Ardasher Sayid Hasan (1418 – Hirot – 1489) – turkiy shoir, olim. Ardasherning otasi temuriylardan Boysunqur Mirzo xizmatida ov qushlarini oʻrgatuvchi boʻlib, qushbegilik lavozimigacha koʻtarilgan. Shuning uchun Aradasher oʻz ismiga „sayid“ laqabini qoʻshgan. Arab tili, badeʼ ilmi, tarix, musiqa nazariyasi, sheʼr sanʼatini chuqur bilgan. Turkiy, fors tillarida ijod qilgan. Navoiy bilan Mashhadda tanishgan (1456), uning ijodiy kamolotiga katta taʼsir koʻrsatgan. „Bu faqirgʻa ota masoba (dara-ja)sida erdi“, – deb yozgan edi Navoiy „Majolis un-nafois“da. Shu kitobida Navoiy Ardasher haqida maʼlumot beradi, uning bir qitʼa va bir baytini namuna sifatida keltiradi. Ardasher ijodidan boshqa asarlari bizgacha yetib kelmagan.

Ardasher Sayid Hasan
Tavalludi 1418
Hirot, Temuriylar imperiyasi
Vafoti 1489
Hirot, Temuriylar imperiyasi
Fuqaroligi Temuriylar imperiyasi
Sohasi shoir, olim

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil