Arjon — Sibirdagi ilk skif davriga oid mozorqoʻrgʻon (miloddan avvalgi 8-asr). Tuva oʻlkasidagi Oʻyuq daryosi vodiy-sidagi Arjon qishlogʻidan topilgan. Mozorqoʻrgʻonning diametri 120 m, balandligi 4 m. Yogʻochdan ishlangan qabr inshootining usti toshlar bilan yopilgan. 70 dan ziyod qabr chiqqan. „Shoh“ va „malika“ dafn etilgan qabr atrofiga 15 kishi va 160 ot qoʻshib koʻmilgan. Koʻplab jez qurollar (bolta, xanjarlar, paykonlar), sopol idishlar, bezak buyumlar — hayvonlar tasviri tushirilgan qadamalar, ot ab-zallari va boshqa topilgan. A. Yevrosiyo dashtlaridagi koʻchmanchi qabilalar madaniya-tining ilk namunalaridan hisoblanadi. Ad:. Gryaznov M. P., Arjan -sarskiy kurgan ranneskifskogo vremeni, M., 1980.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil