Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Bangladesh futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadigan xalqaro ayollar futbolida Bangladesh sharafini himoya qiladigan ayollar milliy assotsiatsiyasi futbol jamoasidir. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi aʼzosi boʻlib, hali Jahon chempionati yoki AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi asosiy oʻyinlariga yoʻllanma ola olmagan.

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda oʻzining ilk chempionlik unvonini qoʻlga kiritganidan hozirda SAFF ayollar chempionatida amaldagi chempion boʻlib keloqda[1]. Shuningdek, Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilgi Janubiy Osiyo Federatsiyasi oʻyinlarida bronza medali va 2016-yilgi SAFF ayollar chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi[2].

Tarixi tahrir

Kelib chiqishi (2007—2012) tahrir

Ayollar futboli Bangladeshda 2007-yil noyabr oyida Vision Asia dasturi doirasida ayollarga bagʻishlangan birinchi futbol turniri oʻtkazilganda joriy etilgan. Turnirda mamlakatning turli tumanlaridan sakkizta jamoa ishtirok etdi[3]. Turnirlarning muvaffaqiyatli oʻtishi Bangladesh Futbol Federatsiyasi tomonidan 2008-yilda Vision Bangladesh dasturi boʻyicha ayollar maktabi futbol turnirini tashkil etishga olib keldi. Keyingi yili turli tuman jamoalari ishtirok etishi uchun ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha mamlakat chempionati joriy etildi. 2009-yilda Dakka futboli faxriysi boʻlgan Golam Robbani Choton rasmiy boʻlmagan ayollar terma jamoasini boshqarar edi. Biroq, Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasini tuzish 2000-yillarning oxirlarida doimiy ravishda eʼtibordan chetda qoldi.

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining birinchi xalqaro oʻyinini 2010-yil 29-yanvarda Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi 2010-yilda Dakkada boʻlib oʻtgan Janubiy Osiyo oʻyinlarida[4] oʻtkazdi va oʻsha oʻyinda 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi keyingi oʻyinlarda ajoyib taassurot qoldirdi va mos ravishda Shri-Lanka va keyin Pokiston ayollar milliy futbol terma jamoalariga qarshi ikkita ketma-ket gʻalaba qozondi. Guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda Hindiston terma jamoasidan 0:7 hisobida magʻlubiyatga uchragan boʻlsa-da, Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi turnirda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻsha yili oʻz maydonida oʻtkazilgan 2010-yilgi SAFF ayollar chempionatida ishtirok etishni davom ettirdi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Butan va Shri-Lanka ayollar milliy terma jamoalari (2:0 va 9:0) ustidan sezilarli gʻalaba qozonishdi, ammo yarim finalda Nepal terma jamoasidan magʻlub boʻlishdi.

2011-yilda futbol federatsiyasi Bangladesh ayollar futboli ligasini ochishga qaror qilgan edi. Keyingi yili Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi SAFF chempionatida qatnashib faol boʻldi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Hindiston va Shri-Lankaga magʻlub boʻlib, sardor Pru Suinuning goli evaziga Butanga qarshi yagona gʻalabaga erishdilar: 1:0. Shunga qaramay, Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻsha yilgi turnir guruh bosqichidan oʻta olmadi.

Tashkil topishi (2013—2020) tahrir

2012-yilgi SAFF ayollar chempionatidan soʻng Bangladesh Futbol Federatsiyasi ayollar jamoasi uchun tuzilma yaratishni boshladi. Boshqa tomondan, hukumat 2011-yildan boshlab Bangamata Shayx Fazilatunnesa Mujib Oltin Kubogi futbol turnirini boshlad. Unda butun mamlakat boʻylab bir qator futbolchilar har yili oʻzlarining futbol mahoratlarini namoyish etib, milliy terma jamoaning isteʼdodlar tarmogʻini mustahkamladilar. 2014-yilning oktyabr oyida Norio Tsukitate Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi xorijlik bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi rahbariyati 2014-yilgi SAFF ayollar chempionati uchun deyarli bir yil davom etgan lagerni boshladi va Bangladesh terma jamoasi guruhdagi uchta oʻyinning ikkitasida gʻalaba qozondi va yarim finalga chiqdi. Yarim finalda Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi yana Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Turnir yakunlangach, Golam Robbani Choton bosh murabbiylik vazifasiga ketdi[5].

2016-yilgi SAFF ayollar chempionatida Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalda Maldiv orollari terma jamoasini 6:0 hisobida magʻlub etib, finalga chiqdi. Shunga qaramay, tajribasiz Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi finalda Hindiston ayollar terma jamoasiga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi[6]. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining 2019-yilgi SAFF ayollar chempionatidagi taqdiri oʻzgarmadi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalda Hindiston ayollar terma jamoasiga 4:0 hisobida magʻlub boʻlishdi[7].

Oltin davr (2021-yildan hozirgi kungacha) tahrir

2022-yilgi SAFF ayollar chempionati final o`yinida Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining o`yinchilar joylashuvi

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichiga chiqa olmadi. Ammo, shundan soʻng, Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi uchta FIFA oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazdi: bittasi Gonkong terma jamoasiga qarshi 2021-yilda Gonkongni 5:0 hisobida magʻlub etdi va ikkita Malayziya ayollar milliy terma jamoasiga qarshi 2022-yilgi SAFF ayollar chempionati oldidan bitta durang oʻynadi va bitta Malayziyani 6:0 hisobida magʻlub etdi[8].

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yil AFF ayollar chmpionati guruh bosqichidagi uchta oʻyinda ham gʻalaba qozonib, Maldiv orollarini 3:0, Pokistonni 6:0 va Hindiston terma jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etib, yarim finalga qadar magʻlub boʻlmagan guruh chempioni sifatida yarim finalga yoʻl oldi[9][10][11]. Yarim finalda Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Butan ayollar terma jamoasini 8:0 hisobida magʻlub etib, finalga chiqdi[12]. 2022-yil 19-sentabrda Katmandudagi Dasharath Rangasalada oʻtkazilgan qiziqarli finalda Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Nepal ayollar terma jamoasi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻzining SAFF ayollar oʻrtasidagi birinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi[13][14][15][16].

Jamoa tasviri tahrir

Jamoaning uy stadioni tahrir

Bangladesh ayollar terma jamoasi uy uchrashuvlarini Bangabandhu milliy stadionida va Bir Sherestha Shahid Shipaxi Mostafa Kamal stadionlarida oʻtkazadi.

Ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tahrir

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining uy va safar oʻyinlari Bangladesh Television & T Sports telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi tahrir

Hozirgi murabbiylar shtabi tahrir

2022-yil sentabr oyi holatiga koʻra

Lavozimi Ismi
Bosh murabbiy   Golam Robbani [17]
Yordamchi murabbiylar   Mahbubur Rahman Litu

  Mahmuda Akter Ananya   Trishna Chakma   Suinu Pru Marma

Darvozabonlar murabbiyi   Masud Ahmed
Fitnes murabbiyi   Ivan Razlog
Fizioterapevt   Laizu Yeasmin Lipa
Jamoa menejeri   Amirul Islam Babu
Media menejeri   Khalid Mahmud
Texnik direktor   Paul Smalley [18]

Bosh murabbiylar tarixi tahrir

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari tahrir

Hozirgi tarkib tahrir

Quyidagi 23 nafar futbolchi 2022-yilgi SAFF ayollar chempionatida Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirildi[19].

