Arsen Yudilyevich Naydyonov (ruscha: Arseniy Yudilevich Rozman; 1941-yil 12-avgust — 2010-yil 7-iyun) — sovet futbolchisi, yarim himoyachi, RSFSR (Rossiya Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi) da xizmat koʻrsatgan murabbiy (1991).

Arsen Naydyonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Arsen Yudilyevich Naydyonov (Rozman)
Tavallud sanasi 1941-yil 12-avgust
Tavallud joyi SSSR
Vafot sanasi 2010-yil 7-iyun
Vafot joyi SochiRossiya
Ampluasi yarim himoyachi

Kiyevning CSKA, „Arsenal“ va „Dinamo“, shuningdek, maʼlum muddat davomida O‘zbekistonning „Andijon“ va Tallinning „Dinamo“ klublari safida to‘p surgan.

SSSR quyi ligalarida o‘ndan ortiq jamoalarga ustozlik qilgan. Naydyonovning murabbiylik faoliyatidagi eng katta yutugʻi Sochining „Jemchujina“ futbol klubiga murabbiylik qilgan davrlari bilan bilan bogʻliq.

Biografiyasi tahrir

Pasport maʼlumotlariga koʻra uning tugʻilgan yeri Olmaota deb koʻrsatilgan. Naydyonovning otasi urush davrida frontga chaqiriladi, ota-onasi yashagan Kiyev shahri esa nemis askarlari tomonidan bosib olinadi. Dushmandan saqlanish uchun Qozogʻistonga evakuatsiya qilinayotganlar ichida uning onasi ham boʻladi. Naydyonov esa evakuatsiya vaqtida Xarkov va Poltava oʻrtasidagi poyezdda tugʻiladi.

Sportchilik faoliyati tahrir

1943-yilda Naydyonov onasi bilan Kiyevga qaytib keladi, u yerda oilasi bilan istiqomat qiladigan kichik hovlida Naydyonov futbol oʻynashga juda qiziqardi va shu sabbli oradan biroz vaqt oʻtib, futbol bilan muntazam ravishda sport klubida shugʻullana boshlaydi. Kiyevning bir nechta klublari safida, shuningdek, Oʻzbekistonning „Andijon“ va Tallin jamoalarida oʻng qanot yarim himoyachisi sifatida oʻyin olib borgan.

Maydonda olgan jarohati tufayli Naydyonov Konotop shahrida futbolchilik faoliyatini erta tugatishga majbur boʻladi va Kiyevdagi sport universitetlaridan biriga oʻqishga kiradi.

Murabbiylik faoliyati tahrir

 
Arsen Naydyonov „Jemchujina-A“ FK futbolchilari bilan, 2007-yil

2005-yilda Naydyonov Rossiya jamoasini Turkiyada talabalar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida oltin medalga[1] va Janubiy Rossiya davlat iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish universiteti jamoasini Rossiya chempionatining eng yuqori mukofotlariga erishishiga munosib hissa qoʻshadi[2]. Oʻsha yili futbolchi Rostovning SKA sport direktori boʻlgan va iyun oyida uning oʻrniga jamoa bosh murabbiyi etib Yevgeniy Perevertaylo tayinlangan[3].

Vafoti tahrir

Arsen Naydyonov 2010-yil 7-iyunida uzoq davom etgan xatalikdan soʻng Sochida vafot etadi.

Oilasi tahrir

Naydyonov oila qurganidan soʻng, yahudiy familiyasi uning mehnat faoliyatiga salbiy koʻrsatishi mumkinligi sababli tugʻilgandagi familiyasi (Rozman)ni xotinining familiyasi (Naydyonov)ga oʻzgartiradi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir