Arman diasporasi Armanistondan tashqi hududlarda boʻlgan armanlar jamoalarini va armanlar mahalliy aholi hisoblangan boshqa joylarni anglatadi . Qadim zamonlardan beri armanlar dunyoning ko'plab mintaqalarida jamoalar tashkil etishgan va yashab kelishadi. Biroq, zamonaviy armanlar diasporasi asosan Birinchi jahon urushi natijasida, Usmonli imperiyasi tomonidan sodir etilgan arman genotsidi tufayli o'z vatanlarida yashovchi armanlarni o'z uylaridan qochishga majbur qilgan yoki o'ldirilish xavfi bilan yashaganlar.[1][2] Muhojirlikning yana bir to'lqini Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan boshlandi.[3]

Dunyodagi arman diasporasi xaritasi (shu jumladan arman millatiga mansub yoki fuqaroligi boʻlgan odamlar). Batafsil statistik maʼlumotlar uchun Armaniston aholisini mamlakatlar boʻyicha koʻring.
  Armenia

  + 1,000,000

  + 10,000

Terminologiya

tahrir

Arman tilida diaspora spyurk degan manoni anglatadi( pronounced [spʰʏrkʰ] ), klassik orfografiyasida esa սփիւռք va isloh qilingan imloda սփյուռք yoziladi.[4][5] O'tmishda gaghut ( գաղութ pronounced [ɡɑˈʁutʰ] ) asosan armanlar yigilgan joylarga yoki arman vatanidan tashqaridagi arman jamoalariga nisbatan ishlatilgan. U ibroniycha galut (galut) ning oromiy (klassik suriyalik) qarindoshidan [6] olingan.[7][8]

Arman diasporasi 1700 yil avvvaldandan beri mavjud.[9] Zamonaviy arman diasporasi asosan Birinchi jahon urushidan keyingi arman genotsidi natijasida shakllangan. Randall Xansenning so'zlariga ko'ra, "O'tmishda beri, bugungi kungacha ham butun dunyoning arman jamoalari turli xil mezbonligi , madaniyatlar va mamlakatlarda mavjud cheklovlar va imkoniyatlar doirasida sezilarli darajada turlicha rivojlangan".[1]

IV asrda arman jamoalari Buyuk Armanistondan tashqi hududlarida allaqachon mavjud edi. Diasporik arman jamoalari Ahamoniylar va Sosoniylar imperiyalarida va shuningdek, Vizantiya imperiyasining sharqiy va shimoliy hududlari boʻlgan chegaralarini himoya qilish uchun askar sifatida paydo bo'lishgan.[10] Vizantiyaning kamroq aholisi yashaydigan hududlariga joylashtirish uchun armanlarni o'sha hududlarga ko'chirishadi. Ba'zi armanlarning asosiy tili sifatida arman tilini saqlab qolgan holda yunon pravoslavligini qabul qilishgan , boshqa armanilar esa rasmiy hukumat bosimiga qaramay qatiylik bilan, arman Apostol cherkovida qolishdi. XI-XII asrlarda saljuqiy turklar bosqinlari natijasida Kilikiyaga koʻplab armanlar koʻchib kelgan. 1375-yilda qirollik Mameluklar qo'liga tushib, arman davlatchiligi yo'qolgach, 150 000 kishi Kipr, Bolqon va Italiyaga yo'l oldi.[10] Antik va o'rta asrlarda arman diasporasi mavjud boʻlgan bo'lsa-da, Usmonli imperiyasi, Eron, Rossiya va Kavkazdan emigratsiya tufayli hajmi o'sdi.

Arman diasporasi ikki turkumiga bo'lingan – 1-Usmonli Armaniston hududlarida boʻlganida (yoki G'arbiy Armaniston ) va 2-sobiq Sovet Ittifoqi davrida, mustaqil Armaniston va Eron (yoki Sharqiy Armaniston ) dan boʻlganlar.

Zamonaviy Turkiya Respublikasi armanlari o'zlarining arman diasporasining bir qismi deb hisoblamaydilar, chunki ular o'zlarining tarixiy yurtida yashashda davom etishlariga ishonchilari komil. 

1870-yilgacha Yangi Angliyada 60 ming arman muhojirlari istiqomat qilishgan.[11] Arman immigratsiyasi 1880-yillarning oxiriga kelib 1500 taga, 1890-yillarning oʻrtalarida esa Usmonli imperiyasi tomonidan sodir etilgan qirgʻinlar tufayli 2500 taga koʻtarilgan. Birinchi jahon urushidan oldin Qo'shma Shtatlarga ko'chib kelgan armanlar asosan Kichik Osiyodan bo'gan armanilar edi, Sharqiy qirg'oqda joylashdilar.[11]

Arman diasporasi Birinchi jahon urushi paytida va undan keyin Usmonli imperiyasining parchalanishi tufayli sezilarli darajada o'zini ko'rsatibgina qolmay yanada diasporasi yanada oshadi. 1910-yilda Qo'shma Shtatlarga 5500 tadan ortiq armanlar ko'chib keldi va 1913-yilgach kelib yana 9355 armanilar Shimoliy Amerika chegaralaridan kirishadi.[11] Birinchi jahon urushi yaqinlashgani sari armanlarning immigratsiya darajasi taxminan 60 mingtaga yetdi. 1920-yilda va 1924-yilgi Immigratsiya qonunlariga qadar 30 771 ta armanilar AQShga kelgan; muhojirlar asosan beva qolgan ayollar, bolalar va etimlar edi.[11] Arman genotsidi paytida ko'plab armanlar halok boʻlgan bo'lsa-da, qochib qutulishga muvaffaq boʻlgan armanlar dunyoning turli burchaklarida o'zlarini mustahkamladilar.

1966-yilga kelib, armanilarning 1-genotsidi boshlanganidan taxminan 40 yil o'tgach, Armanistonda hali ham 2 milliondan ortiq armanlar bor edi, Rossiyada esa 330 ming tagacha, AQSh va Kanadada 450 mingtaga yetgan arman yashagan.[12]

Immigratsiya toʻgʻrisidagi qonun 1965-yildao'zgartirilgandan so'ng immigratsiya darajasi oshdi [11] 1975-yilda Livandagi fuqarolar urushi va 1978-yildagi Erondagi Islom inqilobi armanlarning koʻchib kelishiga turtki boʻlgan omillardir. 1980-yilgi AQSh aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, eron-armanlarning Qo'shma Shtatlarga immigratsiyasining 90 foizi 1975-yil va 1980-yillarda sodir boʻlgan [11]

Tarqatish

tahrir

Armanistonda dunyodagi arman aholisining uchdan bir qismidan kamrog'i yashaydi. Birinchi jahon urushidan oldin ularning aholisi hozirgi Armanistondagi davlatdan olti baravargacha ko'p edilar, shu jumladan Turkiyaning sharqiy hududlari, Eronning shimoliy qismi va Gruziyaning janubiy qismi .[13]

2000-yilga kelib xorijda jami 7 580 000 arman yashagan.[12]

Shuningdek qarang

tahrir
  • Armaniston-Yevropa Ittifoqi munosabatlari
  • Armanistonning tashqi aloqalari
  • Eng yirik arman diaspora jamoalari
  • Diasporalar ro'yxati
  • Armaniston fuqarolari uchun viza talablari
  • Oq genotsid (armanlar)
  1. 1,0 1,1 Hansen, Randall. Immigration and asylum: from 1900 to the present — 13-bet. 
  2. Lewis, Martin W. „The Armenian Diaspora Is An Ongoing Phenomenon“, . The Armenian Genocide (en) Berlatsky: . Greenhaven Publishing LLC, 2015-05-27 — 66–72-bet. ISBN 978-0-7377-7319-4. 
  3. „Diaspora - Armenian Diaspora Communities“ (en). diaspora.gov.am. Qaraldi: 2021-yil 4-noyabr.
  4. Dufoix, Stéphane. Diasporas. Berkeley, California: University of California Press, 2008 — 84-bet. ISBN 978-0-520-25359-9. 
  5. Harutyunyan, Arus. Contesting National Identities in an Ethnically Homogeneous State: The Case of Armenian Democratization. Western Michigan University, 2009 — 56-bet. ISBN 978-1-109-12012-7. 
  6. Ačaṙean, Hračʿeay. Hayerēn Armatakan Baṙaran. Yerevan: Yerevan University Press, 1971–1979 — 505-bet. 
  7. Melvin Ember. Encyclopedia of diasporas: immigrant and refugee cultures around the world. Dordrecht, Netherlands: Kluwer Academic Publishers, 2004 — 37-bet. ISBN 978-0-306-48321-9. 
  8. Diaspora: Volume 1, Issue 1. Oxford University Press, 1991. ISBN 978-0-19-507081-1. 
  9. Herzig, Edmund. The Armenians: Past and Present in the Making of National Identity, 2004-12-10 — 126-bet. ISBN 9780203004937. 
  10. 10,0 10,1 Ember, Melvin. Encyclopedia of Diasporas: Immigrant and Refugee Cultures around the World. Springer, 2004 — 36–43-bet. ISBN 0-306-48321-1. 
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 Bakalian, Anny P.. Armenian-Americans : from being to feeling Armenian. New Brunswick (U.S.A.): Transaction Publishers, 1993. ISBN 1-56000-025-2. OCLC 24538802. 
  12. 12,0 12,1 Cohen, Robin. Global Diasporas: An Introduction. Routledge, 2010 — 48–63-bet. 
  13. Melvin Ember. Encyclopedia of diasporas: immigrant and refugee cultures around the world. Dordrecht, Netherlands: Kluwer Academic Publishers, 2004 — 36-bet. ISBN 978-0-306-48321-9. „Currently, only one-sixth of that land [ancestral territory] is inhabited by Armenians, due first to variously coerced emigrations and finally to the genocide of the Armenian inhabitants of the Ottoman Turkish Empire in 1915.“ 

Ma'lumotnomalar

tahrir

Tashqi havolalar

tahrir