Boybo‘ta Do‘stqorayev
Boyboʻta Doʻstqorayev — taniqli olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, jurnalist, „Oltin qalam“ milliy mukofoti sovrindori, professor.
Boyboʻta Doʻstqorayev | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
12-noyabr 1942-yil |
Vafoti |
28-iyul 2021-yil Toshkent shahri Oʻzbekiston |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Kasbi | filologiya fanlari nomzodi, jurnalist |
Yoʻnalish | jurnalistika |
Mukofotlari |
![]() |
Tarjimai holTahrirlash
Boyboʻta Doʻstqorayev 1942-yili 12-noyabrda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi „Oqtoʻnli“ qishlogʻida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetida 1969-yildan ish boshlab, qariyb yarim asrlik umrini ustoz sifatida shu sohada jurnalist kadrlar tayyorlashga hamda milliy matbuot tarixini izchil oʻrganishga bagʻishlagan[1].
FaoliyatiTahrirlash
Boyboʻta Doʻstqorayev dastlab adabiy tanqidchilik borasida tadqiqotlar olib borgan. 1986-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilganidan keyin, oʻzbek matbuot tarixini oʻrganishga kirishgan. Milliy matbuot tarixi va uning yetuk namoyandalari Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Choʻlpon, Fitrat, Hoji Muin, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Saidrizo Alizoda singari maʼrifatparvar milliy ziyolilarning jurnalistik faoliyati haqida yozgan maqolalari bilan ilmiy jamoatchilikka tanilgan.
IjodiTahrirlash
MaqolalariTahrirlash
Hurlikka intilgan „Hurriyat“[2]
Buyuk mutafakkir[3]
„Oʻgʻuzxon“dan biror „iz“ qolganmi? (2006)[4]
„Alpomish“ matnining jilolari[5]
„Hurriyat“ning koʻksiga gul taqaylik" (2007)[6]
Romanning bir fazilati[7]
Vannaychaxonning dardi yoxud Choʻlponshunoslikdagi ayrim muammolar xususida (2009)[8]
Ikki buyuk siymo[9]
Behbudiyning munosib shogirdi[10]
Nashrga tayyorlangan matnlari[11]Tahrirlash
Fitrat. „Mashrab“, — „Yosh leninchi“ gazetasi, 1991-yil, 29-iyun, 2, 4-iyul, 1.b.t
A. Qodiriy. „Olti yillik bazm“- „Mushtum“, 1993 y., № 8. 0.4 b.t.
Yassaviy kim edi. T., A. Qodiriy nomidagi „Meros“ nashriyoti, 1994. 5 b.t.
Choʻlpon. „Shamol nimadan hosil boʻladi“. „Mushtum“, 1995-yil, № 10.
Choʻlpon. Goʻzal Turkiston. /sheʼrlar toʻplami/. T., „Maʼnaviyat“, 1997 y, 8 b.t
Choʻlpon. A. Xontalishskiyga maktub. Umid sizdan. — „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1998-yil, 21-noyabr
Oybek. Choʻlpon. Shoirni qanday tekshirish kerak. „Munaqqidning munaqqidi“ maqolasining egasiga. — Sharq yulduzi, 1989-yil, 6-son. 1.6.t
Choʻlpon. Qaytish yoʻq. — Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1999-yil, 24-dekabr, 0.4 b.t.
Fitrat. „Farhodu Shirin toʻgʻrisida“- „Maʼrifat“ gazetasi, 1996-yil, 7,11, 14, 17, 21, 24, 27-dekabr sonlari, 1.5.6.T.
Munavvar Qori. „Bizni jaholat jahli murakkab“, „Toshkentda jamiyatlar“, T., 21-noyabr, „Nikoh toʻgʻrisida“, „Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi“, T., 1999-yil, 2-jild. 1.6. t.
MukofotlariTahrirlash
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining „Jahon jurnalistikasi nazariyasi, amaliyoti va tarixi“ kafedrasining mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2002-yil Prezident farmoni bilan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ sharafli unvoni bilan taqdirlangan.
ManbalarTahrirlash
- ↑ gazeta.uz Taniqli jurnalist Boyboʻta Doʻstqorayev vafot etdi
- ↑ ziyouz.com Hurlikka intilgan „Hurriyat“
- ↑ ziyouz.com Buyuk mutafakkir
- ↑ ziyouz.uz „Oʻgʻuzxon“dan biror „iz“ qolganmi?
- ↑ ziyouz.com Alpomish" matnining jilolari
- ↑ ziyouz.com „Hurriyat“ning koʻksiga gul taqaylik"
- ↑ ziyouz.com Romanning bir fazilati
- ↑ ziyouz.com Vannaychaxonning dardi yoxud Choʻlponshunoslikdagi ayrim muammolar xususida (2009)
- ↑ ziyouz.com Ikki buyuk siymo ziyouz.uz
- ↑ ziyouz.uz Behbudiyning munosib shogirdi Behbudiyning munosib shogirdi
- ↑ www.elib.buxdu.uz/ Buxoro davlat universiteti elktron kutubxonasi