Bel (qadimgi yunoncha: Βῆλος qadimgi yunoncha: Βῆλος) - qadimgi yunon afsonalarining qahramoni, Misr podshohi. Poseydon va Liviyaning o‘g‘li, Agenorning egizagi. Perseus va Gerkules kabi qator mifologik qahramonlarning ajdodi. U ko‘pgina qadimgi matnlarda sharq xalqlari ilohi Baal'ga o‘xshatiladi.

Kelib chiqishi

tahrir

Liviya Belning onasi bo‘lib, Zevsning Iodan o'g'li, Misr shohi Epafning qizi edi. Shunday qilib, Bel Argosning ilk shohlari oilasiga mansub. Liviya dengiz xudosi Poseydondan homilador bo‘lgan va egizaklar - Bel va Agenorni dunyoga keltirgan.

Mifologiyada

tahrir

Bel Misr podshohi edi, uning egizagi Agenor esa Finikiyada Sidon va Tirni boshqargan. Panopolitanlik Nonnus uni "Liviyalik Zevs" deb ataydi[1]. Bel, asosan, yunon afsonalarining nasabnomalarida keladi. Bevosita u haqdagi afsonalar kam uchraydi[2]. Shu bilan birga, ko‘plab qadimgi yozuvchilar Misrning afsonaviy shohini sharqiy iloh Baal bilan ayni deb tasvirlaydi (ismning boshqa namunalari - Baal, Baal, Bel) [3] . Nemis qadimshunosi Karl Tümpel taxmin qilishicha, Bel nomi yunonchadan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin[3]. Robert Graves esa, bu nom va hatto qahramonning o‘zi ham sharq afsonalarini o‘zlashtirish natijasi ekaniga amindir: “Bel - Eski Ahdning Baal va Apokrifaning Belilidir. U o‘z nomini shumerlar oy ma'budasi hisoblanmish ag'darilgan Belili'dan olgan".[4]

Pausanias Belusni "Liviyaning o'g'li, qandaydir misrlik" deb ataydi, uning nomi Bobil xudosiga berilgan[5]. Pseudo-Gyginusga ko'ra, birinchi bo‘lib qilich bilan jang qilgan aynan Beldir (undan bunday yakkakurashlar yog'och kaltaklar bilan qilingan) va shuning uchun ham uning nomi urushni bildiruvchi so'z (bellum)dan shakllangan[6]. Diodor Sikulusning yozishicha, Belus Furot daryosida mustamlakaga asos solgan misrlik ko'chmanchilarga yetakchilik qilgan; yangi shaharda u bobilliklardan olingan so‘z bilan "xaldiylar" deb atalgan kohinlar hay'atini tuzgan. Bu hay'at aʼzolarining vazifasi yulduzlarni kuzatish bo‘lib, har qanday soliqlardan ozod qilingan edi[7].

Avlodlari

tahrir

Bel Nil daryosi xudosining qizi Anxinoega uylangan. Bu nikohdan Misr va Danaus nomli egizaklar tug'ilgan. Birinchisi Misr va Arabistonga hukmdorlik qilgan, ikkinchisi Liviyani boshqargan[6]. Evripidning yozishicha, Kefey (Efiopiya qiroli) va Andromedaning eri Phineus ham Belusning farzandlari edi[8]. Ferakid Belusning Damno ismli qizi ham bo‘lganini yozadi. U amakisi Agenor bilan turmush qurib, Feniks (Finikiya qirolligi asoschisi) va ikki qiz: Isu va Meliyani dunyoga keltirgan. Ular esa amakivachchalari - Misr va Danaus [3]ga turmushga chiqqan.

Gesiodning so'zlariga ko'ra, Belusning Froniya ismli qizi ham bo‘lib, u Germesdan Kassiopiyaning otasi va Arabistonning eponimi - Arabni dunyoga keltirgan11 [9]. Panopolitanlik Nonnis o‘zining "Dionisning qilmishlari" asarida aytishicha, Bel besh o'g'il: Phineus, Feniks, Agenor, Misr va Danausning otasi bo‘lgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Нонн Паннополитанский.
  2. Мифы народов мира 1988.
  3. 3,0 3,1 3,2 Belos 3 1897.
  4. Грейвс 2005.
  5. Павсаний.
  6. 6,0 6,1 Гигин.
  7. Диодор Сицилийский.
  8. Аполлодор.
  9. Гесиод.

Havolalar va adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  1. Грейвс Р.. Мифы Древней Греции. Екатеринбург: У-Фактория, 2005. ISBN 5-9709-0136-9. 
  2. Мифы народов мира. М.: Советская энциклопедия, 1988. 
  3. Tümpel K. Belos 3 // Paulys Realencyclopädie der classischen Altertumswissenschaft. — 1897. — Bd. III, 1. — Kol. 259—264.