Bhopal
Bhopal shahri Hindistonning Madhya Pradesh shtatining maʼmuriy markazidir. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 2,7 mln dan ziyod kishi (2011).[1] Ogʻir sanoat uskunalari ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik, jumladan ip-gazlama va qishloq xoʻjalik mahsulotlari qayta ishlash sanoati koronalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan (zargarlik buyumlari, gazlama boʻyash va boshqalar). Yirik savdo markazi. Universitet va institutlari bor.
Bhopal भोपाल | |
---|---|
shahar | |
23°15′0″N 77°25′0″E / 23.25000°N 77.41667°E | |
Mamlakat | Hindiston |
Shtat | Madhya Pradesh |
Tuman | Bhopal |
Hukumat | |
• Hokim | Krishna Gaur |
Maydon | 69,724 km2 (26,921 kv mi) |
Dengiz sathidan balandligi | 427 m |
Rasmiy til(lar)i | hind tili|Hindi |
Aholisi (2011) |
2 795 648[1] |
Zichligi | 2 575 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5:30 |
Telefon kodi | 0755 |
Pochta indeks(lar)i | 462001 — 462xxx |
|
Shahar 1984-yil dekabrida sodir boʻlgan Bhopal falokati tufayli xalqaro eʼtiborga tushdi. Oʻshanda Union Carbide India Limited kompaniyasining pestitsid ishlab chiqaruvchi zavodidan tarkibida metilizotsianat boʻlgan zaharli gazlar chiqib, yaqin-atrofda yashovchi aholini halok qildi. Bu voqea jahondagi eng katta falokatlardan biridir. Shu yuzdan Bhopal butundunyo atrof-muhitchilarining eʼtiroz kampaniyalari markazlaridan biri boʻlib kelmoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Provisional Population Totals“. Census of India 2011. The Registrar General & Census Commissioner, Government of India. Qaraldi: 2013-yil 12-mart.
Havolalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |