Kapitan Archibald Haddock (fransuzcha: Capitaine Archibald Haddock) — belgiyalik rassom Erjening „Tintinning sarguzashtlari“ komikslari seriyasidagi qahramon, uzoq masofali kema kapitani, bosh qahramon Tintinning eng yaqin doʻsti. Ingliz tilidagi „Haddock“ familiyasi piksha baliqlarining nomi bilan eshtilishi mos keladi. Ajdodlari — „Yakkashoh“ fregati qoʻmondoni Shevaliyer Fransua de Addok.

Qahramonning tarixi tahrir

Kapitan Haddock birinchi marta 1941-yilgi „Oltin panjali Qisqichbaqa“ albomida paydo boʻlgan. Avvaliga u koʻproq salbiy xarakterga ega boʻlib, ilmoqli haqoratlar bilan soʻzashadi va viskisiz yashay olmaydi[1]. Choʻlni kesib oʻtayotganda, sarob taʼsirida u Tintinni bir shisha shampan vinosiga oʻxshatadi va boshini yirtib, uni „ochishga“ harakat qiladi.

Keyingi albomlarda Kapitan Haddock Mulensar nomli shahar tashqarisidagi mulkida bosh qarol Nestor bilan boʻydoqlik hayotini oʻtkazgan. Har bir yangi albom bilan kapitan Tintinning eng yaxshi doʻsti sifatida foksteriyer Milani orqa fonga surib, hikoyada tobora muhim oʻrin egalladi. Erjening soʻnggi albomlarida xushmuomala kapitanga muxbirning oʻzidan kam joy ajratilmagan. Qahramonning yoshi aniq maʼlum qilinmagan.

Kapitan XVII asrda Qirollik dengiz floti qoʻmondoni Shevaliyer de Adokning avlodi boʻlib, unga Lyudovik XIV Mulensar mulkini tortiq qilgan. Boshqa tomondan, Xeddok familiyasi XVII-XVIII asrlardagi bir qancha ingliz dengiz zobitlari, jumladan, admiral Nikolas Xeddokda (1686 — 1746)[2] boʻlgan.

 
Nikolas Xeddok, kapitan Xeddokning ehtimoliy ajdodi

Tintinologlar Erjening bu xarakterga sodiqligini, u Tintinning oʻzidan koʻra, unga oʻzini namoyon qilish uchun koʻproq imkoniyatlar bergani bilan izohlaydi. Sarkazm va kulgili imo-ishoralarga toʻla soʻzlar kapitanni har doim oʻzini tutib olgan va juda „toʻgʻri“ Tintin uchun ideal sherik qildi.

Uning soʻz boyligi tahrir

Kapitanning oʻziga xos xususiyati „troglodyt!“, „bashibuzuklar“, „mamlyuklar“ va „ektoplazma“ kabi ekzotik soʻzlardan haqorat sifatida foydalanishidir. Kapitan Haddockning soʻkinish lugʻatida[3] u aytgan 192 ta haqorat soʻzlari mavjud boʻlib, ularning koʻpchiligini Erje nodir soʻzlar lugʻatlarini varaqlash chogʻida bilib olgan. Kapitan Haddock eng sevimli iboralari orasida:

  • „Ming million ming milliard ming shayton!“ (Fr. „Mille millions de mille milliards de mille sabords!“).
  • „Momaqaldiroq va chaqmoq!“ (Fr. „Tonnerre de Brest!“).

Kapitan Haddock leksikonida „anakoluf“ va „katahreza“[4] kabi ritorika atamalari alohida oʻrin tutadi.

Qiziq faktlar tahrir

  • Kapitan Haddockning ismi — Archibald — faqat oxirgi tugallangan Erje albomida maʼlum boʻladi — „Tintin va Pikaros“.
  • Kapitan Haddockning familiyasi unchalik murakkab emas, lekin qoʻshiqchi Byanka Kastafiore uni eslab qololmaydi. „Kastafiorening marvaridlari“ albomida u oʻz navbatida kapitanni Kappok, Koddak, Mastok, Kozak, Kolbak, Karbok, Karnak, Heblok, Meggok, Medok va Kapshtok deb ataydi[5].
  • 2011-yilda rejissor Stiven Spilberg tomonidan suratga olingan "Tintinning sarguzashtlari: Yakkashohning siri" kompyuter multfilmida Xeddok aktyor Endi Serkis tomonidan ovozlashtirildi.
  • Lui-Ferdinand Selin haqidagi monografiya muallifi Emil Bramining fikriga koʻra, kapitanning baʼzi haqoratlari „Tunning chekkasiga sayohat“[6] muallifining lugʻatidan olingan.

Manbalar tahrir

  1. "V 1950-x godax amerikanskie izdateli senzurirovali Erje: v SShA geroy detskoy knijki ne mog, bud on trijdi morskim volkom, xlestat viski iz gorla" M. Trofimenkov, „Xoroshiy malchik iz ploxoy kompanii“, Jurnal „Kommersantʼ Weekend“, № 41 (3637), 28.10.2011
  2. Admirals of the World: A Biographical Dictionary, 1500 to the Present
  3. Albert Algoud. Le Haddock illustré. L’intégrale des jurons du capitaine. Tournai, 1991.
  4. Éric Beaumatin. Pour une systématique de la violence verbale chez le capitaine Haddock // Invectives et violences verbales dans le discours littéraire
  5. Serge Tisseron a découvert le secret de Hergé
  6. Emile Bramy. Céline, Hergé et l’Affaire Haddock. P., 2004.

Havolalar tahrir