Antarah ibn Shaddod
Antara ibn Shaddod al-Absiy ( 525–608), ʻAntar nomi bilan ham tanilgan, islomgacha boʻlgan davrning arab ritsari va shoiri boʻlib, sheʼriyati va sarguzashtli hayoti bilan mashhur boʻlgan. Uning ko'plab she'rlari afsonaviy Ka'bada to'xtatilgani aytilgan yettita "osilgan qasidalar" to'plami "Muallaqat"ning bir qismini tashkil etadi. Uning hayoti haqidagi hikoya uzoq va aqlga sig'maydigan romantikaning asosini tashkil qiladi.
Antarah ibn Shaddod | |
---|---|
Tavalludi | 525 |
Vafoti | 608 |
Hayot
tahrirAntara Arabistonning Najd shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi Shaddod al-Absiy bo'lib, Zuhayr boshliqlari boʻlgan Banu Absning hurmatli jangchisi edi. Uning onasi Zabiba asli efiopiyalik ayol edi. Qora rangi tufayli “arab qargʻasi” nomini olgan Antara ham qul boʻlib oʻsgan. U amakivachchasi Ablahni yoqtirib qoladi, lekin uning mavqei tufayli unga uylanishga umid qila olmadi. U otasining xotini Shammaning ham dushmaniga aylangan.
U o'zining ajoyib shaxsiy fazilatlari va janglarda ko'rsatgan jasorati, mohir shoir va qudratli jangchi sifatida ajralib turishi bilan yuksak e'tibor va hurmat qozonadi. Boshqa bir qabila Banu Abs yerlariga bosib olganidan so'ng u ozodlikka erishdi. Otasi unga: “Antara, jangchilar bilan jang qil”, deganida u: “Qul qanday qilib bostirib kirishni ham, himoya qilishni ham bilmaydi, faqat echki sog‘ish va xo‘jayinlariga xizmat qilish uchun yaxshi”, deya javob berdi. Otasi unga javob berdi: "Ey Antor, qabilangni himoya qil, sen ozodsan" deya uni ozod qiladi. Bosqinchilarni mag'lub etgandan keyin, u amakivachchasiga uylanish uchun ruxsat olishga harakat qila boshlaydi. Nikohga ruxsat olish uchun Antara ko'plab qiyinchiliklar bilan yuzlashadi. Antara Abs va Dubyon qabilalari oʻrtasidagi otlar musobaqasidan boshlangan urushda ham qatnashgan va ularning sharafiga Dohis va Gʻabra urushi deb nomlangan.
Uning vafot etgan sanasi haligacha noma'lum. Ibn Doreyd uni Vasr-ben-Jobir tomonidan yoki Taygaga qarshi jangda oʻldirganini aytib o'tadi, Abu Obaydaning soʻzlariga koʻra esa, u qariganda tabiiy oʻlim bilan vafot etganini keltirib o'tadi.
Antaraning sheʼriyati bizgacha yaxshi saqlanib qolgan. Ko'plab she'rlarining bosh mavzusi jasorat,jangdagi qahramonlik hamda uning Ablaga boʻlgan muhabbati haqidadir. Uning she'rlaridan biri afsonaviy Ka'bada to'xtatib qo'yilgani aytilgan " Muallakat" ga kiritilgani bilan abadiylashtirildi. Uning sheʼriyatining tarixiy va madaniy ahamiyati oʻz davridagi janglar, qurol-yarogʻlar, otlar, choʻl va boshqa mavzularni batafsil tasvirlashidan kelib chiqadi.
Meros
tahrir“Antar va Abla” hikoyasi Horun ar-Rashid saroyidagi shoir al-Asmoiyga tegishli sheʼriy dostonga an'anaviy tarzda naqshlangan. U haligacha arab qahvaxonalarida anʼanaviy hikoyachilar tomonidan oʻqiladi. Uning ahamiyatini ingliz adabiyotidagi Artur romanslari bilan taqqoslanadi. Ayniqsa,uning uyi va otxonasi afsonaviy tarzda edi. Baytlahmning yetti urugʻidan biri Antara Antare nomi bilan ham atalgan. Avvalllari u tug'ilish cherkovining qo'riqchilari sifatida folioyat yuritgan.
Rus mashhur bastakori Nikolay Rimskiy-Korsakov o'zining 2-simfoniyasini "Antar"afsonasi asosida yozgan. 1898 yilda fransuz rassomi Etyen Dinet 13-asrda yozilgan arab dostonining Antar she'rini tarjimasini nashr etdi va bu Antar bin Shaddod she'riyatini Yevropa e'tiboriga havola etdi. Undan keyin Diana Richmondning "Antar" va "Abla" kabi bir qator lotin asarlar paydo bo'ldi, bu esa Antar bin Shaddod afsonalarini g'arbga keng yoyilishini ta'minlab berdi.Shuningdek, "Antar" - falastinlik musiqachi Mustafa al-Kurd tomonidan 1988 yilda yaratilgan birinchi Falastin operasining nomi ham hisoblanadi.
Livanlik rassom Rafik Charaf 1960-yillarda Antar va Abla dostonlari tasvirlangan bir qator rasmlarni ishlab chiqdi. Uning mintaqadagi mashhur xalq og‘zaki ijodiga qiziqishini ko‘rsatadigan bu asarlar rassom ijodida tamal toshi qo'yilishiga katta sabab bo'ldi.
Ishlar
tahrirAntaraning she'rlari Vilgelm Ahlvardning " Olti qadimiy arab shoirlarining devonlari" da nashr etilgan; shuningdek, ular Bayrutda ham alohida nashr etilgan (1888). Ularning haqiqiyligiga kelsak: V. Ahlvardning Bemerkungen über die Aechtheit der alten arabischen Gedichte “Antor romantikasi” (Sirat ‘Antor ibn Shaddod) uzoq vaqtdan beri faqatgina og‘zaki rivoyat og'izdan og'izga qolgan asardir; u juda katta hajmga ega va 32 jildda nashr etildi. Qohirada (1889) 10 jildda, Bayrutda, 1871 yil. Uni qisman Terrik Hamilton “ Antar, badaviy romani” nomi bilan tarjima qilishga muvaffaq boʻlgan. Bundan tashqari, 1477 yilda Fotih Sulton Mehmed buyrugʻi asosida “Sirat Antar” turk tiliga tarjima qilingan. Uch jilddan iborat ushbu turkcha tarjimaning tarjimoni haligacha noma’lum hisoblanadi. " Qissa-i Antar " nomi bilan mashhur boʻlgan turkcha tarjimaning qo'lyozma nusxalari To'pqopi saroy muzeyi kutubxonasida mavjud.
Yana qarang
tahrir- Arab adabiyoti va romantik adabiyot
- Banu Abs
- Thornycroft Antar - Britaniya quvur traktori uning kuchi va chidamliligi sharafiga nomlangan
Eslatmalar
tahrirManbaalar
tahrir- Baynes,T. S ed. (1878), "Antara" Encyclopaedia Britannica, New York:Charles Scrinber's Sons
- Lewis, Bernard. Race and Slavery in the Middle East: An Historical Enquiry. Oxford University Press, 1992 — 28-bet. ISBN 978-0-19-505326-5.
Havolalar
tahrir- Antaraning osilgan she'rining inglizcha tarjimasi
- shunga o'xshash boshqa havola
- Antaraning osilgan she'ri (arabcha)
- Antaraning osilgan she'ri "boshqa versiya" (arabcha)
- Antara sher: Qahramonlarning otasi
- Antar of Antara, Terrik Hamilton tomonidan tarjima qilingan
- Abloning Antara Ibn Shaddod al-Absiy uchun nolalari