Babaji xotin maqbarasi
Babaji xotin maqbarasi – Qozogʻiston (Taroz shahri yaqinida)dagi meʼmoriy yodgorlik (10 – 11-asrlar). Maqbara murabba tarhli (tashqarisi 6,80x6,80 m, ichkarisi 4,5x4,5 m). Old va ikki yon tarzlariga bir xilda chuqur ravoqli eshiklar, yoniga kichik yassi ravoqlar, tepasiga turunjlar ishlanib, atrofi hoshiyalar bilan chegaralangan. Bosh tarzidagi islomiy naqsh va kitobasida yozuvi saqlangan. Poygumbazi (1 m ga yaqin) 16 qirrali, usti kulohiy gumbaz bilan qoplangan (gumbazi qulab tushgan). Bino devorining quyi qismiga zilzila koʻzda tutilib, yogʻoch ishlatilgan. Babaji xotin maqbarasi m. oʻrta asr meʼmorligining nodir namunalaridan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |