Asrol Boyqarayev
Asrol Boyqarayev (1967-yil 29-dekabr; Kitob tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR, SSSR) — Koson tumani hokimi (2018).
Boyqarayev Asrol Roʻziyevich | |
---|---|
Koson tumani hokimi | |
Mansab davri 2018-yildan | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
29-dekabr 1967-yil Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir- 1967-yil 29-dekabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Maʼlumoti—oliy.
- 1993-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.
- 2009-yilda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
- 2000-yildan boshlab viloyat va Respublikadagi tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
- 2018-yildan hozirga qadar Koson tumani hokimi lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda.
- 2020-yil mustaqillik bayrami arafasida Sodiq xizmatlari uchun medali bilan taqdirlandi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Prezident qaysi hokimlarni mukofotladi?“. xs.uz. Xalq soʻzi (2020-yil 29-avgust). Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.
Havolalar
tahrir- „Qashqadaryoda tuman hokimining qamoqqa olingani rad etildi“. Qaraldi: 18-aprel 2023-yil.
- „«Biz 16 million so‘m foyda ko‘rar ekanmiz» – Koson hokimi odam o‘limiga sababchi bo‘lgan xizmat avtomobilini yangilayotganiga izoh berdi“. Qaraldi: 18-aprel 2023-yil.