Bektemir Meliqoʻziyev

O'zbek bokschisi

Bektemir Roʻzmatjon oʻgʻli Meliqoʻziyev (1996-yil 8-aprelda, Oʻzbekiston, Fargʻona viloyati, Furqat tumani, Shoimbek qishlogʻi) — oʻrta, ikkinchi oʻrta va yengil vazn toifalarida ishtirok etuvchi oʻzbek professional bokschisi[2][3]. Havaskorlar oʻrtasida Olimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori (2016)[4], jahon chempionatining ikki karra sovrindori (2015, 2017) va ikki karra Osiyo chempioni (2015, 2017). Professionallar oʻrtasida 2-oʻrta vazn toifasida amaldagi WBO Inter-Continental (2020) va WBA Continental Americas (2019-2021) chempioni.

Bektemir Meliqoʻziyev
Statistikasi
Asl ismi Bektemir Roʻzmatjon Oʻgʻli Meliqoʻziyev
Laqabi Bek the Bully (ruscha: Bek xuligan)[1]
Vazn toifasi Super oʻrta vazn
Vazni

Oʻrtacha (72,57 kg gacha), 2-oʻrtacha (76,2 kg gacha),

Yengil vazn (79,38 kg gacha)
Boʻyi 175 sm
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Murabbiyi Maruf Axmedov
Tavalludi 13-aprel 1996-yil (1996-04-13) (28 yosh)
Fargʻona, Oʻzbekiston
Uslubi Southpaw pozitsiyasi
Medallari va yutuqlari
Erkaklar havaskor boksi
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Olimpiada oʻyinlari
Kumush 2016 Rio-de-Janeyro Oʻrtavazn
Havaskorlar o'rtasidagi jahon chempionati
Kumush 2015 Doha Oʻrtavazn
Bronza 2017 Hamburg Yengil - ogʻir vazn
Osiyo chempionati
Oltin 2015 Bangkok Oʻrtavazn
Oltin 2017 Toshkent Yengil - ogʻir vazn
Yoshlar Olimpiya Oʻyinlari
Oltin 2014 Nanjing Yarim oʻrta vazn
Professional faoliyati
Birinchi jangi Martin Fidel Rios
Oxirgi jangi Gabriel Rosado
Janglari soni 13

BoxRec reytingidagi eng yaxshi pozitsiya 25-oʻrin (2021-yil fevral) va super oʻrta vazn toifasidagi oʻzbek bokschilari orasida 1-oʻrinni egallagan[5]. Asosiy xalqaro boks tashkilotlari reytingiga koʻra WBO reytingida 12-oʻrinni, WBA reytingida 15-oʻrinni va WBC reytingining 33-oʻrinni egallab, sayyoramizning eng yaxshi super oʻrta vaznli TOP-35 bokschilari qatoriga kirgan.

Biografiyasi tahrir

Bektemir Meliqoʻziyev Oʻzbekistonning Fargʻona viloyati, Furqat tumani, Shoimbek qishlogʻida tugʻilgan.

Havaskor boksdagi faoliyati tahrir

2014-yil yanvar oyida yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni boʻldi[6].

2014-yil aprel oyida yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) yoshlar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi[7].

2014-yil avgust oyida yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) Oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari chempioni boʻldi[8].

2014-yilgi Oʻzbekiston chempionati tahrir

U bu musobaqada oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) ishtirok etdi. U chorak finalda Shuhrat Abdullayevni, yarim finalda Jaloliddin Oʻktamovni va finalda Xurshid Normatovni magʻlub etib gʻalaba qozondi[9].

2015-yilgi Osiyo chempionati tahrir

U oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) ishtirok etdi. 1/8 finalda u shri-lankalik Senai Navarathnani magʻlub etdi. Chorak finalda u qozog‘istonlik Janibek Alimxanulini magʻlub etib, yarim finalda eronlik Sajad Mehrabini magʻlub etdi. Va finalda hindistonlik Vikas Krishanni ham magʻlub etib gʻalaba qozondi[10].

2015-yilgi Jahon chempionati tahrir

Bektemir bu chempionatda oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) ishtirok etdi. 1/16 finalda gruziyalik Zaala Kvachatadzeni, 1/8 finalda fransiyalik Kristian Mbillini, Chorak finalda rossiyalik Petra Xamukovani va yarim finalda irlandiyalik Maykl OʼReylini magʻlub etib, finalda u kubalik Arlen Lopezga magʻlub boʻldi va 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi[11].

2016-yilgi Jahon chempionati tahrir

2016-yilgi Jahon chempionatida Bektemir „Uzbek Tigers“ (Oʻzbekiston) jamoasini himoya qildi. U oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) janglar olib bordi. 2016-yil 22-aprelda rossiyalik Aleksandr Agafonovga magʻlub boʻldi[12].

2016-yilgi Olimpiada tahrir

Bu yilgi olimpiadada oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) ishtirok etgan Meliqoʻziyev 1/8 finalda avstraliyalik Daniel Lewis ustidan gʻalaba qozondi[13]. Chorak finalda hindistonlik Vikas Krishan Yadav ustidan[14], Yarim finalda meksikalik Misael Rodrigues ustidan gʻalaba qozondi[15]. Finalda kubalik Arlen Lopezga magʻlub boʻlib[16], 2-oʻrinni egalladi.

2017-yilgi Butunjahon boks seriyasi tahrir

Bu yilgi musobaqada Bektemir Meliqoʻziyev „Uzbek Tigers“ (O‘zbekiston) jamoasini himoya qildi. U yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 2017-yil 18-fevral kuni qozogʻistonlik Nurdaulet Jarmanovni magʻlub etdi[17]. 2017-yil 18-mart kuni xitoylik Huang Jiabinni magʻlub etdi[18].

2017-yilgi Osiyo chempionati tahrir

Meliqoʻziyev 2017-yilgi Osiyo chempionatida yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 1/8 finalda eronlik Amin Ziadini, chorak finalda tojikistonlik Shabbos Negmatulloevni, yarim finalda u xitoylik Huang Jiabingni va finalda qozog‘istonlik Erik Aljanovni mag‘lub etib gʻolib boʻldi[19].

2017-yilgi Butunjahon boks seriyasi tahrir

2017-yilgi Butunjahon boks seriyasida „Uzbek Tigers“ (O‘zbekiston) jamoasini himoya qildi. U yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 2017-yil 19-may kuni kubalik Julio Sezar La Kruzga magʻlub boʻldi[20].

2017-yilgi Jahon chempionati tahrir

2017-yilgi Jahon chempionatida Meliqoʻziyev yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 1/8 finalda u rossiyalik Muslim Gadzhimagomedov ustidan[21] va chorak finalda qozog‘istonlik Erik Aljanov ustidan gʻalaba qozongan[22] Meliqoʻziyev yarim finalda irlandiyalik Jozef Uordga magʻlub boʻldi[23] va ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

2018-yilgi Butunjahon boks seriyasi tahrir

Bektemir Meliqoʻziyev 2018-yilgi Butunjahon boks seriyasida ham oldingi yillardagidek „Uzbek Tigers“ (O‘zbekiston) jamoasini himoya qildi. U yengil vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etdi. 2018-yil 1-martda kolumbiyalik Diego Motoani[24][25], 2018-yil 7-aprel kuni venesuelalik Nalek Korvajani magʻlub etdi[26].

Professional faoliyati tahrir

Bektemir Meliqoʻziyev professional boksda faoliyatini olib borishini eʼlon qildi[27][28]. Va u professional boksdagi debyutini 2019-yil 13-iyun kuni Martin Fidel Ríosga qarshi oʻtkazdi. 1-raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi[29][30].

2021-yil 19-iyun kuni Meliqoʻziyev oʻzining eng qiyin raqibi, amerikalik sobiq bokschi Gabriel Rosado bilan jang qildi. U birinchi raunddayoq Rosadoni kuchli zarbalar berib, jangni nazorat qilayotgandek tuyuldi, ammo Rosado kutilmaganda uchinchi raundda Meliqoʻziyevni kuchli ustunlik bilan ushlab oldi va unga kuchli zarba berdi. Meliqoʻziyev oʻzini tiklay olmadi mgʻlub boʻldi[31][32][33][34]. Sharhlovchilar va tahlilchilarning fikricha, bu nokaut yilning eng yaxshi nokautiga daʼvogar edi[35][36]. 2023-yil 22-aprelda Gabriel Rosado bilan ikkinchi marta bellashdi[37][38]. Va ochkolar boʻyicha gʻalaba qozondi[31][32].

2019-yilning 2-noyabr kuni Meliqoʻziyev Kley Kollardga qarshi professional jang oʻtkazdi. Meliqoʻziyev bir qancha ogʻir zarbalar bilan raqibini sekin-asta magʻlub etib, toʻrtinchi raundda texnik nokaut bilan gʻalaba qozondi[39]. Meliqo‘ziyev 2019-yilning 13-dekabr kuni Von Aleksandrga qarshi jang qilganida professional sifatida birinchi marta muddatidan oldin gʻalaba qozondi.[40].

2020-yil 14-fevral kuni Meliqoʻziyev Oskar Kortesga qarshi jang oʻtkazdi. Dastlabki raundda Meliqoʻziyev ustunlikni oʻz qoʻliga oldi. Jang davomida Kortes bir nechta zarbalarni amalga oshirishiga qaramay Meliqoʻziev ikkinchi marta raundda raqibini tanasiga ogʻir zarba berib, nokdaund holatiga tushirdi. Ikkinchi nokdaundan soʻng hakam Edvard Ernandes jangni tugatishga qaror qildi[41]. Meliqoʻziyevning oltinchi professional jangi 2020-yil 30-oktyabr kuni Alan Kampaga qarshi boʻlib oʻtdi. Meliqoʻziyev uchinchi raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi[42].

Meliqoʻziyev yarim ogʻir vazn toifasida sobiq chempion Sergey Kovalev bilan 2021-yil 30-yanvar kuni jang oʻtkazishi kerak edi, biroq Kovalyovda taqiqlangan modda borligi aniqlangach, jang bekor qilindi[43]. Uning oʻrniga Meliqoʻziev 2021-yil 13-fevral kuni Morgan Fitch bilan jang qildi va bahsda Fitchni ikki marta nokdountga uchratib, uchinchi raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi[44].

Professional boksdagi natijalari tahrir

13 uchrashuv, 12 gʻalaba (9 nokaut), 1 magʻlubiyat.
No. Natija Natija

(gʻalaba-magʻlubiyat)

Raqib Turi Raund, vaqt Sana Manzil Eslatmalar
13 Gʻalaba 12–1 Gabriel Rosado[37] UD 10 22-aprel 2023-yil T-Mobile Arena, Paradise, Nevada, AQSh WBA Qitʼalararo superoʻrta vazn toifasida gʻolib chiqdi
12 Gʻalaba 11–1 Ulises Siyerra[45] KO 3 (10), 2:59 28-yanvar 2023-yil YouTube teatri, Inglewood, Kaliforniya, AQSh Superoʻrta vazn toifasida WBO Global chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi
11 Gʻalaba 10–1 Sladan Janjanin TKO 3 (8), 2:18 6-avgust 2022-yil Dickies Arena, Fort Worth, Texas, AQSh
10 Gʻalaba 9–1 David Zegarra[46] KO 2 (10), 0:30 19-mart 2022-yil Galen Center, Los Angeles, Kaliforniya, AQSh
9 Gʻalaba 8–1 Sergei Ekimov UD 8 17-dekabr 2021-yil Hotel Renaissance, Toshkent, Oʻzbekiston
8 Magʻlubiyat 7–1 Gabriel Rosado KO 3 (12), 1:21 19-iyun 2021-yil Don Haskins Center, El Paso, Texas, AQSh Lost WBA Amerika qitʼasi superoʻrta vazn toifasi;
WBO Xalqaro superoʻrta vazn toifasi uchun
7 Gʻalaba 7–0 Morgan Fitch KO 3 (8), 2:08 13-fevral 2021-yil Fantasy Springs Resort Casino, Indio, Kaliforniya, AQSh
6 Gʻalaba 6–0 Alan Campa KO 3 (10), 0:21 30-oktyabr 2020-yil Fantasy Springs Resort Casino, Indio, Kaliforniya, AQSh Superoʻrta vazn toifasida WBO Qitʼalararo chempionligini qoʻlga kiritdi
5 Gʻalaba 5–0 Oscar Cortes KO 1 (10), 2:04 14-fevral 2020-yil Honda Center, Anaheim, Kaliforniya, AQSh
4 Gʻalaba 4–0 Vaughn Alexander UD 10 13-dekabr 2019-yil Fantasy Springs Resort Casino, Indio, Kaliforniya, AQSh
3 Gʻalaba 3–0 Clay Collard TKO 4 (8), 2:22 2-noyabr 2019-yil MGM Grand Garden Arena, Paradise, Nevada, AQSh
2 Gʻalaba 2–0 Ricardo Adrian Luna Flores KO 1 (8), 2:13 30-avgust 2019-yil Pasadena City Hall, Pasadena, Kaliforniya, AQSh
1 Gʻalaba 1–0 Martin Fidel Ríos KO 1 (6), 1:39 13-iyun 2019-yil Avalon Gollivud, Los Angeles, Kaliforniya, AQSh

Yutuqlari tahrir

Havaskor faoliyatida tahrir

  • 2014 ʻʻʻ2014ʻʻʻ   Yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni.
  • 2014   Yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) yoshlar oʻrtasida jahon chempioni.
  • 2014   Yarim oʻrta vazn toifasida (69 kg gacha) Yoshlar Olimpiya oʻyinlari chempioni.
  • 2014   Oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) Oʻzbekiston chempioni.
  • 2015   Oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) Osiyo chempioni.
  • 2015   Oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) Jahon chempionati kumush medal sovrindori.
  • 2016   Olimpiya oʻyinlarida Oʻrta vazn toifasida (75 kg gacha) kumush medal sovrindori.
  • 2017   Yengil vazn toifasida (81 kg gacha) Osiyo chempioni.
  • 2017   Yengil vazn toifasida (81 kg gacha) Jahon chempionati bronza medal sovrindori.

Professional faoliyatida tahrir

  • WBA kamari Amerika qitʼasi boʻylab 2-oʻrta vazn toifasi (2019-2021).
  • WBO kamari Qitʼalararo 2-oʻrta vazn (2020).
  • WBO kamari 2-oʻrta vaznda global (2023— hozirgacha).
  • WBA kamari Qitʼalararo 2-oʻrta vazn (2023 —hozirgacha).

Doping boʻyicha mish-mishlar tahrir

2021-yilning may oyida Bektemir Meliqoʻziyev bilan doping aniqlangani va 4 yilga mahalliy va jahon musobaqalaridan chetlashtirilgani haqida habarlar tarqalgan edi[47][48][49][50]. Ammo, bu yolgʻon maʼlumot boʻlib, chetlashtirilishning sababi doping emas, balki, boshqa sabablar ekanligi aniq boʻldi[51][52][53].

Manbalar tahrir

  1. „Bek the Bully“. https://www.martialbot.com.
  2. „2015 AIBA World Championships“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-noyabr.
  3. „Rio 2016“ (deadlink). Rio 2016. 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-avgust.
  4. „The Flagbearers for the Rio 2016 Closing Ceremony“ (2016-yil 21-avgust). Qaraldi: 2016-yil 24-avgust.
  5. „Boxing Ratings: Super middle — Uzbekistan“. https://boxrec.com. BOXREC.
  6. „6.Asian Youth Championships 2014“. 2019-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „4.AIBA Youth World Championships 2014“. 2018-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „2.Youth Olympic Games 2014“. 2018-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „23.Uzbek National Championships 2014“. 2018-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „28.Asian Championships 2015“. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „18.World Championships 2015“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „World Series of Boxing - quarterfinals“. 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „LEWIS Daniel Jason - MELIKUZIEV Bektemir“ (deadlink). 2016-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „VIKAS Krishan - MELIKUZIEV Bektemir“ (deadlink). 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  15. „RODRIGUEZ Misael Uziel - MELIKUZIEV Bektemir“ (deadlink). 2016-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „LOPEZ Arlen - MELIKUZIEV Bektemir“ (deadlink). 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  17. „World Series of Boxing 2017 - 2nd Round“. 2018-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  18. „World Series of Boxing 2017 - 4th Round“. 2019-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  19. „29.Asian Championships 2017“. 2017-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  20. „World Series of Boxing - quarterfinals - 2nd Round“. 2019-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  21. „MON 28 AUG 2017 19:00“ (deadlink). 2017-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  22. „TUE 29 AUG 2017 19:00“ (deadlink). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  23. „FRI 1 SEP 2017 18:00“ (deadlink). 2017-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  24. „Bektemir Meliqo‘ziyev to‘la ustunlik bilan g‘alaba qozondi“. https://kun.uz.
  25. „World Series of Boxing - week 5“. 2019-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  26. „World Series of Boxing - week 10“. 2020-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  27. „Bektemir Meliqoʻziyev professional boksda faoliyatini davom ettiradi“. https://gosport.uz. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun. [sayt ishlamaydi]
  28. „Bektemir Meliqoʻziyev professional boksda faoliyatini davom ettiradi“. https://xs.uz. Xalq soʻzi. 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  29. „Thursday 13, June 2019“.
  30. „Asian scene: Madrimov on the move“ (en). boxingmonthly.com. 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
  31. 31,0 31,1 „Gabriel Rosado Scores Brutal One-Punch Knockout of Bektemir Melikuziev in Third“.
  32. 32,0 32,1 „Габриэль Росадо нокаутировал Бектемира Меликузиева“. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  33. „“Birgina jiddiy xato”: Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda nokautga uchradi“. https://oz.sputniknews.uz. Sputnik.
  34. „Bektemir Meliqoʻziyev nokautga uchradi“. https://xs.uz. Xalq soʻzi. 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  35. Christ, Scott „Video: Gabriel Rosado knocks Bektemir Melikuziev out in major upset“ (en). Bad Left Hook (2021-yil 19-iyun). Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  36. „Ferdinand Kerobyan, Emilio Sanchez, Bektemir Melikuziev win in Pasadena“ (en). badlefthook.com. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
  37. 37,0 37,1 „Boks. Bektemir Meliqo‘ziyev va Gabriel Rosado o‘rtasida revansh jangi o‘tkaziladi“. https://daryo.uz/. Daryo.uz.
  38. „“Xatoimni to‘g‘rilash vaqti keldi” – Bektemir Meliqo‘ziyev“. https://aniq.uz. Aniq.uz.
  39. „Mixed results for Asian fighter in Las Vegas“ (en). asianboxing.info. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
  40. „Bektemir Melikuziev Boxes Past Vaughn Alexander Over Ten“ (en). boxingscene.com. Qaraldi: 2020-yil 24-iyul.
  41. „BEKTEMIR MELIKUZIEV, EVAN SANCHEZ, OTHERS NOTCH VICTORIES ON GARCIA-FONSECA UNDERCARD“ (en). ringtv.com. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
  42. „Soto, Munguia And Melkuziev Victorious In WBO Championship Bouts“ (en). wboboxing.com. Qaraldi: 2020-yil 22-dekabr.
  43. „Sergey Kovalev-Bektemir Melikuziev card canceled after positive drug test result | DAZN News UK“ (en). DAZN. Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  44. Idec, Keith „Bektemir Melikuziev Drops Morgan Fitch Twice, Stops Him In Third Round“ (en-us). BoxingScene.com. Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  45. „Boks: Bektemir Meliqo‘ziyev Ulises Siyerrani nokautga uchratdi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz.
  46. „Bektemir Meliqoʻziyevning raqibi, jang sanasi va manzil maʼlum“. https://yuz.uz. Yuz.uz.
  47. „Bektemir Meliqo`ziev qonidan doping topilgan“. https://darakchi.uz. Darakchi.
  48. „Bektemir Meliqoʻziyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi“. https://yuz.uz. Yuz.uz.
  49. „Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan“. https://xs.uz. Xalq soʻzi. 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  50. „Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz.
  51. „To‘lqin Qilichev: “Bektemir Meliqo‘ziyevning diskvalifikatsiyasi doping tufayli emas”“. https://daryo.uz. Daryo.uz.
  52. „Bektemir Meliqo‘ziyevning chetlatilishi sababi aytildi. Bu – doping emas“. https://www.xabar.uz. Xabar.uz.
  53. „Bektemir Meliqo‘ziev va doping bilan bog‘liq bo‘lgan xabar yuzasidan tushuntirish“. https://sports.uz. Sports.uz.

Havolalar tahrir