Salvador (portugalcha: Salvador) – Braziliyaning shim.sharqiy qismidagi shahar, Toduzus Santus qoʻltigʻi sohilida. Baiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,4 mln. kishi (2000). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Atlantika okeani soxilidagi port (chetga kakao, kofe, tamaki, shakarqamish, texnik olmos va boshqa chiqariladi). Kiyim, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, sement sanoati korxonalari mavjud. Shahar yaqinidan texnik olmos, neft va gaz qazib olinadi. Salvadordan shimolroqda neftni qayta ishlash, neft kimyosi, qora metallurgiya, mashinasozlik sanoati korxonalari ishlab turibdi. 2 universitet, badiiy va boshqa muzeylar bor. Shaharga 1549-yilda asos solingan va 1763-yilgacha Braziliya poytaxti boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan XVI-XVIII-asrlarga oid saroy, sobor va monastirlar saqlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil