Bahodir Xodjievich Ibrohimov (ruscha: Ибрагимов, Бохадыр Ходжиевич; 20-noyabr 1945-yil Fargʻona – 21-avgust 2013-yil, Toshkent) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchisi va murabbiyi[1]. 1996-yilgi mavsumda Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.

Bahodir Ibragimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bahodir Xodjievich Ibrohimov
Tavallud sanasi 20-noyabr 1945-yil
Tavallud joyi Fargʻona Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 21-avgust 2013-yil(2013-08-21)
(67 yoshda)
Vafot joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 170 cm (5 ft 7 in)
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1963—1972 Sovet Ittifoqi Paxtakor 194 (23)
1973 Sovet Ittifoqi Andijon ? (4)
Boshqargan klublari
1973—1976 Sovet Ittifoqi Avtomobilist
1978 Sovet Ittifoqi Neftchi
1979 Sovet Ittifoqi Dinamo Samarqand
1984—1986 Sovet Ittifoqi Paxtakor
1993 Oʻzbekiston Paxtakor
1996 Oʻzbekiston Oʻzbekiston
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchi sifatidagi faoliyati

tahrir

Futbolchilik faoliyatini 1963-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubida boshlagan va bu jamoada 10 ta mavsumni oʻtkazgan. Bu vaqt ichida Ibrohimov klub tarixida sezilarli iz qoldirdirib, Gennadiy Krasnitskiy, Birodar Abduraimov kabi toshkentlik yetakchi hujumchilar bilan bir jamoada toʻp surdi. Bahodir Ibrohimov futbolchilik faoliyatini 1973-yilda „Andijon“ jamoasi tarkibida yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Bahodir Ibrohimov murabbiylik faoliyatini 1973-yilda Termizning „Avtomobilist“ jamoasida boshlagan. Moskvadagi Oliy murabbiylar maktabini tamomlaganidan soʻng Fargʻonaning „Neftchi“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalariga ustozlik qilgan.

1984-yildan 1986-yilgacha „Paxtakor“ bolalar va oʻsmirlar maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 1986—1991-yillarda Yaqin Sharq davlatlaridan Suriya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarda murabbiylik faoliyatini davom ettirgan[2].

1993-yilda yana „Paxtakor“ga qaytib, klub bosh murabbiyi boʻldi. Ibrohimov boshchiligida toshkentliklar chempionatda ikkinchi boʻlib, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.

1996-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning rahbarligida jamoa 1996-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichini qiyinchilik bilan yengib chiqadi, shuningdek, 1996-yilgi Osiyo kubogining soʻnggi bosqichida ham nihoyatda omadsiz ishtirok etadi. Shundan soʻng Ibrohimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan chetlashtirilgan.

Vafotidan soʻng uning nomi ostida har yili xotira turnir oʻtkazib kelinmoqda[3].

Yutuqlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Bahodir Ibrohimov hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi“ (2013-yil 20-noyabr).
  2. Safarov V. A. Ensiklopediya futbola v Uzbekistane 1912—2012. – T. 2014. – S. 385.
  3. „Bahodir Ibrohimov xotira turniri davom etmoqda“ (2014-yil 22-avgust).

Havolalar

tahrir