Bahodir Qosimov

oʻzbek generali

Bahodir Ergashevich Qosimov — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi, 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

Bahodir Ergashevich Qosimov
Баҳодир Эргашевич Қосимов
Fayl:Bahodir Qosimov.jpg
O’zbekiston Rеspublikаsi Favqulodda vaziyatlar vaziri
Mansab davri
2001-yil 11-fevraldan – 2002-yil 4-martgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Rustam Ahmedov
Vorisi Botir Parpiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-aprel 1944-yil
Toshkent viloyati Qibray tumani
Vafoti 27-dekabr 2016-yil(2016-12-27)
(72 yoshda)
Toshkent viloyati Qibray tumani
Mukofotlari 1-darajali Shon-sharaf ordeni2-darajali Shon-sharaf ordeni
Xizmat yillari 1963-2002
Unvoni General-polkovnik

Biografiyasi tahrir

1944-yil 25-aprelda Toshkent viloyati Qibray tumanida tugʻilgan.

1963—1966-yillarda harbiy xizmatda.

1970-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tugatgan.

1966-1991 — OʻzSSR ichki ishlar idoralarida xizmat.

1991-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mudofaa va xavfizlik majmuasida bosh konsultant.

1994-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari.

1996-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi.

1997-2001 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.

2001-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

2002-yildan nafaqada. 2016-yilda vafot etgan.

Mukofotlari tahrir

1998-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni[1], 2001-yilda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan[2].

Manbalar tahrir