Bahia
Bahia – Braziliya shimoli-sharqidagi shtat. Maydoni 567 ming km². Aholisi 11,7 mln. kishi (1990). Maʼmuriy markazi – Salvador shahri Braziliya yassitogʻligining sharqiy qismida, San-Fransisko daryosi havzasida joylashgan. Mamlakatning eng koʻp neft qazib oladigan va qayta ishlanadigan hamda olmos olinadigan shtati. Yirik Paulu-Afonsu GES ishlab turibdi. Shtat janubida kakao, tamaki, shakarqamish plantatsiyalari bor. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, kimyo va boshqa bir qancha sanoat korxonalari mavjud. Chorvachilik ham rivojlangan[1].
| |||
Braziliya shtati | |||
---|---|---|---|
Tarkibida |
• 7 mezoregion; • 32 mikroregion; • 417 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | Salvador shahri | ||
Gubernator | Jake Vagner | ||
YAIM (2005) | R$90,943 mlrd. (6-oʻrin) | ||
Aholi (2010) | 14 016 906 kishi | ||
Zichligi | 24,82 kishi./km² | ||
Maydoni | 564 830,9 km² (5-oʻrin) | ||
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
1850 m | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-3 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-BA | ||
Rasmiy sayti | http://www.bahia.ba.gov.br www.bahia.ba.gov.br | ||
Xaritada | |||
13°0′0″S 42°0′0″W / 13.00000°S 42.00000°W |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |