Batirjan Amangeldiovich Smakov – (qozoqcha: Батыржан Амангелдіұлы Смаков; 1986-yil 13-sentabr, Qaragʻanda, Mayqudiq tumani) – Qozogʻistondagi yagona kontratenor[1][2]. Qozoq milliy sanʼat universiteti „Xor dirijyorligi“ kafedrasi mudiri[3].

Batirjan Smakov
qozoqcha: Батыржан Смаков
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1986-yil 13-sentabr
Qaragʻanda, Mayqudiq
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Kasbi Dirijyor, opera xonandasi
Guruh Talabalar xori kapellasi
Faoliyat yillari 2011-hozirgacha

Biografiyasi tahrir

"Qozoqkonsert" bilan „Ostona Opera“ teatrining maxsus taklif etilgan solisti, QazMUU aralash xorning badiiy rahbari va dirijyori. Shuningdek, Italiyadagi „Coro Lirico Perla Verde“ xor va Nyu-Yorkdagi „Global Music Partnership“ dirijyori[4].

U „Jas Darin“ (Qozogʻiston), „Tanisu“ (San-Marino), „Jumeirah Sounds“ (BAA), „Young Talents World Festival“ (Nyu-York) kabi xalqaro tanlovlar hakamlar hay’atining hurmatli aʼzosi.

2011—2017-yillarda oraligʻida Italiyaning Osimo shahridagi Xalqaro opera akademiyasida xor dirijyorligi boʻyicha, soʻngra Pesaro shahridagi Joakkino Rossini nomidagi konservatoriyasida tahsil olgan va keyin qizil diplom bilan magistraturani tamomlagan[5].. 2016-yilda suriyalik bolalarga yordam berish uchun bir qator xayriya kontsertlaridan soʻng YuNESKOning Butunjahon rassomi unvoniga sazovor boʻldi.

2016—2017-yillarda Ostana Opera teatrida „Orfeyning qaytishi“ deb nomlangan ikkita yakkaxon konsert berdi[6][7].

2018-yilda Qozogʻistonning „100 ta yangi ism“ loyihasi gʻolibi boʻldi[8].

2020-yil 26-fevralda Nyu-Yorkdagi Karnegi Xoll kontsert zalida chiqish qildi[9].

2020-yil may oyidan Shabyt talabalar kinostudiyasi negizida „Shabit Music Hotel“ onlayn konsertlari muallifi[10].

2021-yil yanvar oyidan „Qozogʻiston Bastakorlar uyushmasi aʼzosi“.

2022-yildan „Qozogʻiston musiqachilar uyushmasi aʼzosi“.

2022-yil 21-iyulida Italiyaning Genuya shahridagi „Karlo Felice“ teatri sahnasida birinchi konsert boʻlib oʻtdi[11]. U dunyoning koʻplab mamlakatlarida, jumladan Italiya, Fransiya, AQSh, Misr, Iordaniya, Rossiya, Polsha, BAAda yakkaxon konsertlar berdi[12]. Qozoq musiqasini xorijda targʻib qilishda faol ishtirok etadi[13]. Uning portfelida toʻrtta diskografiya albomi bor.

Ilmiy ishlari tahrir

  • Suygen saulem — nota toʻplami[14]
  • Keng dalam — nota toʻplami[15]
  • Bala baqiti — nota toʻplami[16]
  • A'cappella xor ishlarining toʻplami[17]

Mukofotlar tahrir

  • A.Baytursinov nomidagi oltin medal
  • „Sankt-Peterburg bosh mukofoti“ laureati.
  • Turindagi „Erta musiqa tanlovi“ laureati
  • „YUNESKOning tinchlik rassomi“
  • „Qozogʻistonning yuzta yangi yuzi“ milliy loyihasi gʻolibi.

Manbalar tahrir

  1. https://forbes.kz/news/2017/06/10/newsid_146842
  2. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
  3. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
  4. https://www.globalmusicp.com/batyrzhan-smakov.html
  5. https://baq.kz/news/othernews/dara-dauys-batyrzhan-smakov-turaly-ne-bilemiz/
  6. https://forbes.kz/news/2016/02/04/newsid_105440
  7. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
  8. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
  9. https://www.carnegiehall.org/calendar/2020/02/26/young-talents-world-festival-of-performing-arts-2020-0730pm
  10. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
  11. https://dknews.kz/ru/politika/242293-iniciativy-kazahstana-i-muzyka-velikoy-stepi
  12. https://egemen.kz/article/198209-dara-dauys-iesi
  13. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
  14. https://kazneb.kz/kk/catalogue/view/1648421
  15. https://kazneb.kz/kk/catalogue/view/1682197
  16. https://kazneb.kz/kk/catalogue/view/1682208
  17. https://kazneb.kz/kk/catalogue/view/1674164