Burgutli dovoniTurkiston tizma togʻlarining suvayirgʻich qismidagi dovon. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi chegarasida joylashgan. Balandligi qariyb 2960 m. Burgutli dovoni orqali Sangzor vodiysidan Zarafshon vodiysiga piyoda yoki ulovda oʻtish mumkin. Sangzor daresining yuqori oqimidagi Koʻkjarsoy orqali koʻtarilib Burgutli dovoni dan Zarafshon daryosi vodiysiga (Ziddi, Mingdona qishloqlari) Kozboysoydagi yoʻl bilan tushiladi. Burgutli dovoni dan iyunsentabr oylarida foydalanish mumkin.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil