Buxoriy Shamsiddin Muhammad ibn Muborakshoh Mirax
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Buxoriy Shamsiddin Muhammad ibn Muborakshoh Mirax (?, Buxoro — 1340) — riyoziyotchi va falakiyotshunos, faylasuf. Hirotda ijod qilgan. B.ning "Zij" nomli asari mashhur. Unda alBattoniy ziji, Abdurahmon alXaziniyning "Ziji asSanjariy", Ali ibn Abdul Karim Shirvoniy (12-asr oʻrtalari)ning "Alauddin Ziji", Xusomiddin asSalar (? — 1262)ning "Ziji shohi", N. Tusiyimnt "Ziji Elxoniy" asarlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Riyoziyotchi olim Shamsiddin Samarqandiy (13-asrning 2-yarmi)ning "Geometriya asoslari" ("Ashkol atta’sis") asariga, B. Chagʻminiy (? — 1220)ning "Astronomiyaning sekacha bayoni" asariga sharh yozgan. B.ning ilmi nujum (astrolyabiya) haqida asari ham mavjud. Asarlari Angliya, Vengriya, Germaniya, Rossiya, Misr, Hindiston, Eron va b. mamlakatlarning qoʻlyozma fondlarida saqlanadi.Ad.: Matviyevskaya G. P., Rozenfeld B. A., Matematiki i astronomi musulmanskogo srednevekovya i ix trudi (VIII—XVII vv.), M., 1983.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |