan biri boʻlgan Ulusdagi tarixiy, madaniy va estetik qiymati yuqori boʻlgan binolarda olib boradi. ASBU talabalar shaharchasi tarixiy binolarda joylashgan boʻlib, ular tarkibiga Turkiya Respublikasining birinchi Bosh vazirlik binosi ham kiradi. Rektor binosi 1925-yilda me'mor Yahyo Ahmet Bey tomonidan qurilgan va 1937-yilgacha Bosh vazirlik binosi boʻlib ishlagan. 1950 yillardan keyin xazina uyi boʻlgan bino 2001-yildan keyin Bojxona maslahatchisi tomonidan ishlatilgan va 2013-yil aprel oyida ASBUga ajratilgan. Universitet talabalar shaharchasi Anqaradagi eng qadimiy tarixiy joylardan biri boʻlgan Hoji Bayram Veli maqbarasi, Anqaraning 2000-yilgi arxeologik Rim hammomlari, Ancientum Monumentum va tarixiy Turkiya parlamenti binolari hamda yodgorliklari bilan yonma-yon joylashgan. Ushbu tarixiy tuzilishda universitet zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda oʻquv va tadqiqot muhitlarini yaratishni va oʻz tarkibida oʻtmish va kelajakni birlashtirishni maqsad qilgan.

Havolalar

tahrir

https://www.asbu.edu.tr/tr/ankara-sosyal-bilimler-universitesi