Bastos
Bartolomeu Jacinto Quissanga (talaffuzi: Bartalomeu Djasinto Kissongo; 1991-yil 23-noyabrda tugʻilgan) — Bastos (talaffuzi: Bastus) nomi bilan tanilgan, angolalik professional futbolchi. U Saudiya Arabistonining Al-Ahli klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bartolomeu Jacinto Quissanga | ||
Tavallud sanasi | 23-noyabr 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Luanda, Angola | ||
Boʻyi | 1.84 m | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Al-Ahli | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2013 | Petro Atlético | 105 | (6) |
2013—2016 | Rostov | 73 | (4) |
2016—2020 | Lazio | 68 | (6) |
2020—2022 | Al-Ain | 22 | (2) |
2021—2022 | → Rostov (ijara) | 14 | (1) |
2022— | Al-Ahli | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2011— | Angola | 52 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 11-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 5-avgust uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirBastos faoliyatini vatani Angolada boshlagan. 2011- va 2013-yillar oraligʻida u Petro Atletico de Luanda klubi bilan 105 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va ikki marta Taça de Angola chempionligini qoʻlga kiritdi.
Rostov
tahrir2013-yilning 11-iyulida Bastos Rossiya Premyer ligasi vakili Rostov klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U Rostov klubi uchun FC Krasnodarga qarshi finalda Rossiya kubogini qoʻlga kiritishda muhim rol oʻynadi[1].
Lazio
tahrir2016-yilning 17-avgustida Lazio klubi Bastosni 5 million yevroga sotib olganini eʼlon qildi[2][3]. Bastos klubdagi ilk golini 2017-yilning 17-sentyabrida Genoa klubiga qarshi oʻyinda mehmonda 3:2 hisobida zafar quchganida urdi[4].
Al-Ain
tahrir2020-yil 22-oktyabrda Lazio klubining 2020—2021-yilgi mavsumdagi Serie Aning ikkita ochilish oʻyinida maydonga tushgan Bastos Saudiyaning Al-Ain klubiga doimiy asosda qoʻshildi[5].
Rostov ijarasi
tahrir2021-yilning 5-avgustida Bastos 2021—2022-yilgi mavsum uchun ijara asosida Rostovga qaytdi[6][7].
2022-yil 24-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlandi, Ukrainaga yaqin viloyatlardagi aeroportlar, shu jumladan Rostov-Dondagi Platov xalqaro aeroporti 2-martgacha yopildi[8]. 2022-yilning 7-martida FIFA Rossiyadagi xorijlik futbolchilar bir tomonlama tartibda oʻz klublari bilan 2022-yilning 30-iyuniga qadar shartnomalarini toʻxtatib qoʻyishlari va Rossiyadan tashqaridagi klublar bilan 2022-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolashlari mumkinligini eʼlon qildi[9]. Bastos bu qoidadan Rostovlik jamoadoshlari Dennis Hadzikadunic, Armin Gigovic, Pontus Almqvist va Magnus Nordengen Knudsen bilan birga foydalangan, ularning barchasi Yevropaning turli klublariga maxsus taʼtilga ketgan[10]. Bastos Bundesliga klubi Arminia Bielefeld bilan kelishuvga erishgan edi[11]. Biroq, 2022-yil 17-mart kuni Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) Germaniyada transfer oynasi qayta ochilmasligini va FIFA ruxsat berganiga qaramay, musobaqalarning sport yaxlitligini saqlash uchun Rossiya hamda Ukraina ligalari oʻyinchilarining rasmiy milliy musobaqalarda roʻyxatdan oʻtishiga ruxsat etilmasligini eʼlon qildi[12].
Bastosning transferi DFB tomonidan bloklanganiga qaramay, Bastosning diskvalifikatsiyasi oʻz kuchida qoldi va u 2021—2022-yilgi mavsumda Rostov klubi tarkibida boshqa oʻyin oʻtkaza olmaydi.
Al-Ahli
tahrir2022-yil 8-sentyabrda Bastos Saudiya Arabistonining Al-Ahli klubiga tekinga oʻtdi[13].
Xalqaro faoliyati
tahrirBastos 2011-yil 10-avgust kuni Liberiyaga qarshi oʻyinda (0:0) mamlakati safida debyut qilgan. U 2013-yilda Afrika Millatlar kubogida ham Angolani himoya qilgan[14].
