Asmo binti Umays
Asmo binti Umays (arabcha: أَسْمَاء بِنْت عُمَيْس) ayol sahobalardan biri boʻlib, uchta mashhur sahobalar Ja'far ibn Abu Tolib[1], Abu Bakr Siddiq va Aliga turmushga chiqqan[2].
Asmo binti Umays (arabcha: أَسْمَاء بِنْت عُمَيْس)
| |
---|---|
Tugʻilgan yili | taxminan 597-600 |
Vafot etgan yili | taxminan 658-661 |
Dafn qilingan joyi | Bab al-Sagʻir qabristoni, Damashq, Suriya |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Turmush oʻrtogʻi | |
Farzandlari |
|
Ota-onasi |
|
Qarindoshlari |
|
Oilasi | Banu Xatam (tugʻilgan) Quraysh (nikoh orqali) |
Yoshlik yillari va oilasi
tahrirAsmo binti Umaysning qachon tugʻilgani nomaʼlum, u onasining uchinchi nikohidan tugʻilgan birinchi farzand boʻlib, tavallud topgan yili taxminan 597–600-yillarga toʻgʻri keladi. Asmo Makkada muhojirlar oilasida tugʻilgan. Uning otasi Xatam qabilasidan Umays ibn Maʼd, onasi esa Him’yar qabilasidan Hind binti Avf boʻlgan[3][4].
Asmo binti Umaysning Salma binti Umays ismli tugʻishgan singlisi Hamza ibn Abdulmuttalibga turmushga chiqqan, undan tashqari yana ikki Salma binti Umays va Avn ibn Umays ismli singillari boʻlgan. Shuningdek, Zaynab binti Xuzayma, Maymuna binti al-Horis, Abbos ibn Abdulmuttalibga turmushga chiqqan Ummu Fadl, al-Soib ibn al-Horis, Qatn ibn al-Horis hamda Mahmiya ibn al-Jaz’iy ismli opa-singillari ham boʻlgan[3].
Asmo va uning singlisi Salma paygʻambar Muhammad al-Arqam uyiga kirganidan keyin yaʼni 614-yilning oxiri — 616-yil boshlarida Islomni qabul qilganlar[4]. Asmo binti Umays Muhammadning uchta yaqin kishilari, sahobalar Jaʼfar ibn Abu Tolib, xalifalar Abu Bakr Siddiq va Aliga turmushga chiqqan.
Oilaviy hayoti
tahrirJaʼfar ibn Abu Tolib bilan turmushi
tahrirBir qancha maʼlumotlarga koʻra Asmo binti Umays birinchi marotaba Hijozning Banu Hilol qabilasidan boʻlgan Rabia ibn Riyob al-Hiloliyga turmushga chiqqan boʻlishi mumkin. Birinchi eri Islom dini paydo boʻlishidan oldin vafot etgan.
Oradan koʻp oʻtmay Quraysh qabilasining Banu Hoshim urugʻidan boʻlgan Jaʼfar ibn Abu Tolibga turmushga chiqqan. 616-yilda Asmo binti Umays eri bilan birga Habashistonga hijrat qilgan va u yerda Abdulloh ibn Jaʼfar, Muhammad ibn Jaʼfar va Avn ibn Jaʼfar ismli uch nafar oʻgʻillarini dunyoga keltirgan[4]. U Habashistonda yashashni yoqtirmagan[5][4].
Asmo binti Umays va eri Jaʼfar ibn Abu Tolib 628-yilda Madinaga musulmonlar Haybarni fath qilgan paytda qaytib kelishgan[6][7].
629-yilning sentyabr oyida Gʻassoniylarga qarshi kechgan Mu’ta jangida Jaʼfar ham ishtirok etgan va Zayd ibn Horisa va Abdulloh ibn Ravoha bilan birga shu jangda halok boʻlgan[6][7].
Abu Bakr Siddiq bilan turmushi
tahrirJaʼfar ibn Abu Tolibning vafotidan keyin Asmo binti Umays Abu Bakr Siddiqqa turmushga chiqqan. 632-yilda al-Baydada Vidolashuv Hajiga ketayotib, oʻgʻli Muhammadni dunyoga keltirgan[4].
Abu Bakr vafot etishidan oldin Asmo binti Umaysga uning jasadini yuvishini va oʻsha kuni roʻza tutmasligini vasiyat qilgan[4].
Ali bilan turmushi
tahrirAbu Bakr vafot etgach, yangi tayinlangan xalifa Umar Asmo binti Umaysga 1000 dirham nafaqa ajratgan[4]. Oradan koʻp oʻtmay, Jaʼfarning ukasi Ali ibn Abu Tolib Asmoga uylangan va Muhammad ibn Abu Bakrni oʻz oʻgʻlidek tarbiya qilgan. Ularning Yahyo va Avn ismli yana ikki nafar oʻgʻillari boʻlgan[4][8].
Oʻlimi va dafn qilinishi
tahrirAsmoning qabri (arabcha: قَـبْـر) Maqbarah al-Bāb as-Saghirda (arabcha: مَـقْـبَـرَة الْـبَـاب الـصَّـغِـيْـر) dafn etilgan deb ishoniladi[9]. Ushbu qabriston Suriyaning Damashq shahrida joylashgan[10][11].
Merosi
tahrirAsmo binti Umays paygʻambar Muhammaddan hadis rivoyat qilgan[3]. Sahih deb topilgan bir qancha maʼlumotlarga koʻra u jannatiy ayollaridan hisoblanadi[12].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Khan, Ahmad (1971). "The tanning cottage industry in pre-Islamic Arabia". Journal of the Pakistan Historical Society 19 (2). https://search.proquest.com/openview/7458b5f05f3b801c953cd8405c380867/1?pq-origsite=gscholar&cbl=1819375.
- ↑ Ali ibn al-Athir. Usd al-Ghābah fi Maʿrifat al-Ṣaḥābah, pp. 262-271.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Tasseron-Landau, E. (1998). Vol. 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, pp. 201, 202. Albany: State University of New York Press.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Bukhari 5:59:539.
- ↑ 6,0 6,1 Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.
- ↑ 7,0 7,1 Muhammad ibn Umar al-Waqidi. Kitab al-Maghazi. Translated by Faizer, R., Ismail, A., & Tayob, A. (2011). The Life of Muhammad. Oxford: Routledge.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Demeter, D. „Damascus – Bab al-Saghir Cemetery (دمـشـق – مـقـبـرة الـبـاب الـصـغـيـر)“. Syria Photo Guide (2014-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 12-mart.
- ↑ „Places to Visit: Damascus“. Ahlul Bayt Digital Islamic Library Project (2014-yil 24-sentyabr). 2017-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-mart.
- ↑ „Bab al-Saghir cemetery“. IslamicLandmarks.com. Qaraldi: 2018-yil 12-mart.
- ↑ Shaykh Al-Sadooq. Al-Khisaal, vol. 2 p. 363.