Asarning tarkibi — muayyan asar adabiyotning qaysi janri yoki kitobatning qaysi turiga mansubligiga qarab uning tarkibi aniqlanadi. Masalan, masnaviy (Sharq yozma adabiyotida doston) boʻlsa, uning tarkibi necha bob yoki maqolat va necha hikoyatdan iboratligiga qarab belgilanadi. Agar qoʻlyozma devoni boʻlsa, qanday janrdagi sheʼrlardan iboratligi uning tarkibini tashkil qiladi. Chunonchi, Alisher Navoiyning „Gʻaroyib us-sigar“ devoni debocha, 650 gʻazal, 1 mustazod, 3 muxammas, 1 musaddas, 1 tarjiʼband, 1 masnaviy, 50 qitʼa, 133 ruboiydan tarkib topgan. Bayozlarda esa nechta shoir va har bir shoirdan nechtadan sheʼr kiritilganligi uning tarkibini belgilaydi[1].

Manbalar tahrir

  1. Muhammadjon Hakimov. Sharq manbashunosligi lugʻati. -T.: „Davr press“, 2013. 42-b.