Shaxsiy hayoti
tahrir2016-yilning noyabrida Bastosning ukasi Nandinho Rostov bilan shartnoma imzoladi[15].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 2022-yil 21-may holatiga ko'ra[16]:
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Rostov | 2013—2014 | Rossiya Premyer ligasi | 17 | 0 | 4 | 0 | - | - | 21 | 0 | ||
2014—2015 | 27 | 1 | 0 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 31 | 1 | ||
2015—2016 | 26 | 3 | 0 | 0 | - | 1 | 0 | 27 | 3 | |||
2016—2017 | 3 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | - | 5 | 0 | |||
Lazio | 2016—2017 | Serie A | 11 | 0 | 3 | 0 | - | - | 14 | 0 | ||
2017—2018 | 21 | 4 | 1 | 0 | 6 | 1 | 0 | 0 | 28 | 5 | ||
2018—2019 | 18 | 1 | 5 | 0 | 5 | 0 | - | 28 | 1 | |||
2019—2020 | 16 | 1 | 1 | 1 | 5 | 1 | 0 | 0 | 22 | 3 | ||
2020—2021 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 2 | 0 | |||
Jami | 68 | 6 | 10 | 1 | 16 | 2 | 0 | 0 | 94 | 9 | ||
Al-Ain | 2020—2021 | Saudiya Professional ligasi | 22 | 2 | 2 | 0 | — | — | 24 | 2 | ||
Rostov (ijara) | 2021—2022 | Rossiya Premyer ligasi | 14 | 1 | 1 | 0 | — | — | 15 | 1 | ||
Jami | 87 | 5 | 5 | 0 | 4 | 0 | 3 | 0 | 99 | 5 | ||
Faoliyati jami | 177 | 13 | 17 | 1 | 20 | 2 | 3 | 0 | 217 | 16 |
Xalqaro
tahrir- 2021-yil 29-mart holatiga ko'ra[17]:
Angola | ||
---|---|---|
Yil | Ishtirok | Gollar |
2011 | 3 | 0 |
2012 | 11 | 0 |
2013 | 8 | 0 |
2014 | 7 | 2 |
2015 | 4 | 0 |
2016 | 2 | 0 |
2017 | 2 | 0 |
2018 | 6 | 0 |
2019 | 8 | 0 |
2020 | 0 | 0 |
2021 | 1 | 0 |
Jami | 52 | 2 |
- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Angolaning gollari sonini koʻrsatadi.
No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2014-yil 28-may | Estádio Algarve, Algarve, Portugaliya | Marokash | 1 — 0 | 2-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2. | 2014-yil 15-oktyabr | Estádio 11 de Novembro, Luanda, Angola | Lesoto | 1 — 0 | 4-0 | 2015 Afrika Millatlar kubogi saralashi |
Yutuqlari
tahrirRostov
- Rossiya kubogi: 2013—2014
Lazio
- Italiya kubogi: 2018—2019
- Italiya Super kubogi: 2019
Angola
- Toʻrt millat turnirining bronza medali: 2018[18]
Manbalar
tahrir- ↑ „Bastos faz defesa espetacular, leva vermelho, mas ajuda Rostov a vencer a Taça da Rússia“ (pt). Angorussia.com (2014-yil 11-may). Qaraldi: 2016-yil 26-oktyabr.
- ↑ „RELAZIONE FINANZIARIA SEMESTRALE CONSOLIDATA AL 31 DICEMBRE 2016“ (It). S.S. Lazio (2017-yil 30-mart). 2017-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Comunicato 17.08.2016“ (it). Sslazio.it. S.S. Lazio (2016-yil 17-avgust). 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Lazio scrape Marassi thriller“. football-italia.net. Football Italia (2017-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-aprel.
- ↑ „Statement 22.10.2020“. S.S. Lazio (2020-yil 22-oktyabr). 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
- ↑ „БАШТУШ С НАМИ!“ (Russian). fc-rostov.ru/. FC Rostov (2021-yil 5-avgust). Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
- ↑ „Бартоломеу Баштуш вернулся в «Ростов»“ (Russian). championat.com. Championat (2021-yil 5-avgust). Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
- ↑ „11 аэропортов на юге России приостановили работу — РБК“ (ru). RBK Group (2022-yil 24-fevral). Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ „FIFA adopts temporary employment and registration rules to address several issues in relation to war in Ukraine“. FIFA (2022-yil 7-mart).
- ↑ Schmidt, Martin. „Avis: Skandinaviske talenter forlader Rostov“ (da). bold.dk (2022-yil 10-mart). Qaraldi: 2022-yil 22-may.
- ↑ „Бундеслига заблокировала переход Баштуша из "Ростова" в "Арминию"“ (ru). Sports.ru (2022-yil 16-mart). Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
- ↑ German Football Association (2022-yil 17-mart). „TRANSFERS AUS UKRAINE: NUR TRAINING UND TESTSPIELE MÖGLICH“ (de). Press-reliz. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
- ↑ „رسميًا.. الأهلي يتعاقد مع الأنجولي باستوس“.
- ↑ „Angola Nations Cup Squad“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation. Qaraldi: 2019-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Фернанду Жасинту стал игроком Ростова“ (ru). fc-rostov.ru. FC Rostov (2016-yil 28-noyabr). 2016-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-noyabr.
- ↑ Bastos Soccerway saytida
- ↑ „Bastos“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2014-yil 9-dekabr.
- ↑ „Zimbabwe vs. Angola“. national-football-teams.com. National Football Teams (2018-yil 24-mart). Qaraldi: 2020-yil 10-aprel.