Bagʻdod iyolati (arabcha: إِيَالَةُ بَغْدَاد, usmonli turkcha: ایالت بغداد)[2] – Usmoniylar davlatining Iroqdagi iyolatlaridan biri, maʼmuriy markazi Bagʻdod shahri. 19-asrda uning hududi 62,208 kvadrat milya (161,120 km2) boʻlgan[3].

Bagʻdod iyolati
arabcha: إِيَالَةُ بَغْدَاد
usmonli turkcha: ایالت بغداد
Iyolat
Tegishli Usmonlilar imperiyasi
Maʼmuriy markazi Bagʻdod[1]
Asos solingan sanasi 1535
Bekor qilingan sanasi 1864
Xaritada
Bagʻdod iyolati xaritada
33°20′0″N 44°23′0″E / 33.33333°N 44.38333°E / 33.33333; 44.38333

Tarixi

tahrir

1508-yil safaviylar shohi Ismoil I Bagʻdod mintaqasini Oq qoʻyunlilardan tortib oldi[4]. Safaviylar davrida davlat diniga qarshi boʻlgani uchun sunniylar, yahudiylar va nasroniylar taʼqib qilindi va oʻldirildi[4]. Bundan tashqari, Shoh Ismoil hanafiylik mazhabi (usmoniylar shu mazhabga ergashgan) asoschisi Abu Hanifa qabrini yoʻq qilishga buyirdi[4].

1534-yilda Bagʻdodni Usmoniylar davlati qoʻlga kiritdi[4] va 1535-yil ushbu hududda oʻz iyolatini tashkil qildi[5]. 1623—1638-yillarda hudud yana Eron qoʻl ostiga oʻtdi. 1638-yilda Usmoniylar tomonidan yana qaytarib olindi[4] va bu hudud 1639-yilda Zuhob sulhi bilan Usmoniylar qoʻlida qolishi belgilandi.

Bir paytlar Bagʻdod Oʻrta Sharqning eng yirik shahri boʻlgan. 18-asrning oxirida Bagʻdod nisbatan mustaqil mamluk hukumat ostida jonlanish davrini boshdan kechirdi. 1831-yilda Ali Rizo poshsho tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri Usmoniylar boshqaruvi tiklandi. 1851-1852 va 1861—1867-yillarda shahar Usmoniylar davlati bayrogʻi ostida Mehmed Namik posho tomonidan boshqarilgan. Nuttall ensiklopediyasiga koʻra, 1907-yil Bagʻdod aholisi 185 000 kishi boʻlgan.

Maʼmuriy boʻlinmalari

tahrir

17-asrda Shahrizor iyolati sanjaklari[6]:

  • Iyolatning 18 ta sanjagidan yettitasi ziyomat va timorlarga boʻlingan:
  1. Hilla sanjagi
  2. Zangobod sanjagi
  3. Javazar sanjagi
  4. Rumahia sanjagi
  5. Jangula sanjagi
  6. Qoratogʻ sanjagi
  7. [yettinchi sanjak nomi keltirilmagan]
  • Qolgan oʻn bir sanjak ziyomat va timorlarga boʻlinmagan, ularda yer egaligi toʻliq yer egalari ixtiyorida boʻlgan:
  1. Terteng sanjagi
  2. Samvot sanjagi
  3. Bayot sanjagi
  4. Derna sanjagi
  5. Dehbalad sanjagi
  6. Evset sanjagi
  7. Kernideh sanjagi
  8. Demir kapu sanjagi
  9. Karanieh sanjagi
  10. Kilan sanjagi
  11. Al-sah sanjagi

1682—1702-yillardagi sanjaklar[7]:

  1. Bagʻdod sanjagi
  2. Imadiya hukumati
  3. Hille sanjagi
  4. Cevâzir, Aşfatara, Qasri Ruhûr, Mehcer va Reventin sanjagi
  5. Derne va Dertenk sanjagi
  6. Qasri Shirin sanjagi
  7. Semavât sanjagi
  8. Zaho sanjagi
  9. Zangobod sanjagi
  10. Cêssan-Badra sanjagi
  11. Ane sanjagi
  12. Eriha sanjagi
  13. Qizil Ribat sanjagi
  14. Altun Kupri sanjagi
  15. Harir sanjagi (Shahron hukumati)
  16. Mir Ashirati Bajlan sanjagi

1727—1740-yillardagi sanjaklar[7]:

  1. Bagʻdod sanjagi
  2. Imadiya hukumati
  3. Derne va Dertenk sanjagi
  4. Mandaljin sanjagi
  5. Cêssan Badra sanjagi
  6. Harir sanjagi (Shahron hukumati)
  7. Mendemi ashirati (Mendemi qabilasi) sanjagi

Manbalar

tahrir
  1. John Macgregor. Commercial statistics: A digest of the productive resources, commercial.... Whittaker and co., 1850 — 12-bet. Qaraldi: 2013-yil 26-iyun. 
  2. „Some Provinces of the Ottoman Empire“. Geonames.de. 2013-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-fevral.
  3. The Popular encyclopedia: or, conversations lexicon. Blackie, 1862 — 698-bet. Qaraldi: 2013-yil 26-iyun. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 ; Bruce Alan MastersEncyclopedia of the Ottoman Empire. Infobase Publishing, 2009-01-01 — 71-bet. ISBN 978-1-4381-1025-7. Qaraldi: 2013-yil 26-iyun. 
  5. Donald Edgar Pitcher. An Historical Geography of the Ottoman Empire. Brill Archive, 1972 — 126-bet. Qaraldi: 2013-yil 26-iyun. 
  6. ; Joseph von Hammer-PurgstallNarrative of Travels in Europe, Asia, and Africa in the Seventeenth Century. Oriental Translation Fund, 1834 — 90-bet. Qaraldi: 2013-yil 26-iyun. 
  7. 7,0 7,1 Kılıç, Orhan. 18. Yüzyılın İlk Yarısında Osmanlı Devleti'nin İdari Taksimatı-Eyalet ve Sancak Tevcihatı / In the First half of the 18th Century Administrative Divisions of the Ottoman Empire-Shire and Sanjak Assignments (tr). Elazığ: Şark Pazarlama, 1997 — 71-bet. ISBN 9759630907.