2022-yil 19-sentabr holatiga koʻra

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Rupna Chakma 2-yanvar 2004-yil (2004-01-02) (20 yosh) 15 0   BAN Bashundhara Kings Women
22 1DA Etie Rani 0 0   BAN Nasrin Sports Academy
23 1DA Sathi Biswas 13-avgust 2005-yil (2005-08-13) (18 yosh) 0 0   BAN ARB Sporting Club
2 2HM Sheuli Azim 20-dekabr 2001-yil (2001-12-20) (22 yosh) 25 0   BAN Bashundhara Kings Women
3 2HM Shamsunnahar 31-yanvar 2003-yil (2003-01-31) (21 yosh) 23 0   BAN Bashundhara Kings Women
4 2HM Akhi Khatun 18-iyun 2003-yil (2003-06-18) (20 yosh) 18 3   BAN Bashundhara Kings Women
5 2HM Masura Parvin 17-oktyabr 2001-yil (2001-10-17) (22 yosh) 29 2   BAN Bashundhara Kings Women
13 2HM Nilufa Yesmin Nila 15-yanvar 2003-yil (2003-01-15) (21 yosh) 9 0   BAN Bashundhara Kings Women
16 2HM Anai Mogini 1-mart 2003-yil (2003-03-01) (21 yosh) 0 0   BAN Bashundhara Kings Women
6 3YH Monika Chakma 15-sentyabr 2003-yil (2003-09-15) (20 yosh) 15 2   BAN Bashundhara Kings Women
7 3YH Sanjida Akhter 20-mart 2001-yil (2001-03-20) (23 yosh) 22 0   BAN Bashundhara Kings Women
8 3YH Maria Manda 10-may 2003-yil (2003-05-10) (20 yosh) 22 0   BAN Bashundhara Kings Women
12 3YH Marzia Akter 15-oktyabr 2002-yil (2002-10-15) (21 yosh) 6 1   BAN ARB Sporting Club
14 3YH Sohagi Kisku 10-fevral 2004-yil (2004-02-10) (20 yosh) 0 0   BAN ARB Sporting Club
15 3YH Sapna Rani 9-may 2006-yil (2006-05-09) (17 yosh) 1 0   BAN ARB Sporting Club
17 3YH Ritu Porna Chakma 30-dekabr 2003-yil (2003-12-30) (20 yosh) 11 2   BAN Bashundhara Kings Women
9 4HJ Krishna Rani Sarkar 1-yanvar 2001-yil (2001-01-01) (23 yosh) 28 11   BAN Bashundhara Kings Women
10 4HJ Sirat Jahan Shopna 10-aprel 2001-yil (2001-04-10) (22 yosh) 25 10   BAN Bashundhara Kings Women
11 4HJ Sabina Khatun (captain) 23-oktyabr 1993-yil (1993-10-23) (30 yosh) 46 31   BAN Bashundhara Kings Women
18 4HJ Sajeda Khatun 25-sentyabr 2003-yil (2003-09-25) (20 yosh) 1 0   BAN ARB Sporting Club
19 4HJ Tohura Khatun 5-may 2003-yil (2003-05-05) (20 yosh) 13 3   BAN Bashundhara Kings Women
20 4HJ Shamsunnahar Jr. 30-mart 2004-yil (2004-03-30) (19 yosh) 9 1   BAN Bashundhara Kings Women
21 4HJ Anuching Mogini 1-mart 2003-yil (2003-03-01) (21 yosh) 3 0   BAN ARB Sporting Club

Jamoa sardorlari tahrir

  • Trishna Chakma (2009—2012)
  • Suinu Pru Marma (2012—2014)
  • Aungmraching Marma (2014—2015)
  • Sabina Khatun (2015-hozirga qadar)

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari tahrir

2022-yil 19-sentabr holatiga koʻra

Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar roʻyxati tahrir

Reyting Futbolchi Oʻtkazgan oʻyinlari Gollari Faoliyat yillari
1 Sabina Khatun 46 31 2009-hozirga qadar
2 Masura Parvin 29 2 2014-hozirga qadar
3 Krishna Rani Sarkar 28 11 2014-hozirga qadar
4 Sirat Jahan Shopna 25 10 2014-hozirga qadar
Sheuli Azim 25 0 2014-hozirga qadarhozirga qadar
6 Shamsunnahar 23 0 2016-
7 Sanjida Akhter 22 0 2016-hozirga qadar
Maria Manda 22 0 2016-hozirga qadar
9 Suinu Pru Marma 20 5 2009-2014
Mishrat Jahan Moushumi 20 1 2014-hozirga qadar

Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati tahrir

Reyting Futbolchi Gollari Oʻtkazgan oʻyinlari Faoliyat yillari
1 Sabina Khatun 31 46 2009-hozirga qadar
2 Krishna Rani Sarkar 11 28 2014-hozirga qadar
3 Sirat Jahan Shopna 10 25 2014-hozirga qadar
4 Aungmraching Marma 5 19 2009-2015
Suinu Pru Marma 5 20 2009-2014
6 Tohura Khatun 3 13 2018-hozirga qadar
Akhi Khatun 3 18 2018-hozirga qadar

Xalqaro turnirlarda Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari tahrir

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tahrir

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Bangladesh ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
  1991-yildan  1995-yil Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
  1999-yildan  2007-yil Saralashdan oʻta olmadi
  2011-yildan  2019
  2023-yil
Jami

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi tahrir

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
  1975-yildan  2010-yil Kiritilmadi
  2014-yil Saralashdan oʻta olmadi
  2018 Kiritilmadi
  2022 Saralashdan oʻta olmadi
Jami 0/20 - - - - - -

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashi tahrir

AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralashida Bagladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat GF GA GD
  1975-yildan  2010-yil Kiritilmadi
  2014-yil Saralashdan oʻta olmadi 3 0 0 3 0 15 −15
  2018 Kiritilmadi
  2022 Saralashdan oʻta olmadi 2 0 0 2 0 10 −10
Jami 2/20 5 0 0 5 0 25 −25

