Batolit
Batolit (yun. bathos — chuqurlik, lithos — tosh) — chuqurlikda yotuvchi magmatik togʻ jinslarining joylanish shakli. B. asosan granitoidlarning yirik massivlari (qariyb 200 km²)dan iborat. Yer pusti burmali oblastlarining choʻkindi qatlamlari orasida yotadi. Nurash natijasida B.ning ayrim qismi baʼzan yer yuziga chiqib qoladi. Geofizik tadqiqotlar natijasida barcha granit jismlarning shaklan turlicha joy olishi va chegaralangan qalinlikka ega boʻlishi aniqlangan. Eng yirik B.lar Amerikaning Kordilyera togʻlarida, Oʻzbekistondagi togʻlar (Nurota, Qoratepa, Zirabuloq, Hisor, Chatqol-Qurama)da hamda Qozogʻiston, Ukraina, Kavkazda bor. B. tarqalgan rayonlarda volfram, molibden, oltin, temir konlari uchraydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |