Muxammas (arab. مخمس — beshlik) — sharq sheʼriyatidagi sheʼriy shakllardan, qofiyalanish tartibiga koʻra tuzilgan sheʼr. M.ning har bir bandi 5 misradan iborat boʻlib, a—a—a—a—a, b—b—b—b—a, v—v—v—v—a, baʼzan esa a—a—a—a—a, b—b—b—a—a tarzida qofiyalanadi. Bandlarning oxirida shoirtaxallusi keltiriladi. M. 1bandining 5misrasida qofiya sifatida qoʻllangan soʻz shu misra boʻylab 2—3-marta takrorlanadigan namunalari ham uchraydi (mas, Dilkash, Komil Xorazmiy, Feruz, Muazzamxon va boshqa ijodida). M.ning 2 turi bor: tabʼi xud (mustaqil) va tazmin (taxmis). Birinchisida barcha beshlik miyeralar bir muallifniki, ikkinchisi (taxmis)da ijodkor bironta ustoz, zamondosh shoir yoxud oʻz gʻazallari baytlarining har birini beshlik bandlarga aylantiradi. Ikki shoir misralari payvandidan iborat sheʼr paydo qilinadi. Gʻazalning har bir bayti oldidan oʻzining uch misrasini qoʻshadi. M. shoir uchun fikr-kechinmalarini chuqurroq ifodalash, bo-shqa shoirlar bilan musobaqalashish, kuch sinash, bahslashuv vositasi boʻlgan.

M.ning oʻzbek sheʼriyatidagi ilk namunalari Hofiz Xorazmiy va Gadoiy devonlarida uchraydi. Navoiy davrida uning tazmin namunalari yaratilgan. M. navislik, ayniqsa 17-asrdan boshlab tez rivojlangan. Mashrab, Vafoiy, Uvaysiy, Nodira, Mahzuna, Munis, Furqat, Xiromiy, Muqimiy va boshqa shoirlar mumtoz M.lar yaratganlar. M. 20-asr sheʼriyatida ham anʼana sifatida davom etdi. Mas, Sobir Abdulla, Char-xiy kabi shoirlar boshqa shoirlarning gʻazallariga M.lar bogʻlaganlar.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Andoza:Literature-stub