SAFF ayollar chempionati tahrir

SAFF ayollar chempionatida Bagladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat GF GA GD
  2010-yil Yarim final 4 2 0 2 11 9 +2
  2012-yil Guruh bosqichi 3 1 0 2 2 5 −3
  2014-yil Yarim final 4 2 0 2 10 8 +2
  2016-yil Ikkinchi oʻrin 4 2 1 1 13 3 +10
  2019 Yarim final 3 1 0 2 2 7 −5
  2022 Chempion 5 5 0 0 23 1 +22
Jami 6/6 23 13 1 9 61 33 +28

Janubiy Osiyo oʻyinlari tahrir

Janubiy Osiyo oʻyinlarida Bagladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
  Dakka 2010-yil Bronza medali 4 2 0 2 3 8 -5
  Shillong va Guvahati 2016 Bronza medali 4 2 0 2 5 9 -4
Jami 2/2 8 4 0 4 8 17 −9

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijasi tahrir

2022-yil 19-sentabr holatiga koʻra

Ushbu roʻyxatni tuzishda Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[20].

Raqib terma jamoa Konfederatsiyasi Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Gʻalaba koʻrsatkichi
    Nepal AFC 9 1 2 6 5 15 −10 011.11
  Shri Lanka AFC 4 3 0 1 7 3 +4 075.00
  Pokiston AFC 2 2 0 0 7 0 +7 100.00
  Hindiston AFC 11 1 1 9 7 43 −36 009.09
  Butan AFC 4 4 0 0 20 0 +20 100.00
  Oʻzbekiston AFC 1 0 0 1 0 3 −3 000.00
  Tailand AFC 1 0 0 1 0 9 −9 000.00
  Eron AFC 2 0 0 2 0 7 −7 000.00
  Filippin AFC 1 0 0 1 0 4 −4 000.00
  Afgʻoniston AFC 2 2 0 0 12 1 +11 100.00
  Maldiv orollari AFC 4 4 0 0 14 1 +13 100.00
  Singapur AFC 1 0 0 1 0 3 −3 000.00
  Malayziya AFC 3 1 1 1 7 2 +5 033.33
  Birma AFC 1 0 0 1 0 5 −5 000.00
  Iordaniya AFC 1 0 0 1 0 5 −5 000.00
  Gonkong AFC 1 1 0 0 5 0 +5 100.00

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari tahrir

Mintaqaviy tahrir

  • SAFF ayollar chempionati
    • Chempion: 2022
    • Ikkinchi oʻrin: 2016

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „History made - Bangladesh girls win maiden Saff football championship“. tbsnews.net (19-sentabr 2022-yil).
  2. „India keep unbeaten SAFF record“. shekicks.net (5-yanvar 2017-yil). 2017-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.
  3. „Women's football enters Bangladesh“. the-AFC.com.
  4. „11th South Asian Federation Games 2010 (Bangladesh)“.
  5. „BFF announces national women's squad for SAFF“. observerbd.com (25-oktabr 2014-yil). 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
  6. „India keep unbeaten SAFF record“. shekicks.net (5-yanvar 2017-yil). 2017-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.
  7. „হুমকি-ধমকিও দমাতে পারেনি ফুটবলের রাজকন্যাকে“. Prothomalo (16-mart 2019-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
  8. „Fifa Womens Football Bangladesh script history crush malaysia 6-0“. UNB (23-iyun 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  9. „Sabina brace downs Maldives“. The Daily Star (8-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  10. „Sabina scores hattrick as Bangladesh hit Pakistan for six“. The Daily Star (10-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  11. „Bangladesh seal maiden victory over India“. The Daily Star (13-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  12. „Bangladesh storm into final with 8-0 thrashing of Bhutan“. The Daily Star (16-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  13. „Bangladesh women make history, clinch maiden SAFF title“. The Daily Star (19-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  14. „Bangladesh crowned champions“. Prothom Alo (19-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  15. „President, PM lauds Bangladesh team for winning SAFF Women's Championship 2022“. Dhaka Tribune (19-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  16. „Bangladesh women create history, clinch Saff Championship for first time“. Dhaka Tribune (19-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  17. FIFA.com. „Member Association – Bangladesh“ (inglizcha). FIFA.com. 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2020-yil.
  18. „Member Association – Bangladesh“ (inglizcha). FIFA.com. 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2020-yil.
  19. „Bangladesh confident of reaching final“. New Age (1-sentabr 2022-yil). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentabr 2022-yil.
  20. „Archived copy“. www.fifa.com. 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.

Havolalar tahrir