Buqalar
Buqalar – juft tuyoqli sut emizuvchilar urugʻi. Uzunligi 180–325 sm, dumi 70–140 sm, oʻrkachining balandligi 62–180 sm, ogʻirligi 325–1200 kg. Erkagi urgʻochisiga nisbatan ancha yirik. 5 turi maʼlum: banteng, gaur, kuprey, tur, yak. Tur XVII asrda Yevropada qirilib ketgan. Xozirgi buqalar vakillari Yevropa, Shimoliy Afrika, Old, Oʻrta, Janubiy va Markaziy Osiyoda hamda Katta Zond orollarida tarqalgan.
Buqalar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |