Carl Isidor Cori (talaffuzi: Karl Isidor Kori; 24-fevral 1865-yil, Most, Shimoliy Chex oʻlkasi — 31-avgust 1954-yil, Vena) — chex-avstriyalik zoolog. Nemis universiteti rektori. Carl Ferdinand Corining otasi .

Carl Isidor Cori
Tavalludi 24-fevral 1865-yil
Mosit, Shimoliy Chex oʻlkasi
Vafoti 31-avgust 1954-yil(1954-08-31)
(89 yoshda)
Vena, Avstriya
Istiqomat joylari Avstriya
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Kasbi zoolog, pedagog, oʻqituvchi, okeanolog, shifokor
Sohasi Zoologiya, Tibbiyot, Pedagogika
Ish joylari

Germaniya oliy texnika maktabi

Nemis universiteti
Taʼlimi

Leypsig universiteti

Praga universiteti
Ilmiy darajasi tibbiyot fanlari doktori

Biografiyasi

tahrir

Carl Isidor Cori 1865-yil 24-fevralda Mostda tugʻilgan[1]. Uning otasi Franz Eduard Cori Jindřichův Hradecdan boʻlgan. Cori Praga universitetida zoologiya boʻyicha tahsil olib, Leypsig universitetida oʻqishni davom ettirgan va bu universitetda 1889-yilda fan nomzodi ilmiy darajasini oladi[2]. Ikki yil oʻtgach, Pragada tibbiyot boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 1892-yilda zoologiya va qiyosiy anatomiya boʻyicha habilitatsiya darajasini oladi.

Shundan keyin Pragadagi Nemis texnika universitetida zoologiya kafedrasi professor assistenti lavozimida ishlaydi, 1898-yilda ekstraordinar professor, 1905-yilda esa toʻliq professor lavozimiga koʻtariladi. Universitet Coriga ilmiy ishida yordam beradi va 1898-yilda Triyestda qolishiga ruxsat berdi. Cori mahalliy zoologiya stantsiyasining direktori boʻlgan va bir vaqtning oʻzida hayvonlar va oʻsimliklarni biologik tadqiq qilish boʻyicha mahalliy okeanografiya stantsiyasiga rahbarlik qilgan. Cori baʼzi dengiz hayvonlarini, ayniqsa Phoronida guruhini chuqur oʻrgangan, ular haqida 1930-yillarda ikkita asar yozgan. Shuningdek, dengiz umurtqasizlarining turli guruhlarini ham oʻrgangan.

1918-yilda Cori va uning oilasi Pragaga qaytib ketishadi. 1919—1936-yillarda Pragadagi Nemis universiteti professori boʻlib ishlaydi[3]. Chexoslovakiya respublikasi tashkil topgandan keyin Nemis universitetida tabiiy fanlar falsafa fakultetidan ajratilib, alohida tabiiy fanlar fakultetiga aylantiriladi. Cori 1921—1923 yillarda shu fakultetning dekani boʻlgan. Nemis universitetini rektor lavozimida uch marta (19251926, 19271928, 19301931) boshqargan. Bundan tashqari, besh oʻquv yili davomida prorektor lavozimida ham ishlagan.

Chexoslovakiya tashkil topgandan keyin Zoologiya institutiga, 1925-yildan esa Pragadagi Zoologiya institutiga rahbarlik qilgan. Shuningdek, oʻrta maktablarning pedagogik malakasini tekshirish boʻyicha ilmiy imtihon komissiyasi direktorining oʻrinbosari hamda Chexoslovakiya respublikasi fan va sanʼat nemis jamiyati aʼzosi boʻlgan.

Ilmiy doiralarda oʻgʻli, biokimyogar Carl Ferdinand Cori tufayli mashhur boʻlgan boʻlib, oʻʻgʻli va uning rafiqasi Gerty Theresa Cori birgalikda 1947-yilda „glikogenning katalitik oʻzgarishini kashf etgani uchun“ Nobel mukofotiga sazovor boʻlishgan.

Carl Isidor Cori 1954-yil 31-avgustda Venada vafot etgan.

Bibliografiyasi

tahrir
  • Die Nephridien der Cristatella, 1893. GoogleBooks
  • Das Auftriebsieb — Eine Vorrichtung zum Reinigen, Sortiren und Conserviren des pelagischen Auftriebes, 1893. GoogleBooks
  • Das Objecttischaquarium, 1893. GoogleBooks
  • mit Heinrich Georg Bronn: Klassen und Ordnungen des Tierreichs: Würmer, 1904. GoogleBooks
  • Das Blutgefäßsystem des jungen Ammocoetes, 1906. GoogleBooks
  • Der Naturfreund am Strande der Adria und des Mittelmeergebietes, 1910.
  • Die Tierwelt Deutschlands und der angrenzenden Meeresteile nach ihren Merkmalen und nach ihrer Lebensweise: Muschellinge oder Molluscoidea und Manteltiere oder Tunicata : (Kamptozoa, Phoronidea, Bryozoa, Tunicata, Ascidiae). G. Fischer 1930.
  • Biologie der Tiere: Entwicklung, Bau und Leistung des Tierkörpes. Eine Einführung für Studierende der Medizin und der Naturwissenschaften, Urban & Schwarzenberg 1935. GoogleBooks
  • Kamptozoa, Phoronidea, Bryozoa, in: Handbuch der Zoologie, 1929-1941. GoogleBooks

Manbalar

tahrir
  1. „Rod Carla Ferdinanda Coriho“. 29 вересня 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 травня 2022.
  2. Zoologische Dissertation: Untersuchungen über die Anatomie und Histologie der Gattung Phoronis. GoogleBooks
  3. Dolezal, Helmut „Cori, Carl“,. Neue Deutsche Biographie 3, 1957 — 360 bet.