Burxanov Kamol Nizomovich (1954-yil 31-mart – 2020-yil 21-yanvar) – qozoq olimi, tarixchi, siyosatshunos, davlat arbobi. Siyosat fanlari doktori (1997), professor.

Burxanov Kamol Nizomovich
Камал Низамұлы Бұрханов
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1954-yil 31-mart
O'zbekiston SSR, Yangiyoʻl tumani
Vafoti 2020-yil 21-yanvar
Siyosiy partiyasi Nur Otan
Taʼlim tarix, siyosat
Ilmiy unvoni Professor

Taʼlimi tahrir

Burxanov Kamol Nizomovich 1977-yilda V.I.Lenin nomidagi Toshkent Davlat universitetida tahsil olgan. 2003-yil Moskva davlat ijtimoiy universitetini huquqshunoslik fakultetida tahsil olgan. 1988-yil Tarix fanlari nomzodi. Dissertatsiya mavzusi: „Qozogʻiston qishloq mehnatkashlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatining rivojlanishi (1971-1980)“[1]. 1997-yil Siyosiy fanlar doktori boʻlgan. Dissertatsiya mavzusi: „XX asrda Qozogʻiston ijtimoiy-siyosiy tizimining evolyutsiyasi“. U shuingdek, 1999-yilda Qozogʻiston Ijtimoiy fanlar akademiyasi akademigi boʻlgan.

Mehnat faoliyati tahrir

Burxanov Kamol Nizomovich 19771978-yillar Kasteyeva nomidagi KazSSR Davlat sanʼat muzeyi ilmiy xodimi, 1978—1979-yillar Qozogʻiston Fanlar akademiyasi Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti katta laboranti, 1979—1995-yillarda katta laborant, assistent, katta oʻqituvchi, dotsent, deputat boʻlgan. Qozoq Milliy universiteti siyosiy tarix kafedrasi dotsenti hisoblanadi. 1995—2000-yillarda Qozoq Milliy universiteti tarix fakulteti dekani, 1997—2002-yillarda Moskva davlat ijtimoiy universitetining Olmaota filiali prorektori, 1999—2001-yillarda Rossiya va Xitoy instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 1999-yildan Qozogʻiston Respublikasi Ijtimoiy fanlar akademiyasining vitse-prezidenti. 2000—2001-yillar Qozoq Milliy universiteti falsafa va siyosatshunoslik fakulteti dekani. 2001—2002-yillarda Qozoq Milliy universitetining siyosatshunoslik fakulteti rahbari. 2002—2004-yillarda Rossiya va Xitoy instituti rektori boʻlgan. 2002—2004-yillarda Olmaota davlat universiteti yuridik fakulteti dekani. 2002—2006-yillarda „Otan“ partiyasi siyosiy kengashi aʼzosi[2].

2004—2006-yillarda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Qozogʻiston Xalqlari Assambleyasi kotibiyatining bosh eksperti. 2004—2006-yillarda L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti professori. 2006—2007-yillarda Ch.Ch.Valixonov nomidagi tarix va etnologiya instituti rektori boʻlgan[3].

2016-yil – Siyosiy, ijtimoiy va tarixiy tadqiqotlar instituti direktori[4].

Mukofotlari tahrir

  • 2001-yil – „Qozogʻiston Respublikasining tauelsizligiga 10 yil“ medali.
  • 2004-yil – „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan taʼlim xodimi“ koʻkrak nishoni.
  • 2005-yil – „Qozogʻiston Konstitutsiyasining 10 yilligi“ medali.
  • 2008-yil – „Astanani 10 yilligi“ medali.
  • 2009-yil – „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ koʻkrak nishoni.
  • 2010-yil – „Kurmet“ ordeni.
  • 2011-yil – „Qozogʻiston Respublikasining tauelsizligiga 20 yil“ medali.
  • 2015-yil – „Qozogʻiston Konstitutsiyasi 20 yil“ medali.
  • 2015-yil – „Qozogʻiston Xalq Assambleyasining 20 yilligi“ medali.
  • 2015-yil – „Qozogʻistonning mehnatni ragʻbatlantiradigan qayratkeri“ unvoni.
  • 2016-yil – „Qozogʻiston Respublikasining tauelsizligiga 25 yil“ medali.

Asarlari tahrir

  • 1985-yil – „Qozogʻiston sovxozlarida ishchilarning moddiy farovonligining oʻsishi (1965-1975)“
  • 1994-yil – „Sotsializm nazariyasi va amaliyoti tarixi“
  • 2006-yil – „Qozogʻistonning zamonaviy siyosiy tarixi (1986-2006)“ (hammuallif)[5].
  • 2011-yil – „Qozogʻistonning dilemmadagi yoʻli: Sharqmi yoki Gʻarbmi?“
  • 2011-yil – „Qozogʻiston Respublikasida din va dunyoviy taʼlim“
  • 2014-yil – „Vaqt prizmasi orqali“
  • 2015-yil – „N.A.Nazarboyevning Yevrosiyo konsepsiyasining siyosiy falsafasi“

Manbalar tahrir