Ar-Ruvzaboriy
Muhammad ap-Ruvzaboriy (arabcha: محمد الروذبارى — Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Homid Amirko ibn Abu Farko al- Jayliy ar-Ruvzaboriy) — Faiqh.
Ar-Ruvzaboriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 1145-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Faiqh |
Muhammad ap-Ruvzabori asli Marv ahlidan boʻlib, Shoshga qarashli Ruvzabor qishlgʻida yashagan. Shu bois unga Ruvzaboriy nisbasi ham berilgan. Oʻttiz yildan oshik qozilik qilgan. Odab ilmini yaxshi oʻzlashtirgan va unga amal qilgan. Fiqh ilmidan ham boxabar boʻlgan. U husnixat sohibi boʻlgan, kitoblarni mutolaa qilishdan tashqari, ulardan nusxa koʻchirish bilan ham shugʻullangan. Muhammad ap-Ruvzabori 540/1145 yilidan keyin vafot etgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.
Manbalar
tahrir- ↑ Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J. 3. — Bayrut, 1979. — B. 101.